Mazkur holatga huquqiy baho bering. 23-masala Fuqaro N.Lazizov fuqarolik pasportining amal qilish muddati
tugayotganini anglagan holda Chilonzor tumani IIBning Xorijga
chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limiga murojaat
qildi. Tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib kelgan fuqaro N.Lazizov
pasport olish uchun rasmga tushdi. Bo’limning mas’ul xodimi unga
bir oy ichida yangi pasporti tayyor bo’lishini aytib bu haqida fuqaro
telefon orqali ogohlantirilishini eslatdi. Belgilangan muddatdan bir
hafta o’tgandan so’ng ham pasport tayyor bo’lgani haqida fuqaro
N.Lazizovga hech qanday telefon orqali xabar bo’lmadi. Shundan
so’ng fuqaro tegishli bo’lim mas’ul xodimiga mazkur holat yuzasidan
murojaat qilganda, xodim unga telefon qilingani, ammo telefon xizmat
ko’rsatish doirasidan tashqarida bo’lgani uchun xabarni etkaza
olmagani hamda kech qolgani uchun bir haftadan keyin kelishini
aytdi. Bundan norozi bo’lgan fuqaro N.Lazizov sudga shikoyat qildi.