15-masala Fuqaro S. o’zi yashab turgan Chilonzor tuman Sharq ko’chasi, 8-
uy,
12-xonadonda turgan joyi bo’yicha vaqtinchalik ro’yxatdan o’tish
maqsadida rasmiylashtirish ishlari uchun dastlab turar joyning yoxud
uning bir qismining ijara shartnomasining notarial tasdiqlangan
nusxasi zarurligini bilgan holda ijara shartnomasi uchun mazkur
hudud pasport ishlarni yuritish bo’yicha xodimga “17-shakl”
ma’lumotnomasini olish murojaat qildi. Pasport ishlarni yuritish
bo’yicha xodim “17-shakl” ma’lumotnomasini to’ldirib berdi va
tasdiqlatish uchun muhrni XUMSh (xususiy uy-joy mulkdorlari
shirkati) xodimida ekanligini aytdi.
Fuqaro S. “17-shakl” ma’lumotnomasini tasdiqlatish uchun
XUMSh xodimiga murojaat qilgan vaqtda XUMSh xodimi fuqaro
S.ga Chilonzor tuman Sharq ko’chasi, 8-uy, 12-xonadonning
kommunal to’lovlardan qarzdorligi borligi uchun muhr bosib
bermasligini bildirdi. Mazkur holatdan norozi bo’lgan fuqaro S.
qarzdorligi
bor
xonadonlarga
ma’lumotnomani
tasdiqlab
bermaslikning huquqiy asosini so’raganida XUMSh xodimi yuqoridan
shunday topshiriq berilganligi va XUMSh xodimi Chilonzor tuman
Sharq ko’chasi, 12-xonadon, 8-uy joylashgan mahalla fuqarolari
yig’ini va XUMSh ning o’zaro kelishgan holda tasdiqlangan hujjatini
ko’rsatib asoslaydi.