elektrokardiografiya, yozib
olingan egri chiziqqa esa elektrokardiogramma,
deyiladi. EKG yurak muskulining qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik hossalarini
aks ettiradi. EKG yozib olish uchun potensiallar qoi-oyoqlardan va ko‘klrak
qafasining ma‘lum nuqtalaridan olinadi. Ko‘pincha
elektrodlar badanga uchta
standart usul bo’yicha ulanadi. I-usul–o‘ngqol bilan chapqol; II-usul – o‘ng qol bilan
chapoyoq: III-usul–chap qol bilan chap oyoq Zarurat bo`lganda, EKG ko‘krak
qafasining 6ta ma‘lum nuqtasidan ham yozib olinadi Normada EKG da 5 ta tishchani
ajratish mumkin. Ular P, Q R, S, T harflar bilan belgilanadi. P, R, T tishlar izoelektrik
chiziqdan
tepaga qaratilgan, musbat. Q va S tishlar esa – manfiy, ular izoelektrik
chiziqdan pastda. P tish chap va o‘ng bo`lmalar qo‘zg‘alganda
vujudga keladigan
potensiallarning algebraik yig‘indisidir. Uning davomiyligi 0,1 s chamasida. Q, R, S,
T tishlar kompleksi qorinchalar qo‘zg‘alganda ro‘y beradigan elektrik hodisalarni aks
ettiradi. QRS kompleksi qo‘zg‘alishni qorinchalar bo‘ylab tarqalishining aksi bo;lib,
T tish esa ularning repolyarizatsiyasini ko‘rsatadi. Normada EKG da beshta
tishchadan
tashqari, uchta interval ajratiladi. Birinchi interval PQ – bo`lmachalar
qo‘zg‘alishi boshlanganidan qorinchalar qo‘zg‘alishi boshlanishigacha o‘tadigan
vaqtga teng. Normada PQ interval 0,2sekdan kamroq davom etadi. Ikkinchi niterval
QT – qorinchalarda qo‘zg‘alishning tarqalish vaqti.Yurak70 marta q isqarganda u
0,32-0,3 s bo`ladi. TP interval–yurakning tinch holatda bo`lgan vaqti, 0,4 s
chamasida. EKG dagi tishchalarning voltaji quyidagicha: P–0,25mV; Q– 0-0,3mV;
R – 0,6-1,6 mV; S – 0,25-0,4 mV; T – 0,25-0,6 mV.
Xulosa: Yurakning ritmik qisqarishlari uning o‘zida ro‘yobga
chiqadigan
impulslarning natijasi hisoblanadi. Agar organizmdan ajratib olingan yurak tegishli
sharoitda
saqlansa, u ritmik ravishda qisqaraveradi. Yurakning bu xususiyati
avtomatiya deyiladi.Tabiiy sharoitda ritmik impulslar
ritm yetakchisining
(peysmekerda) vujudga keladi.
elektrokardiogramma, deyiladi. EKG yurak
muskulining qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik hossalarini aks ettiradi. EKG
yozib olish uchun potensiallar qoi-oyoqlardan va ko‘klrak qafasining ma‘lum
nuqtalaridan olinadi. Ko‘pincha elektrodlar badanga uchta standart usul bo’yicha
ulanadi. I-usul–o‘ngqol
bilan chapqol; II-usul – o‘ng qol bilan chapoyoq: III-usul–
chap qol bilan chap oyoq Zarurat bo`lganda, EKG ko‘krak qafasining 6ta ma‘lum
nuqtasidan ham yozib olinadi Normada EKG da 5 ta tishchani ajratish mumkin. Ular
P,Q,R,S,T harflar bilan belgilanadi. P, R, T tishlar izoelektrik chiziqdan tepaga
qaratilgan, musbat. Q va S tishlar esa – manfiy, ular izoelektrik chiziqdan pastda. P
tish chap va o‘ng bo`lmalar qo‘zg‘alganda vujudga
keladigan potensiallarning
algebraik yig‘indisidir.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:
1. A. Qodirov “ Normal fiziologiya “
2. O.T. Alaviya, Sh.Q. Qodirov, A.N. Qodirov, Sh. M. Hamroqulov. E. H.
Halilov.
3. E.B. Babskiy “ Odam fiziologiyasi.