Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

 
 
 
 
 
 
 


Contents 
Introduction………………………………………………………....................3 
Object of the subject professional psychology……………………………..….4 
History of developing professional psychology……………………………….16 
Scientific methods of professional psychology………………………………..25 
Philosophical psychological viewpoints of East thinkers to the professional 
education……………………………………………………………………….52 
Professions and their classifications……………………………………………58 
Direction works to the profession in foreign countries………………………...78 
Human psychology and professional development…………………………….84 
Professional motive and motivation. Motives of labour activity.…………...…95 
Reason and direct to profession……………………………………………….104 
Memory and professional advice…………………………………………….115 
Thought and possessing the profession……………………………………….133 
Human`s sensitive-determinational branch and adapting to profession………138 
Capabilities and human`s professional development…………………………145 
Speech and profession………………………………………………………..158 
Temperament and problems of possessing profession………………………..175 
Human`s professional maturity………………………………………………184 
Reorientation as a psychological problem……………………………………198 
To control professional self studies, their kinds and summary…………….…205 
Explanatory dictionary…………………………………….…………………215 
Bibliography…………………………………………………………………223 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


So„z boshi 
 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil IX-sessiyasida qabul 
qilingan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan 
kelib chiqgan holda, shaxsni barkamol inson qilib tayyorlashda, tarbiyalashda 
barcha o‗quv fanlari singari kasbiy psixologiya fanining ham o‗rni beqiyosdir.
Xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashda bu o‗quv 
predmetining o‗rni muhimligi keyingi paytlarda yaqqol sezilmoqda. Ishlab 
chiqarishning jumladan, qishloq xo‗jaligining turli jabhalarida faoliyat 
ko‗rsatayotgan mutaxassislar, insonlar o‗rtasidagi shaxslararo munosabatlarni va 
mehnat samaradorligini oshirishda, bo‗lg‗usi mutaxassisning psixologiyaga oid 
bilimlarni mukammal o‗rganishlari kun talabiga aylanmoqda.
Kasbiy psixologiya fanini o‗rganish davomida mutaxassislar mehnat 
jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning 
psixologik mexanizmlarini anglash bilan birga umuman olganda shaxslararo 
munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning 
umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng o‗rganishga erishadilar.
Kasbiy psixologiya fani o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan 
qurollantirish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishi lozim. 
Buning uchun kasblarga doir qo‘llanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash 
lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, 
ziddiyat, to‘siqlarni oldini olgan holda o‘quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga 
yo‘llash imkoniga ega. 
Shuningdek qo‗llanmada oila, ishlab chiqarish jarayonidagi nizolarning 
yuzaga kelish sabablari, ularni bartaraf etishning psixologik yo‗llari, kadrlar 
tayyorlash va ularning qo‗nimsizligini oldini olishning psixologik vosita va 
usullari haqida psixologik bilimlarga ham ega bo‗lishadi.
O‗quv qo‗llanma agrar universiteti kasbiy ta‘lim yo‗nalish talabalarining 1-
kurs talabalariga mo‗ljallangan bo‗lib, unda kasbiy psixologiyaga oid bilimlarni 
o‗zlashtirishga qaratilgandir. 


Kasbiy psixologiya fani talabalar 1-kursda o‗rganadigan fanlardan biri 
bo‗lganligi va talabalar kasbiy psixologik bilimlarni o‗zlashtirishda bir qadar 
qiyinchilik tug‗diradi. Birinchidan talabalar qator ilmiy notanish terminlarga 
duch keladilar, ikkinchidan talabalar ilmiy adabiyot ustida ishlash metodikasini 
yaxshi bilmaydilar. Shu sababli kasbiy psixologiyani o‗qitish jarayonida 
talabalarga aqliy mehnat metodlari va usullarini o‗rgatib borishga to‗g‗ri keladi. 
Uchinchidan, kechagi maktab o‗quvchisi, ishchi, rassom, hunarmand, fermer va 
birinchi kursda talaba sifatida kamol topa boradi. O‗qituvchi talabalarda o‗qitish 
jarayonini shakllantirish bilan birga ularning o‗z-o‗zini tarbiyalashiga imkon 
yaratishi lozim. 
Modomiki shunday ekan, fanni o‗qitish jarayonida talabalar oldiga tarbiya 
va o‗z-o‗zini tarbiyalash vazifalarini qo‗yish bilan birga bu vazifalarni hal qilish, 
ya‘ni talabalarning mustaqil ishlashini yo‗lga qo‗yishda ularga yordam berish
bilimlarni o‗zlashtirish metodikasini, o‗z-o‗zini tarbiyalash metodikasini 
o‗rgatish kerak. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin