Yuqumsiz va yuqumli kasalliklar Reja: Yuqumsiz kasalliklar


YUQUMLI KASALLIKLARNING TASNIFI



Yüklə 11,03 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü11,03 Kb.
#209147
1   2
Yuqumsiz kasalliklar. Yuqumli kasalliklar. Kasallikning asoratla-fayllar.org

YUQUMLI KASALLIKLARNING TASNIFI

(KLASSIFIKATSIYASI)
Yuqumli kasalliklar qaysi muhitda tarqalishiga qarab 2 ga bo'linadi. Faqat odomzodga xos bo'lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklar xayvonlarda aslo uchramaydi. qizamiq, difteriya, ich terlama va boshqalar ana shu guruxga kiradi.
Bruyellez (qora oqsoq), quturish, toun (o'lat), salmonellez kabi xastaliklar odamda xam, xayvonlarda ham uchraydi. Bunday kasalliklar zoonoz xastaliklar deb ataladi.
Yuqumli kasalliklarni sinflarga bo'lishda mexanizmini asos qilib olgan holda epidemiodogik nuqtai nazardan guruxlarga bo'lish qulay xisoblanadi. Ana shu jihatdan yondoshilganda, kasallik mikrobi asosan qayerda joylashishiga qarab, yuqumli kasalliklar kuyidaga guruhlarga bo'linadi:
1. Ichak ikfeksiyalari. Bu kasalliklarda mikrob odam tanasiga zararlangai suv yoki oziq-ovqatlar orqali tushadi. Kasallik mikrobi asosan, me'da-ichak yo'llarida joylashib, ko'payadi. Shuning uchun kasallikka xos patogistologik o'zgarishlar ichakda ro'y beradi. Ba'zan, masalan, virusli A va YE gepatitlarida kasallik qo'zg'atuvchisi ichaklardan jigarga ham o'tib, uni jaroxatlayda.
Bu guruxga kiruvchi infeksiyalarda kasallik qo'zg'atuvchisi bemor tanasidan asosan najas, ayrim xollarda, siydik orqali tashqariga chiqadi. Tashqi muxitda mikrob turli yo'llar bilan suv va oziq-ovqatlarga tushib qolishi mumkin. Hojatxonalar suv bo'yiga yoki unga yaqin joyda qurilganda, ekinlar sharvat usulida sug'orilganida, pashshalar sababli shunday tarqalish hollari kuzatiladi. Bemorni bevosita parvarish qiluvchilar ozodalikka e'tibor bermaganlarida, ifloslangan qo'llari orqali kasallik mikroblarini o'zlariga yuqtirib oladilar. Bu kasalliklarni kamaytirishda aholi sanitariya madaniyatini oshirish va toza ichimlik suv bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
2. Nafas yo'llari infeksiyalari. Bu guruhga kiradigan kasallik mikroblari bemor tanasidan nafas chiqarganida, yo'talganida, aksirganida yoki gapirganida atrofdagi havoga ajralib chiqadi va sog'lom kishi tanasiga mafas yo'llari orqali tushadi. Shu tariqa kasallikka xos bo'lgan o'zgarishlar, asosan, burun, tomoq, halqum, kekirdak, bronxlar shilliq qavatida ro'y beradi, ba'zan o'pka ham jarohatlanadi. Ayrim kasalliklarda asa mikrob qonga o'tadi. Bu guruhga kiruvchi gripp va o'tkir respirator kasalliklar g'oyat keng tarqalgan xastaliklar xisoblanadi. Bolalarda nafas yo'llari kattalarga nisbatan kalta va keng bo'lganligi, yuqish mexanizm osonligi, himoya kuchlari to'la takomillashmagani tufayli, bu guruh kasalliklar bolalarda kattalarga nisbatan qo'proq uchraydi.
Boshqa guruhga kiruvchi hastaliklarga nisbatan bu guruhga mansub kasalliklar tez va oson tarqalishini e'tiborga olib, o'z vaqgada aniqlab bemorni alohidalash zarur. Kasallikdan saqlanish maqsadida ba'zi hollarda, doka niqob taqish tavsiya etiladi. Qizamiq, ko'kyo'tal, difteriya, epidemik parotit (tepki), meningokokk infeksiyasi, gripp va o'tkir respirator kasalliklar shu guruhga kiradigan xastaliklardan hisoblanadi.
http://fayllar.org
Yüklə 11,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin