146
Hududdagi militsiya noziri bundan habar topib, fuqaro R.Samievdan
o’z mashinasini ko’p qavatli avturargohga qo’yishni talab qildi.
Fuqaro R.Samiev esa “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni
ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 9-moddasiga ko’ra,
nogironlarning kirishi va foydalanishi uchun moslashtirilmagan holda
aholi punktlarini loyihalash va qurishga, turar joy dahalarini barpo
etishga, yangi qurilish uchun loyiha echimlarini ishlab chiqishga,
binolar, inshootlar va ularning komplekslarini rekonstruktsiya
qilishga, shuningdek transport vositalarini, umumiy foydalanishdagi
aloqa vositalari va axborot vositalarini yaratish hamda ishlab
chiqarishga yo’l qo’yilmasligini ta’kidlab o’tdi. Militsiya noziri esa
tuman hokimining topshirig’i shunday ekanligini aytib o’tdi. Bundan
norozi bo’lgan fuqaro R.Samiev sudga shikoyat qildi.
Dostları ilə paylaş: