Bu sohada yallig'lanish qo’shni
ko'z-osti va lunj sohalaridan infeksiya tarqalishi natijasida vujudga keladi.
Yonoq sohasi kletchatkasi chakka soha joylashgan yog' qavati bilan
bog'liq bo'ladi. Bu sohada flegmona, absesga nisbatan ko'proq uchraydi.
Yonoq sohasi absesi bo'lgan kasallar, zararlangan sohada ozroq
og'riq bo'lishiga shikoyat qiladilar. Yonoq sohasida chegaralangan
infiltrat paydo bo'lib, tezda yumshab qoladi. Ustidagi teri qoplami
yallig'langan to'qima bilan birikib ketadi qizaradi.
YONOQ SOHASI ABSES VA FLEGMONASI
YONOQ SOHASI ABSES VA FLEGMONASI
Yonoq sohasidagi flegmonada bemorlarning ko'z osti, chakka
sohasiga irradiatsiya qilinadi. Yallig'lanish shishi asosan ko'z osti, chakka
lunj va quloq oldi chaynov sohalariga tarqaladi. Paypaslaganda, yonoq
suyagi joylashgan proyeksiyasi bo'yicha, har xil darajadagi qattiq infiltrat
seziladi. Chaynov mushagi yuqori qismi yallig'lanish jarayoniga
qo'shilganligidan og'iz ochilishi ancha chegaralanadi. Ko'pincha og'riq
bemor og'iz ochganda kuchayadi. Og'iz dahlizi tomonidan qaralganda:
dahliz yuqori gumbazini (chaynov tishlari sohasi) da shish va qizarishni
ko'rish mumkin. Keyin, sckiniik bilan infiltrat bo’shashadi, ustidagi
yumshoq to'qima yupqalashib qoladi yoki ko'z pastki yorig'i tashqi
burchagigacha tarqalib, o'zi mustaqil yorilishi mumkin.