yuridik faktlarni



Yüklə 310,66 Kb.
səhifə1/2
tarix24.05.2023
ölçüsü310,66 Kb.
#121293
  1   2
Xasanova Madina

Farg’ona davlat unversiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3- kurs 20.37-guruh talabasi Xasanova Madinabonuning davlat tilida ishyuritidh fanidan tayyorlagan taqdimoti


GUVOHNOMA
GUVOHNOMA — 1) yuridik faktlarni (mas, bola tugʻilganini, nikohdan oʻtilganini, nikoh bekor qilinganini) tasdiqlaydigan hujjat. Guvohnoma albatta, tasdiqlanishi shart boʻlgan yuridik faktlarni nazarda tutadi, bu shart qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarda koʻrsatiladi. Guvohnoma shaqli va belgilari tegishli huquqiy hujjatda qayd etilib, ularga rioya qilmaslik Guvohnoma haqiqiy deb topilmasligiga sabab boʻlishi, mazmuni boʻyicha faqat sud orqali bahslanishi mumkin. Guvohnoma maxsus nom bilan ataladi (mas, oliy oʻquv yurtini bitirganlik toʻgʻrisida yoki prof. ilmiy unvonini berish toʻgʻrisida Guvohnoma va h. k.)
muayyan sohada ishlayotgan yoki tahsil olayotgan shaxslarga (mas, Prezident devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud, militsiya, Adliya vazirligi xodimlariga, advokatlarga, oliy oʻquv yurti talabalari, oʻqituvchilari va h. k. ga) topshiriladigan, egallab turgan lavozimlari yuzasidan guvohlik beradigan hujjat;
3) maʼlum bir shaxsning xizmat va b. holatlarini, shuningdek, biror ishga (mas, taftish oʻtkazishga) vakolatini tasdiklovchi hujjat. Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi Guvohnoma va shu turdagi boshqa Guvohnoma larda uning muddati koʻrsatilmaydi, malaka komissiyasi raisi va aʼzolari imzosi boʻladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi Guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yoziladi.

Xizmat guvohnomasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga beriladi hamda xodimning shaxsi va lavozimini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. Xizmat guvohnomasi xodimning pasporti o‘rnini bosmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 yanvardagi 2-son qaroriga muvofiq «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risida namunaviy nizom» tasdiqlandi.


. Shu nizomga muvofiq, har bir kishi ishga qabul qilinganda, kadrlar bo‘limi (yoki kadrlar ishi bilan shug‘ullanuvchi lavozimdagi shaxs)dan guvohnoma oladi. Bunday guvohnoma yonda olib yurishga moslashtirilib, daftarcha shaklida tayyorlanadi. Xizmat guvohnomasi ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq a birinchi rahbarning qarori asosida belgilanadigan kadrlar bilan ishlash xizmatlari yoki boshqa xizmatlar tomonidan beriladi.

Yüklə 310,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin