Yuqori jag’ O’tkir osteomieliti va atrofidagi rivojlangan absess va flegmonalari bajardi: Nurhonova Dildora


CHAKKA OSTI SOHASI ABSES VA FLEGMONASI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#174067
1   2   3   4   5
YUQORI JAG’ O’TKIR OSTEOMIELITI VA ATROFIDAGI RIVOJLANGAN ABSESS VA FLEGMONALARI

CHAKKA OSTI SOHASI ABSES VA FLEGMONASI

CHAKKA OSTI SOHASI ABSES VA FLEGMONASI


Chakka osti sohasi absesida yiring ko'pincha yuqori jag4
tanasining chakka yuzasi bilan lateral va medial qanotsimon mushaklar
orasidagi kletchatkada joylashadi. Ovz -o 4zidan kelib chiquvchi og4riq va
og4iz ochilishining chegaralanishi kuzatiladi. Klinik jihatdan, yuz
konfiguratsiyasi o4zgarmaydi. Ayrim paytlari lunj va yonoq sohalarida
chakka sohasining pastki qismiga tarqaluvchi uncha katta bo4lmagan
yallig'lanish shishlari kuzatiladi. Qanotsimon mushaklaming yaqinligi
tufayli og4iz ochish chegaralanadi. Og4iz bo4shlig4ini ko’rganda (lunjni
ozroq tashqariga tortib) katta oziq tishlar sohasidagi o4tuv burmaning
yuqori gumbazida shish va qizarish, kuzatiladi. Paypaslaganda, yuqorigi
gumbaz sohasida, ayrimlarda pastki jag4 shoxi oldingi yuzasigacha
tarqalgan og4riqli gazak aniqlanadi.
Chakka osti sohasi flegmonasida og'riq, chakka va ko'z sohalariga
tarqalishi kuzatiladi. Yutinganda og'riq kuchayadi.
Tashqaridan qaraganda, chakka sohasining pastki va quloq oldi -
chaynov sohasining yuqori qismlarida yallig'lanish shishi qum soatga
o’xshatib tavsiflanadi, ko'z osti va lunj sohalarida esa kollateral shish
kuzatiladi. To'qimalar yumshoq, og'riqli, teri rangi o'zgarmagan burmaga
qiyinlik bilan yig'iladi. Chaynov mushaklarining yallig'lanish
kontrakturasi yaqqol bilinadi (SH daraja) Og'iz bo4shlig4ida absesdagidek
o'zgarishlar aniqlanadi, ayrim paytlari og'iz dahlizi yuqori gumbazida
shish qizarish va og'riq aniqlanadi xalos.
Chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchasida rivojlanuvchi
flegmonalar kuchli bosh og'rig'i, ko'zga va chakkaga tarqaluvchi yuqori
jag4 sohasidagi og'riq bilan tavsiflanadi. Lunj, chakka sohasining pastki,
quloq oldi chaynov sohasining yuqorisida qovoqqa tarqaluvchi shish
paydo bo'ladi. Chakka osti va qanot tanglay chuqurchalari flegmonasida
bemorlaming umumiy ahvoli o'rtacha og'irlikda yoki og'ir bo'ladi,titrash,
et uvishishi kuzatiladi, tana harorati 40°S gacha ko'tariladi.
Shishgan to'qimalami paypaslaganda, chakka sohasining pastida
gazak va og'riq, ayrimlarida yallig'lanish jarayoni joylashgan tarafdagi
ko'z soqqasiga bosilganda og'riq seziladi. Og'iz ochilishi chegaralangan.
Og'iz dahlizi yuqori gumbazi shilliq qavati qizargan va shishgan, chuqur
paypaslaganda, pastki jag' toj o'sig'igacha tarqaluvchi, og'riqli gazak
seziladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin