Muloqot jarayonida psixologik aloqani o`rnatish va rivojlantirish taktikasi.
Guvoh va jabrlanuvchilar, shubhalanuvchi va ayblanuvchilardan kerakli ma`lumotlarni olishning psixologik xususiyatlari.
Jinoyatchi shaxslar bilan aloqa o`rnatishning psixologik asoslari.
Muloqot haqida tushuncha.
Muloqot faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo`lamiz.
Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo`lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o`zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o`zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o`rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o`z Meni atrofdagilar bilan bo`ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yo`llari avval oilada, bog`cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya`ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma`naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo`lgan ehtiyojdir.