Yuqori mustahkam qotishma olish o’quv model birliklari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə3/4
tarix10.02.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#83714
1   2   3   4
Иккиламчи 14-маъруза

  • Ko‘p xollarda alyuminiy qotishmalaridan olingan quymalar termik ishlovdan o‘tqaziladi. Alyuminiy qotishmalaridan olingan quymalarga boriladigan termik ishlovning sakkizta turi bor. Past temperaturada bo‘shatish (sunniy qaritish) quymalarga ishlov berishni yaxshilash va mustahkamligini oshirish uchun qo‘llaniladi (AL3, AL5). Ichki kuchlanishni yo‘qotish uchun bo‘shatish, toblash – AL3, AL4, AL5, AL7 va AL8 qotishmalaridan olingan detallarning mustahkamligini oshirish uchun. Ba’zan termik ishlovdan keyin mustahkamlik 2 barobar ortadi, masalan AL8 ning mustahkamligi 128dan to 275 MPa gacha ortadi. Ba’zi alyuminiy qotishmalarining tarkibi 3.5-jadvalda keltirilgan. Quyish usuli va termik ishlovning mexanik xossalariga bog‘liqligi jadvalda keltirilgan.
  • Vagrankalarda istalgan eritish jarayoniga xos bo‘lgan operatsiya tegishli zonalarda amalga oshiriladi. Qizdirish zonasida qizigan gazlar metallni qizdiradi. Bunda metall gaz fazasi bilan o‘zaro ta’sir qiladi, buning natijasida metall oksidlanadi; koks qizib uchuvchan moddalarini yo‘qotadi va xokazo. Eritish operatsiyasi metallni qattiq holatdan suyuq holatga o‘tishi va bu zonada murakkab o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi bilan harakterlanadi. o’ta qizish zonasida suyuq metall va xosil bo‘ladigan suyuq toshqol bir-biri bilan, shuningdek gaz fazasi, koks hamda pech ichki qoplamasi bilan reaksiyaga kirishadi. Va, nixoyat, to‘planish zonasida suyuq metall toshqol va koks bilan reaksiyaga kirishadi.
  • Cho’yan elektr pechlarda eritilganida jarayon ikkita asosiy davrga bo‘linadi: qizdirish -eritish va o‘ta qizdirish, tobiga etkazish. Pech yuklangandan keyin bir yo‘la amalga oshiriladigan qizdirish va eritish operatsiyalari sodir bo‘ladi. Shixta odatda oldingi eritish jarayonidan qolgan suyuq metall qoldig‘iga solinadi, shuning uchun ham qizish va eritish suyuq metallning qattiq metall bilan o‘zaro ta’siriga bog‘lik. Bunda ishtirok etgan gaz fazasi metallni oksidlaydi. o’ta qizdirish davrida barcha metall suyuq holatda bo‘ladi, hamda pechning toshqoli va ichki koplamasi bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Jarayon oxirida suyuq qotishma xosil bo‘ladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin