3-ma’ruza ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari, hamda vositalari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə4/5
tarix21.01.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#80023
1   2   3   4   5
4-маъруза

YACHEYKALI TOPOLOGIYA(MESH)


Bu topologiya har bir kompyuterni tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan alohida kabel orqali ulanishini nazarda tutadi.
Bu usul ma’lumotlarni uzatishda qo’shimcha yo’llardan foydanalish imkonini beradi. Biror kabel ishdan chiqqanda ma’lumot boshqa yo’l orqali uzatiladi va tarmoq normal faoliyat ko’rsatishda davom etadi. Bunday topologiya global hamda bir necha uzoqlashtirilgan tarmoqlarni optic tolali yoki yo’ldosh aloqa liniyalari orqali birlashtirishda qo’llaniladi. Lekin lokal tarmoqlarda bir mashinada bir nechta tarmoq interfeyslari hamda ko’p hajmdagi kabellar talab etilgani uchun qo’llanilmaydi.


  • Yacheykali topologiyaning avzalliklari:

    • katta ma’lumot oqimlari bilan samarali ishlash;

    • qo’shimcha aloqa kanallaridan foydalanish hisobiga tarmoqning yuqori darajada barqarorligi;

    • yuqori darajadagi xavfsizlik; ma’umotlar oqimi uzatuvchidan to’g’ri qabul qiluvchiga uzatilib, nazariy jihatdan ma’lumotni o’g’irlashning imkoni yo’q.

  • Kamchiliklar:

    • kompyuterlarda tarmoqqa chiquvchi bir nechta tarmoq interfeyslariga bo’lgan talab;

    • tarmoqni tashkil etishning narxi yuqoriligi.

ARALASH TOPOLOGIYA (HYBRID)


Aralash topologiya o’zida ikki yoki undan ortiq topologiyani birlashtiradi. Hozirda bu topologiya eng keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha yulduzsimon va shina topologiyasi birga qo’llanadi.
Bunda yulduz topologiyasiga ega bir nechta tarmoq bir shinaga ulanadi.
Bu topologiyada bir kompyuterdagi nosozlik tarmoq ishiga xech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, lekin agar markaziy component (konsentrator) ishdan chiqsa, tarmoqlar boshqa aloqa qilolmaydi.

6. 3D TORUS TOPOLOGIYA


  • Zamonaviy yuqori tezlikdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish ko’plab yo'nalishlarni qamrab oladi. Bulardan biri – superkompyterlar.

  • Torus tarmoqlari eng yaxshi ishlaydigan superkompyuterlarda ishlatiladi. Ularning ma'lum kamchiliklari bor, lekin ularning asosiy foydasi – xarajat tejalishi, va bu ularni juda katta miqyosda qo’llanilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ba'zi hisoblash algoritmlarida hisoblash tugunlari asosan o'zlarining eng yaqin qo'shnilari bilan ma'lumot almashishadi va bu holda torus topologiyasi algoritm bilan yaxshi mos keladi. Torus misoli 3.12.-rasmda keltirilgan.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin