Юнон лирикасининг турлари



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#160443
1   2   3
ЛИРИКА ВА УНИНГ ТУРЛАРИ

Erkin Vohidov tarjimasi

Ba’zi ma’lumotlarga Karaganda Alkey muhabbat mavzularida ham juda kо‘p jо‘shqin miyeralar yaratgan. Biroq bular ham benomu nishon yо‘qolib ketgan.


Bizga qadar yetib kelgan kichkina bir she’rda dо‘stlar bazmidan shirakayf qaytayotgan shoir, visol istab yorining eshigini qoqqanligi tо‘g‘risida gapiradi, yana bir tо‘rtlikda qimtinib, tortinib Sapfoga muhabbat izhor qiladi:
Binafsha soch ey Sapfo,
Xushtabassum, musaffo.
Senga bir sо‘z aytgim bor,
Ammo yо‘l qо‘ymaydi or.
Erkin Vohidov tarjimasi
Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda Alkey poeziyasi о‘zining muxtasarligi, tilining ravonligi, miyeralarning nafis va ohangdorligi hamda о‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini о‘ziga maftun etgan va keyingi adabiyotga kuchli ta’sir kо‘rsatgan. Ulug‘ Rim shoiri Goratsiy Alkeyni ustoz tutib, ijodida uning vaznlaridan keng foydalangan.
Alkeyning ham vatandoshi, ham zamondoshi bо‘lmish shoira Sapfo ham aristokrat xonadonida dunyoga kelgan. Lesbos orolidagi siyosiy g‘alayonlar tufayli boshqa zodagonlar bilan birlik-da Sapfo ham о‘z yurtini tashlab ketishga majbur bо‘ladi. U bir necha yil Sitsiliya orolida yashaganidan keyin, Mitilena hukmroni Pittak aristokratlarning gunohidan о‘tgach, Sapfo ham Alkey singari о‘z vataniga qaytadi va bu yerda maktab ochib, yosh qizlarni har xil bilimlarga: muzika, ashula, raqs hamda she’r tо‘qishga о‘rgatadi. Sapfoning о‘zi bu maktabni «muzalar oshiyoni» deb ata-gan. «Muzalar oshiyoni»da yolg‘iz Lesbos orolining qiz-juvonla-rigina emas, shuningdek, Yunonistonning uzoq-uzoq yerlaridan, hattoki boshqa mamlakatlardan kelgan tolibalar ham ta’lim oladilar. Sapfo о‘z shogirdlarini ajoyib mehribonlik bilan tarbiyalar, ularning madhini qilib she’rlar yozar edi. Binobarin, shoiraning asarlari ayollarga bag‘ishlangandir. Sapfoning о‘z to-libalariga nisbatan bunchalik jо‘shqin muhabbat izhor etishi keyinchalik nihoyatda qabih g‘iybat va bо‘htonlarga sabab bо‘lgan va hatto shoirani satanglikda ayblaganlar, uning sevgi sarguzasht-lari haqida qancha-qancha afsonalar tо‘qilgan: gо‘yo Sapfo Faon ismli gо‘zal bir yigitga oshiq bо‘lib qolganu, keyin sevgani bilan qovushishga kо‘zi yetmasdan, baland qoyadan о‘zini dengizga tashlab о‘ldirgan emish. Biroq bizgacha yetib kelgan she’riy parchalar orrsida shoiraning nomiga dog soladigan bо‘htonlarning tо‘g‘riligiga asos bо‘la oladigan hech qanday dalil kо‘rinmaydi. Axir, antik dunyoda о‘tgan ulug‘ zotlar Sapfoning nomini chuqur hurmat va eh-tirom bilan tilga olganlar. Alkey о‘zining ulug‘ zamondoshini «musaffo» deb ataydi; Platon yunon mifologiyasidagi tо‘qqizta muzaning yoniga о‘ninchi qilib Sapfoni qо‘shadi; Mitilena xalqi shoiraning nomini muqaddas tutib, unga haykallar tikadi, chaqa va tangalarda suratini solib chiqaradi; antik dunyoning yetti donishmandidan biri hisoblanmish Solonning keksalikdagi yagona orzusi Sapfoning yana bir she’rini yod olib, keyin о‘lish bо‘lgan; qadimgi tarixchilardan birining aytishicha, butun antik dunyo Sapfoga allaqanday ajoyibot deb qaragan.
Qadimgi manbalar Sapfoning unta kitob yozganini xabar qiladilar. Birok; shularning barchasi, ruhoniylarning amriga kо‘ra, Alkey asarlari bilan birga XI ayerda yondirib yuborilgan. Bino­barin, diniy jaholat kasofatidan antik dunyoning ajoyib bir davri qop-qorong‘i zulmatga aylanib qolgan. Asrlardan beri olim-lar shu zulmat ichida timirskilanib, о‘t balosidan omon qolgan bitta-yarimta she’rni yoki uning parchalarini topib olishga va shu yо‘sin zulmatni sal-pal yoritishga muyassar bо‘lganlar. Bu par­chalar, shubhasiz shoira ijodining ba’zi xususiyatlarini anglashda oz-moz kо‘maklashgani bilan, uning ulug‘vorligini bor bо‘yicha kо‘rsatolmaydi, albatta.
Sapfoning Alkey bilan bir zamonda yashaganligi, buyuk ijtimoiy va siyosiy voqealar shohidi bо‘lganligi, qancha vaqt quvg‘inda bо‘lib umr kechirganligi haqida yuqorida gapirgan edik. Biroq Alkey ijodi uchun asosiy zamin bо‘lgan bu voqealar izini, Sapfo asarlarida qancha axtarmang — befoyda. Shoira mazkur ijtimoiy harakatlardan butunlay chetlab о‘tadi. Uning poeziyasi faqatgina shaxeiy kechirmalar, yurak hislari bilan chegaralangan; deyarli yakka-yagona mavzu — sevgi va gо‘zallikdir. Bizga qadar yetib kel­gan she’riy parchalarda muhabbat nash’asi, yor vasliga yetish shod-liklari haqida hikoya qiluvchi bir necha miyeralar bor. Lekin Sap­foning kо‘pchilik baytlaridan xotin kishining yurak dardlari — rad etilgan muhabbat, ayriliq, hijron, rashk va intizorlik sadolari eshitiladi, ishora о‘zining muhabbat yо‘lida chekkan dog‘u hasratlari haqida nola qiladi.
Antik dunyo kishilari ulug‘ shoirani faqat dardmand ma’shuqa sifatida taniganlar.
Antik dunyoda о‘tgan kalam ahli orasida ishq sharorasini bun-chalik jо‘shqin ifodalagan bironta shoirni topib bо‘lmasa kerak. Qadimgilar bu qо‘shiqlarni «otashnamo» deb bejiz aytmaganlar. Sapfoning sevgisi chindan ham doimo haroratli, benihoyat jо‘shqin-dir. Bir о‘rinda shoira о‘z sevgisini tо‘fon bilan taqqoslab, «tog‘dan bо‘ralagan shamol emanni larzaga keltirgani kabi, Eros ham mening ruhimda g‘alayon kо‘taradi, men ehtirosda yonaman, aqldan ozaman...», deydi.
Burungi zamon adabiyotshunoslari ma’nodorlik, gо‘zallik, muxtasarlik va san’atkorlikning ajoyib namunasi sifatida Sapfoning ana shu she’rlarini misol keltirganlar.
Sapfo ijodida ishqiy she’rlardan tashqari, epitalamalar ham juda muhim о‘rin tutadi. Epitalamalar о‘zimizning nikoh tо‘ylarimizda aytiladigan «yor-yor»lar qabilidagi qо‘shiqlardan iborat bо‘lib, bu qо‘shiqlarda kelinchakning о‘z uyida, dugonalari о‘rtasida о‘tkazgan qizlik yillari bilan vidolashuvi, dugonalarining kuyovdan о‘pkalanishlari, kelin-kuyovning husn va fazilatlari hikoya qilinadi; tо‘y ayyomida yangi hayot ostonasida turgan yoshlar-ga yaxshi tilaklar izhor etiladi.
Ana shunday turkumga kiradigan kichkina bir she’riy parcha-da Sapfo kelinchakni daraxtning uch-uchidagi qirmizi olmaga о‘xshatadi. Yigim-terim vaqtida bog‘bonning bо‘yi yetmasdan qolib ketgan va о‘shandan beri odamlarning havasini keltirib kо‘z-kо‘z bо‘lib turgan shu olmani, nihoyat baxtiyor kuyov keladi-da, uzib oladi.
Qiz-juvonlar, yigitlar yakka-yakka yoki yoppasiga epitalamalar-ni aytib, kelinchakni kuyovning uyiga kuzatib borganlar. Epitala­malar, shubhasiz, Sapfodan ilgarigi yunon poeziyasida ham mavjud bо‘lgan, shoira shu qо‘shiqlarni qayta ishlab, xalq navolariga yana ham kurkam badiiy husn beradi.
Sapfo lirikasining omon qolgan parchalarini о‘qir ekansiz, ajoyib bir xususiyat yaqqol kо‘zingizga tashlanadi. U ham bо‘lsa shoiraning tabiat shaydosi ekanligidir. Oydin kechalardagi den-giz jilvalarini, subhidamda esgan mayin shabbodani, sahrolar-ning sukunatini, shabnam qо‘ngan yaylovlarning xushbо‘y islarini, qiyg‘os gullagan olmazorlar jamolini Sapfo juda nozik his eta-di, chuqur mushohada qiladi; uning misralarida koinot goh ha­roratli, goh mayin, goh hazin nafas oladi, rango-rang bо‘yoqlarda tovlanadi. Shoira gо‘zallikning otashin muhibi bо‘lgandirki, allaqanday she’rning kichkina bir baytida jо‘shqin zavq bilan: Latofatni sevaman, yoshlikni sevaman, shodlikni sevaman, quyosh-ni sevaman; qismatim quyosh nuriga va go‘zallikka shaydo bo‘lmoqlikdir!»— deydi.
Biz hozirga qadar yunon lirikasining monodik turi bilan tanishdik. Yuqorida aytganimizdek, lirikaning bu turiga kiradigan elegiya, yamb hamda melikada shoir о‘zining shaxsiy kechirmalari, istak va orzularini ifoda etgan. Bu xilda lirik asarlar faqatgina yolg‘iz bir odam tomonidan kuyga solinib muzika asbobi bilan, yo bо‘lmasa muzikasiz ijro etilar edi. Yunonlarda yakkaxon ashulachilar tomonidan ijro etiladigan lirik asarlardan tashqari, kо‘pchilikning tilak-orzulari va kayfiyatini ifodalovchi hamda yirik ma’raka va marosimlarda bir qancha odamning ishtirokida xor shaklida yalpisiga ijro etiluvchi she’riy asarlar — tantanali lirika xam bо‘lgan.
Tantanali lirikaning kelib chiqish tarixi, asosan, diniy marosimlar bildn bog‘liqdir. Qadim zamonlarda yunon ibodatxonalarida ayrim ma’budlarni madh etib, ibodatga kelgan kishilar yalpi ashula aytar edilar. Bunday madhiyalar kо‘pincha ma’budlardan Apollon hamda Dionisga atalgan. Bizga qadar yetib kelgan tantanali lirikaning kо‘pchiligi may Yea shodlik ma’budi Dio­nisga bag‘ishlangan bо‘lib, qadimgi yunonlar bu toifa asarlarni «difiramb» deb ataganlar.
Keyinchalik, taxminan VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab tantanali lirikada ma’budlar bilan bir qatorda tirik odamlarni madh etish ham rayem bо‘la boshlaydi. Ayrim shaxslarga bag‘ishlangan madhiyalar Yunoniston shaharlarida о‘tkaziladigan har xil musobaqa о‘yinlarida kо‘pchilik tomonidan ijro etilar edi. Bu о‘yinlar jamiki yunon axrlisi uchun judg kattakon milliy bayram bо‘lgan; butun yunon tuprog‘i bо‘ylab xalq ana shu bayramlarga jiddiy tayyorlanar edi. Musobaqalarda g‘olib chiqqan bahodirning shuhrati darhol mamlakatning hamma yog‘iga tarqalib, hatto uning ota-onalari, urug‘-aymoqlari, tug‘ilib о‘sgan shahriga ham shonu sharaf, hurmat keltirar edi. Pahlavon tobe bо‘lgan davlat о‘ginkng azamat grajdani sharafiga hashamatli tо‘y-tomoshalar uyushtirar, ulug‘ ehtiromlar bilan unga hatto haykallar о‘rnatar, о‘zini oliy martabalarga kо‘tarar edi. G‘olibning ota-ona­lari, yo bо‘lmasa davlatning topshirig‘i bilan shoirlar botirga atab maqtov qо‘shiqlari yozar edilar. Shunday qilib, lirik poeziyaning «epinikiy», ya’ni g‘alaba qasidasi, deb atalmish yangi turi maydonga keladi.
Tantanali lirikaning musiqaviy shakli oddiy lirikanikiga qaraganda ancha murakkablashadi; she’rning vazn va maqom doiralari benihoyat kengaytiriladi; xor qatnashchilari she’rni ashu­la qilibgina aytmasdan uni hatto raqs bilan qо‘shib ijro etgan-lar. Binobarin, xorga atab she’r yozgan avtorlar bir varakayiga ham shoir, ham bastakor, ham raqs ustasi bо‘lganlar.
Tantanali lirikaga, ayniqsa uning ma’budlarga atalmish diniy tarmog‘iga asos solgan shoirlar sifatida bir qancha shaxslarning nomlari tilga olinadi. Bular — Areon, Alkman, Stesixor, Ivik va boshqalardir. Bu shoirlarning ba’zilaridan hech narsa krlmagan, ba’zilaridan nomiga bitta-yarimta parcha yetib kelgan.
Umuman, yunon lirikasining hamma turlarini va, xususan, tanganali lirikani yuksak kamolot darajasiga kо‘targan ulug‘ shoir­lar Simonid, Pindar hamda Vakxiliddir.
Simonid eramizdan oldingi 556 yilda Keos orolnda tug‘iladi. Butun hayotini, Anakreont singari, izzat-ikromda; turli tiranlar saroyida о‘tkazadi va saroy shoiri sifatida о‘ziiing vali ne’matlariga atab kо‘pgina madhiyalar yozadi. Shoir sal kam 90 yil umr kо‘rib, 469 yilda Sitsiliyada vafst etgai. Simonid tantanali lirikaning hamma janrlarida ijod qilgan ulug‘ san’atkor shoirdir.
Qadimgi yunon manbalarining shahodatiga qaraganda, tantanali lirika­ning «epinikiy», ya’ni galaba qasidasi janriga asos solgan kishi ham Simo­nid bо‘lgan. Shoir yashagan davrning о‘zi bu gkanrning rivoj topishiga keng yо‘l ochgan edi, chunki shu zamonlarda mgmlakatning turli yerlarida birin-ketin umumyunon musobaka bayramlari (Olimp, Pifo, Istm, Nemey) tasis etiladi. Simonid bu bayramlarda о‘tkaziladigan musobaqa о‘yinlarida g‘olib chiqqan shaxslarga atab anchagina qayendalar yozgap, birok, shoirning bu toifa asarlari bizga qadar deyarli butunlay yetib kelmaganlign vajidan ularning iaziuni va badiiy xususiyatlarp haqida hech narsa aytish mumkin emas. Shunisi aniq mavlumki, Simonidning galaba qasidalari o’z zamonasida juda keng tarqalgan va ularning dovrug‘i Pindar qasidalari dovoug‘idan kam bо‘lmagan.
Simonid о‘z xalhinnng boshiga tushgan ulug‘ tarixiy voqea — eroniylarning Yunon ustiga bostirib kelishlari va yunon xalqining dushmanga karshi olnb borgan kurashlarining shohidi bо‘ldi, о‘z asarlarida vatan ozodligi uchu» mardonavor kurashgan hamda shu yо‘l da jon fido etgan kitnilg‘rshshg ulug‘ ishlarini doston qildi. Fermopil urushida halok bо‘lgan botirlarga atab yozilgan asarning kichkina bir parchasida shoir, bahodirlar nomini vatandoshlar aslo unutmayajaklar, pahlavonlar shon-sharafini zamonlarning bо‘ronlari ham sо‘ndira olmaydi, ularning maqbaralari Ellada shavkatining abadiy maskani bо‘lib qoladi, deb aytadi. Ulug‘vor salobat va chuqur hissiyot bilan yozilgan bu asar to shu kunga qadar kitobxon dilida hayajon qо‘zg‘atadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



  1. A.Alimuhamedov “Antik adabiyot tarixi” T. “O`qituvchi” nashriyoti. Toshkent 1969 y.

  2. A.Alimuhamedov “Antik adabiyot tarixi” Yangi taxrir. T. “O`qituvchi” nashriyoti. Toshkent 1975 y

  3. www.ziyonet.uz.

  4. www.google.uz.

  5. www.ref.uz.




Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin