Yunesko tashkiloti. Aminov u



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə25/28
tarix01.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#54575
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
yunesko tashkilotining xalqaro -конвертирован

XULOSA


O`zbekiston Mustaqil davlat sifatida xalqaro Konventsiyalarga va BMT, EXShT, XMT kabi jahonning nufuzli tashkilotlarigi a`zo bo`ldi50.

O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan kunidan boshlab jahondagi nufuzli mamlakatlar bilan davlatlararo alrqalar o`rnatish va uni rivojlantirish yo`lini tutdi, tashqi siyosatning asosiy 0yo`nalishlarini belgilab oldi va BMT ning 15 ixtisoslashgan tashkilotlaridan biri- YUNESKO ga 1993 yilning 29 oktyabrida a`zo bo`lgan edi. O`sha kuni Ulug`bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktyabrida Parijda Ulug`bek haftaligi tantana bilan o`tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. Bu ro`yxatda 411 ta ob`ekt bor.



1994 yil dekabrda Respublikamizda YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo`lib, tarkibiga ta`lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a`zo bo`ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo`li - muloqot yo`li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995 yil iyul` oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O`zbekistondagi rasmiy tashrifi chog`ida 1995 yil iyul` oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktyabr`da Parijda Amir Temurga bag`ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri

YUNESKO ning madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi.



1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko`rgazmalar o`tkazildi. Bu O`zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o`rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo`ldi. 1997 yil 19-20 oktyabr` kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan

50 O’zbekiston: Mustaqillik odimlari. T., O’zbekiston 1995. 45-46 betlar.

bo`lib o`tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko`plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.

Respublikamiz Prezidenti Islam Karimov «YUNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining echimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi kuch bulib xizmat qiladigan o`ziga xos, betakror xalqaro tashkilotni kuramiz»51- degan edi. Shunki, hozirgi kungacha inson manfaatlarini ko`zlab ko`plab xalqaro hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ular universal va mintaqaviy xarakter kasb etadi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 70 ga yaqin, Evropa Kengashi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq, evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq, turli mintaqaviy xalqaro tashkilotlar tomonidan ham ko`plab inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar, konventsiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Bugungi kunda hammasi bo`lib inson huquqlari bo`yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Bu xalqaro hujjatlarda inson huquqlariga oid jahon andozalari belgilab qo`yilgan va ularning milliy qonunlardan ustuvorligi tamoyili aksari davlatlar tomonidan tan olingan52. Bitiruv mutaxasisslik ishida Vatanimizning milliy istiqlol davridagi YUNESKO tashkiloti bilan aloqalarini kengroq o`rganildi va olingan ma’lumotlar taqlil qilinib kyidagilar tavsiya etiladi. Ta`lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalari, shuningdek xalqaro huquqni takomillatirishda BMT homiyligidagi YUNESKO ning roli va ahamiyatini tadbiq etish ko`yidagi nazariy va amaliy xulosalarga kelishga imkon beradi:

  1. YUNESKO hozirgi kunda, jahondagi eng yirik, ko`zga ko`ringan tashkilotlardan biri sifatida va nafaqat ta`lim, fan, madaniyat sohasini, balki ushbu sohalar bilan alohador bo`lgan boshqa sohalarni ham qamrab oluvchi xalqaro tashkilotga aylanishi bilan xarakterlanadi.



51 Karimov I.A. «Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz». 7 jild. T.,


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin