Mazkur holatga huquqiy baho bering. 25-masala Toshkent moliya institutining 2-bosqich talabasi M.Sobirov
avtotransport vositasida sodir etgan jinoyati tufayli sud hukmiga
binoan, 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tab chiqdi. Shundan
so’ng talaba o’z o’qishini davom ettirish uchun Soliq akademiyasi
rektoriga murojaat qilib qayta tiklashni so’radi. Ta’lim muassasasi
rahbariyatiM.Sobirovning arizasiga javob qaytarar ekan, Soliq
akademiyasi
faqatgina
Soliq
qo’mitasiga tegishli kollejlar
bitiruvchilarini o’qishga qabul qilishini, Moliya instituti o’quv dasturi
bilan akademiya o’quv dasturi bir-biri mos emasligi, shu bilan birga
fuqaroning sudlanganlik holatini ko’rsatib o’tdi. Shundan so’ng fuqaro
M.Sobirov O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul
qilish bo’yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o’qishini
150
ko’chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasiga o’zining Moliya
institutida “Soliqqa tortish” fakultetida o’qiganligi va mutaxassislik
bo’yicha Soliq akademiyasi dasturiga mosligini qayd etgan holda
murojaat qildi.