Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Fanning vazifalari: 
Talabalarini ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish: 
Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liklikni asoslash; 
Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish
Shaxs 
psixikasining 
rivojlanish 
bosqichlarida 
kasbiy 
rivojlanish 
masalalarini; 
―Kasb psixologiyasi‖ o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba: 
-kasb psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga 
yo‘naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, 
kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, 
xronomotraj metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak; 
- kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy oz-o‘zini anglashni 
shakllantirishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi. Kasbiy xavfsizlikning 


psixologik masalalar, ish joyi. Mexnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar 
bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ta‘minlanadi. 
- kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini 
diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli 
qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash, hamda kasbga yo‘naltirishga doir malakalariga 
ega bo‘lishi shakllantiriladi. 
Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega.Ota-onalar 
farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to‘g‘risida o‘ylab qolishadi. 
Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy 
kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta'lim-
tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo‘lgan tanlovli munosabatini keltirib 
chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo‘lgan qiziqishi tez seziladi, 
ya'ni tasviriy, musiqaviy va hokazolar. O‘smirlik davriga kelib, muammo 
yanada kuchayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota-onalarga qanday kasbni 
tanlashlari oldindan ma'lum bo‘ladi: ular ―Men shifokor bo‘laman‖, ―Bizning 
o‘g‘limiz, qizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo‘lsada, 
kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish 
holatlari sezilib turadi.Omadsizlikka uchrasa-chi? Ayrim o‘quvchilar uchun 
to‘qqizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yo‘nalishlarini tanlash - eng dolzarb masala 
bo‘lib qoladi. 
Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo‘lsam ekan yoki qaysi 
sohani mutaxassisi bo‘lsam ekan? - degan savolni o‘z oldilariga qo‘yib, kasb 
tanlash muammosiga duch kelishadi.
Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech 
qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib 
yetmasdan maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Bunda 
kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma'noga ega bo‘ladi. Kasb hunar 
kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan 
bo‘ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayoq 
ikkilanib qolishadi, boshqalari - mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari-


kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini 
bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga 
qo‘shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib 
qolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik, 
bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga 
keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish 
muammosi paydo bo‘ladi.
Kishilarning individual-psixologik xususiyatlarini kasb talablari bo‘yicha 
kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha 
kasbiy tanlov o‘tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib 
chiqaradi ya'ni unga ko‘ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish 
psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim. 
Bo‘lajak mutaxassis shaxsida yangi a'zolari orasida, turli yoshdagi kishilar 
bo‘lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni 
tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga 
kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy 
vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. 
Shaxs psixologik
tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining hayotini ham o‘zgartiradi. 
Oldingi – ―maktab - oila –jamiyat‖ tizimi o‘rnida yangi ya'ni ―kasb-oila 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar‖ vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida 
kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir kishining hayotida 
kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo‘ladi.
Masalan; kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga 
bo‘lgan layoqatini yo‘qotish, majburiy ishdan bo‘shash va boshqalar. Bunday 
voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, gohida 
esa mutaxassislik sababi natijasida bo‘ladi. Ko‘p hollarda normativ bo‘lmagan 
voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar, hisoblanadi.
Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining 
nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi 


yangi ijtimoiy vazifa - nafaqaxo‘rlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi.
Shuningdek, ular psixologik ko‘mak va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj 
bo‘ladilar. Shaxs va kasb o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va kasbiy 
rivojlanish vaziyatlarini umumlashtirgan holda quyidagilarda ko‘rishimiz 
mumkin: 
Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari. 
Shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari Kasbiy jihatdan kelib chiqadigan 
psixologik muammolar 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini xilma-xilligi.
Ta'limning keyingi turini tanlash va umumiy o‘rta ta'lim maktabini 
bitirgandan so‘ng ishga joylashish. 
Kasbiy ta'limning keyingi turlarini tanlash jarayonida kasbiy maslahatlar
berish.
Ta'limning keyingi turlarini tanlash va o‘ziga xos maxsus kollejini bitirib 
ishga joylashish.
Kasbiy ma'lumot olishga tayyorgarlik jarayonida kasbiy maslahatlar 
berish, kasbiy tanlov, kasbiy tekshiruvdan o‘ta olmaganlarga psixologik yordam 
berish.
Kasbiy ma'lumot olish va tayyorgarlik, kasb xatoliklariga yo‘l qo‘yish, 
ta'lim jarayonidan qoniqmaslik va boshqalar. 
O‘quv-kasbiy faoliyatning mohiyatini kuchaytirish, ta'lim jarayoniga 
innovasion texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim oluvchining shaxs sifatida 
o‘zini-o‘zi boshqara olish, ko‘nikmalari. 
Ish joyini qidirish, ishga joylashish, malakaviy talablar va lavozim 
majburiyatlarini qabul qilinishi, yangi ijtimoiy kasbiy vazifani anglab olish.
Kasbiy tanlov va kasbga yaroqlilikni (layoqatini) aniqlash.
Yosh mutaxassis tomonidan yangi ijtimoiy, kasbiy talablar va 
mas'uliyatlarini qabul qilinishi.


Kasbga kirib borish orqali kasbiy tajribaga ega bo‘lish, hayotda yangi 
tartib, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga moslashish.
Kasbga ko‘nikishdagi ijtimoiy qiyinchiliklar, kasbiy layoqatsizlikning 
yashirin shakli, kasbiy hulq-atvorni egallashdagi va yangi hayot tarziga 
ko‘nikishdagi qiyinchiliklar.
Kasbiy faoliyatdagi yuksalish imkoniyatlari, ish haqi, kasbdan va rahbarlar 
bilan o‘zaro munosabatlardan qoniqmaslik, kasbiy rivojlanishdagi ziddiyatlar va 
ularni korreksiya qilish.
Kasbiy mehnatdan shaxsiy ma'noni topish, kasbiy hayotning yangi 
tomonlarini qidirish, insonlar bilan bo‘lgan munosabatlardagi ziddiyatlaridagi 
inqirozlardan chiqish va kelishmovchiliklarni hal etish hamda psixologik 
charchoqni bartaraf etish. 
Majburiy ravishda ishdan bo‘shash, yangi ish joyini qidirish, kasbini 
o‘zgartirish.
Kasbiy hayotdagi yangi yo‘lni tan olish.
Mutaxassislikning destruktiv rivojlanishi, kasbiy deformasiyalar kasbiy 
charchoq holatida kasbning ma'nosini yo‘qolishi. 
Shaxsning kasbiy deformasiyalarini aniqlash va tahlil etish, uning 
sabablarini o‘rganish, kasbga nisbatan ko‘nika olmaslikni yengib o‘tish. 
Kasbiy faoliyatdan chetlashish (nafaqaga chiqish).
Ijtimoiy-psixologik keraksizlik tufayli kelib chiqadigan psixologik 
zo‘riqishdan xalos etish, yangi hayot tarzi va hayotda yangi ma‘noni topishga 
intilish. 
Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlar shaxs va kasb hamkorligida uchraydi va bu 
murakkab, dramatik jarayon sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida 
bo‘lib o‘tadi. Shaxsning kasbga bo‘lgan moslashuvida normativ bo‘lmagan 
vaziyatlarni hal etishda psixologiya muhim ahamiyatga ega. Aynan u shaxs va 
kasb o‘rtasida optimal munosabatlarni o‘rnatishda yordam berishi, kishilarni 
kasblar dunyosi bilan tanishtirishi lozim. Shaxs va kasblarga moslashuvning 
ko‘p aspektli psixologik fundamentlari an'anaviy tarzda mehnat psixologiyasi 
tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni 


aniqlanmagan. XX asr bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi kasbiy 
faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga 
bo‘lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi. 
Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, 
vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli 
nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish 
tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat 
markazida asosan mehnatning ijrochilik operasion aspektlari, uning 
psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu 
insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. 
Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar 
asosida o‘rganilgan. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mehnat faoliyati 
borasidagi psixologik tadqiqotlar insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni 
anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari, kasbiy 
rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Ular esa o‘z navbatida 
kasb psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi 
ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishda mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab 
qilinadi. Shu bois, hozirgi kunda kasb psixologiyasiga doir bilimlarga zarurat 
sezilmoqda.
Keng tarqalgan ta'riflarga ko‘ra psixologiya - psixik faktlar, ularning 
qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Shuningdek, psixologiya inson 
faoliyati va xulq-atvorida ob'ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlari haqidagi 
fan. Psixologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va o‘rganilgan 
nazariy manbalar, shuningdek fanlararo o‘zaro integrasiya jarayonlari 
psixologiya tarmog‘ida ko‘pgina o‘z predmetiga ega bo‘lgan sohalarni ajralib 
chiqishiga turtki bo‘ldi. Ular jumlasiga kasb psixologiyasini kiritishimiz 
mumkin. Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish 
mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. 


Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni 
tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, 
shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi 
psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin. Kasb 
psixologiyasining ob‘ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro 
bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi 
bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob‘ektiga ega. Shu jihatdan aynan u 
mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va 
pedagogik psixologiya fanlarining ob‘ekti va predmetidan farqlanadi.
Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida 
shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi 
vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, 
mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam 
olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning 
individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, 
ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar 
kiradi. Mazkur farqlar jadvalda qo‘yidagicha ifodalaniladi: 


Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi 
informasion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya 
tarmog‘idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan 
uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta‘sirini 
tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining 
ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va 
mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga 
bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to 
umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish 
bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh psixologiyasi 
psixologiyaning turli yosh bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa 
bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. 
Pedagogik psixologiya - shaxsga ta‘lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va 
muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya 
psixologiyaning yosh avlodga ta‘lim va tarbiya berishning psixologik 
muammolarini 
o‘rganuvchi 
maxsus 
sohasi. 
Pedagogik 
psixologiya 
pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va 
amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda 
qonuniyatlarni aniqlaydi.


Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida 
ta‘kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif 
beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub‘ekt sifatida faoliyat 
ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va 
sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir. Kasb psixologiyasi 
shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi 
kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat 
psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda 
ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy 
tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. 
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy 
qarashlarida kasbiy hulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor 
motivasion va kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga 
asosiy e‘tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy 
vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb 
psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning 
kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni 
rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va 
uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim 
aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, 
qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Kasb psixologiyasining predmetining ta‘rifiga asoslanib, uning quyidagi 
vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 
1. 
Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot 
tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2. 
Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini 
ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish; 
3. 
Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni 
proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish; 


4. 
Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik 
mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi 
omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;
5. 
Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya‘ni shaxsning 
deformasiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
6. 
Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada 
psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestasiyadan 
o‘tkazish; 
7. 
Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda 
insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;
8. 
Kasbiy maslahat, kasbiy ma‘lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi 
psixologik jihatlari, attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, 
kasbiy korreksiya va reabilitasiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik 
borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. 
Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy 
shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, 
kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya‘ni 
ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. 
Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar 
bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, 
shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqealarga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga 
olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning 
tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan 
optasiya, ya‘ni kasbiy ta‘lim va tayyorgarlik, profadaptasiya, professionalizm 
hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin. Kasb psixologiyasining asosiy 
konseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Asosiy tushunchalar 
Konseptual qoidalar 


Kasbiy shakllanish Kasbiy shakllanish - bu shaxsning kasb tanlash 
jarayonidagi kasbiy ta‘limga tayyorlanish, shuningdek kasbiy faoliyat 
jarayonidagi rivojlanish hisoblanadi . 
Kasbiy shakllanish bosqichlari. Kasbiy 
shakllanish-getroxron 
jarayon 
bo‘lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning 
shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro aloqalariga ko‘ra 
kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi. Bu individual to‘laqonli jarayonini 
ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bosqichlarga ajratish mumkin. 
Ular sirasiga kasbiy tayyorgarlik, kasbiy adaptasiya, birlamchi va ikkilamchi 
professionalizasiya va kasbiy mahoratlar kiradi.
Kasbiy shakllanish turlari


Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan belgilanadi. 
Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy 
omillarni kiritish mumkin. Kasbiy rivojlanish
Kasbiy 
rivojlanish 

bu 
yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati 
samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi. Kasbiy shakllanishining 
psixologik jihati . Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa 
olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini 
sarflash, shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy 
rivojlanishdagi destruktiv an‘analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik 
madad va yordam ko‘rsatish. Kasbiy jihatdan o‘zini anglash
Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va 
talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma‘lum 
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma'no topishi.
Kasbiy jihatdan o‘zini asray olish. 
Inson shaxsiga yo‘naltirilgan mahsuldor kasbiy faoliyatda doimiy o‘zini-
o‘zi o‘zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini o‘zini ruyobga 
chiqarishi, kasbiy hayotini boshqara olishi, kasbiy rivojlanish va lavozimda 
ko‘tarilishdagi destruktiv vaziyatlarni yengib o‘tish bilan bog‘liqdir. 
Professionalizasiya destruksiyalari. Professionalizasiya jarayonidagi miqdor 
va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformasiyasi bilan kuzatiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin