Yuqori kuchlanishli osma izolyatorlarning solishtirma sirt va hajm o'tkazuvchanliklarini aniqlash. Ishning maqsadi



Yüklə 45,36 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü45,36 Kb.
#189970
  1   2
Yuqori kuchlanishli osma izolyatorlarning solishtirma sirt o‘tkazuvchanliklarini aniqlash.


Yuqori kuchlanishli osma izolyatorlarning solishtirma sirt va hajm o'tkazuvchanliklarini aniqlash.
1. Ishning maqsadi: qattiq dielektrik (izolyator) yuza holatini tadqiq etish, yuqori kuchlanishli izolyator yuza qarshiligini o'lchash uslubini o'rganish.


2. Foydalanilgan asboblar: shakl koeffitsiyenti bo'lgan zond, 2,5 (0,5) kV li megommetr.


3. Qisqacha nazariy ma'lumotlar: izolyator sirtining holatini baholash uchun uning solishtirma sirt o'tkazuvchanligi va solishtirma hajm o'tkazuvchanligi aniqlanadi. ning qiymati quyidagi formula bilan topiladi:

bu yerda - izolyatorning qarshiligi; izolyatorning shakl koefitsiyenti.
qarshilik qiymati izolyator iflos qatlamini to'yinishi holatigacha namlangan holat uchun aniqlanadi va bu qarshilik izolyator sirt qirshiligining minimal qiymatiga mos keladi. Namlash solishtirma hajm o'tkazuvchanligi dan yuqori bo'lmagan namli kichik zarrachalar bilan amalga oshiriladi.
Nam oqim izolyator iflos qatlamini buzmasligi lozim.
Izolyator sirt qirshiligi megommetr yordamida kuchlanish oralig'ida aniqlanishi lozim. Izolyator iflos qatlamini namlanishdan to'yinish momentini aniqlash uchun, namlanish jarayonida o'lchash kuchlanishi izolyatorga 2 daq. vaqt oralig'i bilan davriy berib turilishi va izolyatorning kuchlanish ta'sirida bo'lish davomiyligi 3 s dan oshmasligi lozim.
qiymati izolyator sirti har xil nuqtalari solishtirma sirt o'tkazuvchanliklari o'lchangan qiymatlarining o'rtachasiga teng qilib olinadi. zond usuli yordamida o'lchanadi. Zondning ishchi qismi mis yoki latun sterjenlardan iborat 2 ta elektrod bo'lib, yassi aylanasimon uchlarining diametri 4 mm, elektrodlar orasidagi masofa 5 mm.
Zond yordamida o'lchov bajariladigan sirt bo'lagini sun'iy namlash solishtirma hajm o'tkazuvchanligi dan katta bo'lmagan suv bilan ifloslanish qatlami to'yinguncha amalga oshiriladi. To'yinish momenti sirtda namlikning alohida tomchilari paydo bo'lishi bilan qayd etiladi.
Elektrodlarni izolyator sirtiga tegib turgan joylarida suv to'planmasligi lozim. Buni oldini olish maqsadida o'lchash vaqtida egilib turishi kerak. O'lchashdan avval izolyator ifloslanish darajasini bir tekis bo'lgan zonalarga ajratiladi. Har bir zonada o'lchash 0,5 kV li megommetr bilan 10 martadan o'tkaziladi.
Zondning elektrodlari orasidagi ifloslangan qatlamning solishtirma sirt o'tkazuvchanligi

formula bilan aniqlanadi.
Bu yerda - zondning shakl koeffitsiyenti; - zondning elektrodlari orasidagi ifloslangan qatlam qarshiligining o'lchangan minimal qiymati, MOm.
Har bir zonadagi ifloslangan qatlam solishtirma sirt o'tkazuvchanligining o'rtacha qiymati

formula bilan hisoblanadi.
Butun izolyator ifloslangan qatlamining solishtirma sirt o'tkazuvchanligi esa

formula bilan hisoblanadi,
bu yerda - zonalar soni;
- zona tartibi;
- -zona sirtining yuzasi;
- butun izolyator sirtining yuzasi.



Yüklə 45,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin