baholardan foydalangan holda, ya‘ni x2 x1 dan katta, u2 esa u1 katta degan
xulosani ta‘kidlab
qolmasdan balki, hech bo‘lmaganda umumiy hollarda qay
darajada kattaligini aniqlashi kerak bo‘ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat
guruhlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashning o‘zi bo‘lmaydi.
Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko‘rib chiqamiz. Korxonada
mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab turgan
muhandislar ko‘p deffektlarni o‘tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan
nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi. Eksperimentning mazmuni
shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo‘lgan qobiliyatlarni tashxis qilib
beruvchi (diqqatni
jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng
fikrlash) test loyiqalashtiriladi. Test tanlovchilar orqali nazoratchilarning
eksperimental guruhi tuzildi. Eksperimental va nazorat guruhi ishlarini
korreksion tahlil qilish asosida tasdiqlash,
testning samaraliligini va
nazoratchilarni tanlash va tayyorlash metodikasini aniqlash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish masalasi
eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun miqdoriy ma‘lumotlar, odatda,
absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega. Ular ikki guruh darajasini
tasdiqlash imkonini beradi, ammo har qaysining absolyut tavsifini aniqlay
olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, psixologiya fani real o‘quv-kasbiy faoliyatida
o‘zgarishlarni kutmaydigan, imkoniyatlar beruvchi
vaziyatlar yaratish orqali
shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘lchash uchun turli xil shakllarni yaratadi.
Eksperimentni o‘tkazishda o‘rganilayotgan jarayon o‘tadigan sharoitlarni keng
miqiyosda o‘zgartiriladi, o‘zgaruvchan omillar ta‘sirini ajratish, ularning o‘zaro
aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va
mexanizmlarni o‘rgatish mumkin. Eksperiment metodining muhim sifati
shundaki-o‘rganilayotgan jarayoniga to‘g‘ri baho berish,
Ma‘lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot
natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi.
Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va labaratoriya
eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik
hodisalarni odatiy tabiiy
sharoitlarda o‘rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshiriqini bajarish
jarayonida va hokazo). Tabiiy eksperimentning afzalligi - tadqiqot
maqsadlarining nisbatan yashirinligi, jarayonning norasmiy muhitda o‘tishi va
sinovdagilarning hayoti va faoliyatiga bevosita kirib borishi bilan belgilanadi.
Modellashtiruvchi
eksperiment
ayrim
mehnat
jarayonlarining
nazariy
dinamikasi va murakkabligi tufayli real texnik moslamalarni odatiy ish
tartibidagi usullarni o‘rganib bo‘lmaganligi tufayli
qo‘llaniladi. Bu jarayonlar anglanilgan holda o‘rganilayotgan mehnat jarayonida
ishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi uning tarkibiy qismlariga ajratiladi,
bu faoliyatni amalga oshirish uchun sun‘iy sharoitlar
yaratiladi va shu tariqa
modellashtirilgan sharoitlarda murakkab mehnat jarayoni o‘rganiladi.
Modellashtiruvchi eksperiment shaxsning kasbiy shakllanish jarayonidagi
muhim kasbiy sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Labaratoriya eksperiment
tadqiqotlarni
maxsus
asbob-uskunalari
bilan
jihozlangan
psixologik
labaratoriyada o‘tkazishni nazarda tutadi. Eksperimentning bu turi odatda
elementar psixik funksiyalarni o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi ya‘ni, sensor va
motor reaksiyalari tanlov reaksiyalari va boshqalarni kiritish mumkin. Insonning
ish-harakatlarini o‘rganish borasida oxirgi 20 yil mobaynida videotexnika va
turli antik mexanik moslamalar rivojlanishining yuqori darajasiga ko‘tarilgan.
Bu bir tomondan videoga tushirish,
streoskopik tushirish kabi usullarni keng qo‘llashga olib kelgan bo‘lsa, boshqa
tomondan tayyorlov ishlari ya‘ni, eksperimentni o‘tkazish va materiallarni tahlil
etish kabi ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Videofotoregistrasiya
metodining universalligiga qaramay tadqiqotlarda
EHM va boshqa maxsus
texnikaning qo‘llanilishi bugungi kunda murakkab muammo bo‘lib kelmoqda.
Shakllantiruvchi eksperiment - bu usulning asosiy belgisi V.V Davidovning
―psixikaning u yoki bu empirik shakllarining xususiyatlarini oddiygina ta‘kidlab
emas, balki ularni faol modellashtirib maxsus sharoitlarda namoyon etib, ular
mohiyatini ochib berishi‖ kerak degan fikri bilan belgilanadi. Shakllantiruvchi
eksperiment usullarini qo‘llash o‘quv-kasbiy jarayonlarning ma‘lum tavsiflarini
o‘zgartirish va shu o‘zgarishning ta‘lim oluvchilarning yosh, intellektual
xususiyatlariga bo‘lgan ta'siri bilan bog‘liq. Mohiyatiga ko‘ra,
bu usul keng
tadqiqot o‘tkazish vositasi sifatida boshqa usullarni qo‘llash orqali o‘tkaziladi.
Shakllantiruvchi eksperiment V.V.Davidov bergan tavsifiga ko‘ra - birinchidan,
ko‘p sonli ya‘ni, statistik muhim; ikkinchidan, u yoki bu konsepsiyani yuritish
uchun amalga oshiriladigan; uchinchidan uzoh davomli va nihoyat pedagogik-
nazariyotchi diagnostik metodistlarni o‘zaro hamjihatliligini ta‘minlab beruvchi
eksperimentdir. Shakllantiruvchi eksperiment kasbiy ta‘limning optimal
texnalogiyalarida, korxonada kasbiy tayyorgarlikning samarali metodikasida,
malaka oshirish tizimiga innavasion usullarni qo‘llash jarayonida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: