13
Ma’muriy organlar tushunchasi 2018 yilga qadar ma’muriy
huquqqa doir qonunchilikda mavjud bo’lmagan. Ushbu atama
“Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonunda alohida ajratib
ko’rsatildi. Bunga qadar esa ma’muriy huquqiy munosabatlarda bir
tarafda albatta davlat boshqaruvi organining ishtirok etishi aytib o’tilar
edi. Davlat boshqaruvi organlari esa ijro hokimiyatiga mansub,
faoliyati qonunosti xarakteriga ega hamda ijro va farmoyish berish
faoliyati, ya’ni davlat boshqaruvini amalga oshirishga qaratilgan
davlat organlarining tizimidir. Bular O’zbekiston Respublikasining
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, qo’mitalar,
agentliklar, inspeksiyalar va markazlar, shuningdek mahalliy ijro
hokimiyati organlarini qamrab oladi.
4-sxema
Endilikda ma’muriy huquqiy munosabatlarda davlat boshqaruvi
organlari o’rnini ma’muriy organlar egallagan. Ma’muriy organlar
doirasi esa davlat boshqaruvi organlaridan kengdir. Ya’ni, ma’muriy
organlar nafaqat davlat boshqaruvi organlarini, balki ma’muriy-
boshqaruv vakolati berilgan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari, boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalarni ham
qamrab oladi. Soddaroq qilib aytganda, har qanday davlat boshqaruvi
organi ma’muriy organ hisoblansa-da, har qanday ma’muriy organ
ham davlat boshqaruvi organi hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: