Юридик фаолиятнинг ижтимоий-психологик асослари



Yüklə 103 Kb.
səhifə1/5
tarix30.01.2023
ölçüsü103 Kb.
#81785
  1   2   3   4   5
Yuridik faoliyatda muloqot


Yuridik faoliyatda muloqot
Reja:



  1. Muloqot haqida tushuncha.

  2. Muloqot jarayonida psixologik aloqani o`rnatish va rivojlantirish taktikasi.

  3. Guvoh va jabrlanuvchilar, shubhalanuvchi va ayblanuvchilardan kerakli ma`lumotlarni olishning psixologik xususiyatlari.

  4. Jinoyatchi shaxslar bilan aloqa o`rnatishning psixologik asoslari.

Muloqot haqida tushuncha.
Muloqot faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi.
Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo`lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo`lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o`zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o`zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o`rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Har bir kishining o`z “Meni” atrofdagilar bilan bo`ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yo`llari avval oilada, bog`cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya`ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma`naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo`lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo`lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo`lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo`lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga to`g`ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o`ynasak, kasalxonada bemor, do`konda haridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.



Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin