O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat zaxiralarini boshqarish qo’mitasi
Faoliyatining
huquqiy asosi
Faoliyatini tashkil
etish
Hay’at
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2004-yil
9-martdagi
113-sonli qarori
bilan
tasdiqlangan
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
Davlat
zaxiralarini
boshqarish
qo’mitasi
to’g’risida
NIZOM
Qo’mitaga
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti tomonidan
lavozimga
tayinlanadigan va
lavozimidan ozod
etiladigan rais
boshchilik qiladi.
Qo’mita raisining bir
nafar o’rinbosari
bo’ladi belgilangan
tartibda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
lavozimiga
tayinlanadigan va
lavozimidan ozod
qilinadigan.
Qo’mita raisi
mehnatga haq to’lash,
tibbiy va maishiy
xizmat ko’rsatish
shart-sharoitlariga
ko’ra vazirning
birinchi o’rinbosariga,
rais o’rinbosari esa
vazir o’rinbosariga
Qo’mitada rais (hay’at
raisi), uning
o’rinbosari, shuningdek
Qo’mita faoliyatining
asosiy yo’nalishlarini
muvofiqlashtiruvchi
tarkibiy bo’linmalari
rahbarlaridan iborat
tarkibda hay’at tashkil
etiladi.
Hay’atning a’zolari
soni va shaxsiy tarkibi
Qo’mita raisining
taqdimnomasiga binoan
O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
42
tenglashtiriladi.
Energetika sohasini ma’muriy-huquqiy tartibga solish qanday?
Energetika sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi
maxsus organ bu O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
hisoblanadi. Ushbu vazirlik O’zbekiston Respublikasi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qarori
bilan tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
TАSHKILIY TUZILMАSI
Qishloq va suv xo’jaligi sohasini ma’muriy tartibga solish
qanday?
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“O’zbekiston
Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli hamda
“O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi faoliyatini tashkil
etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli
qarorlariga muvofiq, Suv xo’jaligi vazirligi va Qishloq xo’jaligi
vazirligi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasining qishloq xo’jaligi vaziri quyidagilar
uchun shaxsan javobgardir:
Energetika vazirligi
Neft mahsulotlariva gazdan
foydalanishni nazorat
qilish inspeksiyasi
Atom energetikasini
rivojlantirish agentligi
Elektr energetikada nazorat
inspeksiyasi
Mahsulotni taqsimlash
to'g'risidagi bitimlarni
amalga oshiruvchi notijorat
tashkilot
43
O’zbekiston
Respublikasining
qonunlari,
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o’z vaqtida va
sifatli bajarilishi;
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar
bajarilishini
tashkil
etish,
Vazirlik
faoliyatini
rejalashtirish,
shuningdek, uning faoliyati bilan bog’liq prognoz ko’rsatkichlariga
erishilishini so’zsiz ta’minlash;
qishloq xo’jaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va qishloq xo’jaligi sohasidagi
muammoli masalalarni hal etish bo’yicha dasturlar, chora-tadbirlar
rejalari, “yo’l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali
amalga oshirish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, Vazirlik xodimlarini
qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish, ular samarali
faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnat
intizomini va qonun hujjatlari talablarini qo’pol ravishda buzgan
xodimlarga nisbatan intizomiy va boshqa turdagi javobgarlik
choralarini ko’rish;
xorijiy mamlakatlarning qishloq xo’jaligi idoralari va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, ilg’or tajribani tizimli
o’rganish va joriy qilish;
qishloq xo’jaligi tashkilotlari va muassasalari faoliyatining
ochiqligini
ta’minlash,
jismoniy
va
yuridik
shaxslarning
murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha ishlarni samarali tashkil etish,
aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqotni yo’lga qo’yish,
fuqarolar shaxsiy qabulini tizimli ravishda o’tkazib borish.
2017-yil 11-may O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasini tashkil
etish to’g’risida”gi farmoniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi
O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining asosiy vazifalari va faoliyat
yo’nalishlari quyidagilar belgilandi:
– o’rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va ulardan
oqilona foydalanishga qaratilgan o’rmon xo’jaligi sohasida yagona
davlat siyosatini yuritish;
44
– o’rmon to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
bo’yicha takliflar ishlab chiqish va ularga rioya etilishini amaliy
nazorat qilish;
– o’rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali
boshqarishni tashkil etish, o’rmon barpo etish, ularni qayta tiklash,
qo’riqlash, muhofaza qilish, o’rmonlardan oqilona va tejamli
foydalanish;
– respublikamizda o’rmonlarni tiklash va ihota o’rmonlarini
ko’paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog’
yonbag’irlari, jarliklar va tashlandiq erlarda eroziyaga qarshi
daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish;
– o’rmon fondini, fauna va florasini o’rganish hamda ularning
qat’iy hisobini yuritish, o’rmon xo’jaligini yuritish amaliyotiga fan
yutuqlari va ilg’or tajribani joriy etish;
– o’rmonlarni yong’inlardan, zararkunanda va kasalliklardan,
noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o’rmon qonunchiligi
buzilishlaridan muhofaza qilish;
– manzarali o’simliklar ko’chatlari va urug’larini sertifikatlash va
standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish hamda joriy
qilishni tashkil etish;
– o’rmon xo’jaliklarida bir-biriga bog’liq bo’lgan xo’jalik
faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish, ko’chat etishtirish, dorivor
o’simliklar
to’plash,
asalarichilik,
baliqchilik,
chorvachilik
mahsulotlarini etishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlash, xalq
iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
– tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish va
ekologik turizmni keng ko’lamda rivojlantirish;
– o’rmon xo’jaligi sohasida o’rta maxsus va oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni
tashkil etish.
2004-yil 8-iyunda donning sifatini, saqlanishini, don va uni qayta
ishlash mahsulotlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish
darajasini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 269-sonli qarori
1
qabul qilinib, unga ko’ra
1
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 yil, 22-23-son, 266-modda.
45
quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat don inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
– don etishtirish, donni qabul qilish va qayta ishlash
korxonalarida don va donni qayta ishlash mahsulotlarining davlat
resurslaridan belgilangan maqsadda oqilona foydalanilishini, ularning
sifatli saqlanishi hamda nobud bo’lishini qisqartirish ta’minlanishi
ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
– don va donni qayta ishlash mahsulotlariga normativ-texnik
hujjatlar hamda texnik shartlar talablariga, shuningdek qabul qilish,
saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning
sifatini sinash metodlariga rioya qilinishini muntazam nazorat qilib
borish;
– don etishtiruvchilarga va donni saqlash hamda qayta ishlash
korxonalariga donni o’rib-yig’ib olish, tozalash, quritish, ishlov
berish, qabul qilish, saqlash va qayta ishlashga oid normativ-
hujjatlarni, ilg’or texnologiyalarni joriy etish masalalari bo’yicha
uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish.
Davlat don inspeksiyasi tizimiga hududiy bo’linmalar, markaziy
va mintaqaviy laboratoriyalar kiradi. Hududiy bo’linmalar, markaziy
va mintaqaviy laboratoriyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan
mustaqildir va bevosita «O’zdavdoninspeksiya»ga hisob berishadi.
Qurilish sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi
“Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF–5392-son Farmoniga muvofiq,
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
negizida O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etildi.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar
sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unum-
dorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish,
resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya samarador
va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoli-
yatiga joriy etish;
46
respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar,
shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining
bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va
tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitor-
ing yuritish;
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari
bo’yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlan-
tirishning uzoq muddatli va o’rta muddatli davlat dasturlarini ishlab
chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va
hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-
qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tar-
moqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran
qo’llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha echimlarini ish-
lab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy
bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish nor-
ma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash,
qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida
standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni
tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o’quv ja-
rayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida,
jumladan chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachi-
lar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga
ko’maklashish.
Dostları ilə paylaş: |