Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Irodaviy zo‟r berish - maqsadni amalga oshirish uchun ob‘ektiv va 
sub‘ektiv qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladigan nerv hamda 
iroda kuchi. 
Irodasi bo‟shlik - shaxsning biror faoliyat turini bajarish uchun o‘zini 
majbur qila olmaslik yoki o‘z harakatlarini o‘z maqsadlariga bo‘ysundira 
olmaslikdan iborat salbiy xarakter xislati. 
Ixtisoslashgan mehnat - muayyan kasbga doir maxsus bilimlar, 
ko‘nikmalar, malaka va madaniy odatlarning tarkib topishi hamda rivojlanishini 
talab qiladigan mehnat. 
Ish qobiliyati - shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksiyalari yig‘indisi. 
Ish usullarini tasvirlash - mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy 
tekshirish ishlarida alohida ish usullari yoki malakalarni ularning bajarilish 
tartibi bo‘yicha tasvirlashdan iborat tekshirish metodi. 
Kasb kasalligi - muayyan kasb sohasidagi psixik yoki shu kasbning 
ko‘pchilik vakillariga xos bo‘lgan kasallik.
Kasb psixologiyasi - mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik 
komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan 


psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi 
bo‘lim. 
Kasb tanlashga yo‟llash - pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa 
mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi 
maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi. 
Kasbga qiziqishlar - shaxsning ma‘lum bir kasbga nisbatan doimiy va 
barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati. 
Kasbga layoqatlilik - shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini 
ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi. 
Kasbga tayyorgarlik - muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash 
imkoniyatini ta‘minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, 
xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga ega bo‘lishlik. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin