Muloqot jarayonida psixologik aloqani o`rnatish va rivojlantirish taktikasi.
Muloqotning muvaffaqiyatli bo`lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo`lsa (xushmuomalaliliq, kamtarlik, insonparvarlik, to`g`ri so`zliliq, vijdonliliq kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o`tadi. Chunki shaxslar bir-birini to`g`ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun ular samimiy bo`lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo`lib, voqea-hodisalarga oqilona munosabatda bo`lish, turli ta`sirlarga berilmaslikdir. Samimiylikning muhim belgisi - bu yuzdagi xushmuomalalik ifodasi va tabassum. Samimiylik bizning kayfiyatimizga ham bog`liq, chunki kayfiyatimiz yaxshi bo`lsa, samimiylik kuchayadi. Samimiylik ko`rsatish uchun kishining ko`ngli toza, oqko`ngil bo`lish lozim. Samimiylik fazilati ayniqsa rahbarning xodimlari bilan qiladigan muloqotida muhimdir.
Guvoh va jabrlanuvchilar, shubhalanuvchi va ayblanuvchilardan kerakli ma`lumotlarni olishning psixologik xususiyatlari.
Bizga zarur ma`lumotlarni bilib olishning ikkita asosiy yo`l - yo`rig`ini ko`rsatish mumkin. Birinchisi - subyektni yurist uchun qiziqarli bo`lgan faktlarni beixtiyor tilga olishga moyil etish.
Ikkinchisi-bizni qiziqtirayotgan shaxsga tegishli axborotni mujassam etgan ixtiyorsiz jismoniy va ekspressiv xatti-harakatlarga mayl uyg`otish. Birinchi usulni shartli ravishda nutqli reproduktiv deb atash mumkin.
Guvoh, jabrlanuvchi va ayblanuvchini huquqshunosga zarur ma`lumot berishga qo`zg`atuvchi bir qator usullar mavjud. Manfaatdor subyektning xotirasida muayyan obrazlarni uyg`otuvchi hamda ixtiyorsiz mulohazalarni aytib yuborishga qo`zg`atuvchi konkret predmetlarning namoyish qilinishi. Misol uchun fotosurat, fotoapparat, fotoishiga oida qog`ozlar, bular suhbatga turtki berishi mumkin.
Suhbatda turdosh mavzudan foydalanish. YA`ni birdaniga gangitadigan savollar bermasdan, ikkinchi darajali savollar orqali asosiy savolga o`tish va unga javob olish darkor.
Suhbatda turdosh mavzudan foydalanish. YA`ni birdaniga gangitadigan savollar bermasdan, ikkinchi darajali savollar orqali asosiy savolga o`tish va unga javob olish darkor.
Bevosita, to`g`ridan - to`g`ri, lekin yetarli darajada motivlashgan savollarni ko`ndalang qo`yish.
Muloqot mobaynida bizni qiziqtirayotgan subyektda muayyan ruhiy holatni shakllantirish yo`li bilan uni tegishli suhbatga undash.
Bizni qiziqtirayotgan subyektning jinoiy xatti-harakatlariga aloqador konkret predmetlarni namoyish etish.
Bir zumlik, kutilmagan, psixologik jihatdan ta`sirchan hayotiy holatlarni yaratish.