Yuqumli kasalliklari HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. INFEKSIYANING tarqalish yo`llari. ENDEMIYA. EPIDEMIYA. PANDEMIYA. Immunitet.DEZINFEKSIYA.DEZINSEKSIYA.DERATIZATSIYA.
REJA: 1.Yuqumli kasalliklar haqida ushuncha.
2.Infeksiya va uning tarqalish yo`llari.
3.Endemiya.Epidemiya.Pandemiya.
4.Immunitet.
5.Dezinfeksiya.Dezinseksiya.Deratizatsiya.
6.Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya.
7. Sanitariya-epidemiologiya markazi.
Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha. Odam organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan mikroorganizmlaming kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan xastaliklar yuqumli kasallik deyiladi.
Yuqumli kasalliklarning turi juda ko'p bo'lib, ularning har birini maxsus mikroblar (bakteriyalar), viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar, zamburug`lar va boshqa mikroorganizmlar qo`zg'atadi.
Yuqumli kasallikni qo'zg'atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikroorganizmlarning hammasini birlashtirgan holda infeksiya deyiladi. Shu bois, yuqumli kasallikning tibbiyot qabul qilingan nomi infeksiyon kasallikdir.
Infeksiyon kasalliklarni qo'zg'atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikrob (bakteriya) larning 1000 dan ortiq, viruslarning 200 dan ortiq turlari borligi aniqlangan.
Infeksiyaning tarqalish yo`llari.Yuqumli kasalliklarni qo`zg`atadigan infeksiyon agentlar (mikrob, virus, zamburug`, rekketsiya, spiroxeta, plazmodiy va boshqalar) quyidagi yo`llar orqali odamga yuqadi:
zararlangan havo (nafas a'zolari) orqali: gripp, sil, bo'g`ma, qizamiq, nizomiq va boshqa kasalliklar;
zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq, yuvilmagan qo`l bilan ta'omlarni iste'mol qilish orqali: qorin tifi, salmonellyoz, ichburug` (dizenteriya), yuqumli gepatitni "A" turi, gijja tuxumlari yuqadi;
odam tanasi jarohatlanganda, ya'ni teri kesilganda, qirilganda, kuyganida havo, suv, tuproqdagi, zararlangan buyumlardagi mikrob va viruslar terining jarohati orqali odam tanasiga kirish tufayli qoqshol, saramas, kuydirgi kasalliklari yuqadi;
jinsiy yo`l orqali OIV, zaxm, so`zak kasalliklari yuqadi;
kasallik yashirin kechayotgan bemor odamdan olingan qon yoki uning zardobi davolash maqsadida boshqa odamga quyilganda (OIV, gepatit B,C turlari) yuqadi;
- bir bemorga ishlatilib chala sterillangan yoki umuman sterillanmagan shprits, igna va boshqa tibbiy asboblar, sartaroshlik asboblarini boshqa odamga ishlatish tufayli OIV, gepatit B,C va boshqa kasalliklar yuqadi;
- kasallangan hayvon va parranda mahsulotlarini yaxshi pishirmasdan iste'mol qilganda (go'sht, tuxum, sut kabilar) brutsellyoz, exinakokk, kuydirgi va boshqa kasalliklar yuqadi;
-kasallangan hashoratlar (bit, burga, kana, chivin kabilar) chaqqanda tepkili terlama, bezgak, gemorragik isitmalar va boshqa kasalliklar yuqadi;
- kasallangan mushuk, it, qoramol kabilarni ehtiyotsizlik bilan parvarish qilganda (zamburug'lar qo'zg'atadigan trixofitiya, mikrosporiya, parsha va boshqa kasalliklar) yuqadi;
- quturgan it, mushuk, qoramol, sichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilar tishlaganda, tindalaganda quturish kasalligi yuqadi.