Yurak – qon tomir nafas sistemasining yosh xususiyati va gigienasi



Yüklə 330,55 Kb.
səhifə19/19
tarix22.04.2022
ölçüsü330,55 Kb.
#56090
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
yurak qon tomir

Bolalarning nafas olish organlari tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra kattalarnikidan farq qiladi. Yangi tug’ilgan bolalarda halqum tor va burun teshigi ingichka, kichik bo’lib, shilliq qavat qon va limfa tomirlari bilan ko’p ta’minlangan. Gaymarov bo’shlig’i, g’alvirsimon suyakdagi qo’shimcha yo’llar yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Gaymarov bo’shlig’i ikki yoshdan kattalasha boradi va 5—6 yoshda rivojlanib bo’ladi.

Yangi tug’ilgan bolalarning og’iz bo’shlig’idagi va yutqinidagi bezlar nisbatan katta, hiqildog’i qisqa, tar, voronka shaklida bo’lib, tog’aylari yumshoq bo’ladi. Hiqildoq 5 yoshda va jinsiy balog’at yoshida jadal rivojlanadi. 3 yoshdan qizlar hiqildog’i shu yoshdagi o’g’il bolalarnikiga nisbatan kichrayadi va toraya boradi. Ayollar hiqildog’i erkaklarnikiga nisbatan 1/4 hissa kichik bo’lada. Hiqildoqning jinsga bog’liq farqi 10 yoshidan vujudga kelady. Tovush yorig’i tor, hiqildoqva tovush boylamlari qisqa bo’ladi. 5 yoshgacha tovush apparati rivojlanib, keyin tovush boylamlari va mustaqil muskullar tez rivojlanadi. Ug’il bolalarda 12 yoshdan boshlab qizlarga nisbatan tovush boylamlari uzayadi. Shuning uchun ham o’g’il bolalar ovozi pastroq bo’ladi. Traxeya kattalarnikiga nisbatan kalta va torroq bo’lib, yuqoriroqda joylashadi. Uning uzunligi, tog’aylar kattaligi bolaning yoshi ortishi bilan ortib boradi.

Bronxlar ikkiga shoxlangunicha traxeyaning uzunligi yangi tug’ilgan bolalarda 3—4 sm, 5 yoshda 5—6 sm, 10 yoshda—6,3 sm, 15 yoshda — 7,45 sm, kattalarda esa 9— 12 sm bo’ladi. Traxeyaning shilliq qavati nozik, qon va limfa tomirlar bilan mo’l ta’minlangan bo’ladi. Shuning uchun ham ba’zida chang zarralari va mikroblar traxeya shilliq qavatiga tez o’rnashib qoladi. Bir yoshgacha bronxlar juda tez o’sadi.


Yüklə 330,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin