Yuridik kollejlari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/156
tarix02.01.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#47682
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

 
Yodda tuting! 
 

 
O’zbekiston Respublikasida davlat xizmatiga oid qonunchilik  
ahvoli qanday? 
O’zbekiston  Respublikasida  davlat  xizmatini  huquqiy  tartibga 
solish  masalasiga  to’xtaladigan  bo’lsak,  kompleks  ravishda  turli 
qonunchilik  hujjatlari  asosida  tartibga  solinadi.  Jumladan,  davlat 
xizmati sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar O’zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi,  ma’muriy,  moliya,  mehnat  va 
boshqa qonunchilik sohalari bilan huquqiy tartibga solinadi. 
Davlat  xizmatchisi  -  bu  davlat-hokimiyat  vakolati  doirasida  ma'lum  bir 
haq evaziga davlat oldida turgan vazifa va funktsiyalarni amalga oshiruvchi 
shaxsdir. 


29
 
O’zbekiston  Respublikasida  davlat  organlari  va  mansabdor 
shaxslarning 
faoliyatini 
tashkil 
etish 
asoslarini 
O’zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  belgilab  bersa,  uni  amalga  oshirish 
esa davlat xizmati to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari asosida tartibga 
solinadi.  Lekin  shuni  alohida  ta’kidlab  o’tish  lozimki,  hozirgi  kunga 
qadar davlat xizmati to’g’risida alohida qonun qabul qilinmagan.  
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“O’zbekiston 
Respublikasida  kadrlar  siyosati  va  davlat  fuqarolik  xizmati  tizimini 
tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  Farmoni
1
ga 
ko’ra,  “Davlat  fuqarolik  xizmati  to’g’risida”gi  Qonun  qabul 
qilinishi nazarda tutilgan.  
Yuqorida  ko’rsatib  o’tganimizdek,  davlat  xizmatini  tashkil  etish 
asoslarini  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  belgilab 
beradi.  Konstitutsiyani  tahlil  qilish  shuni  ko’rsatadiki,  milliy 
davlatchiligimizni  tashkil  etish  va  rivojlantirishda  “davlat  xizmati 
instituti”  katta ahamiyatga  ega.  Davlat  xizmatini to’g’ri  tashkil qilish 
orqali  o’z  oldimizga  qo’ygan  maqsadlarimizga  erishishimiz  mumkin. 
Chunki  davlat  xizmati  ijtimoiy  muvozanatni,  ichki  va  tashqi 
xavfsizlikni 
hamda 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishda 
barcha 
infrastrukturalarning funksiyalanishini ta’minlashda xizmat qiladi.  
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  bilan  belgilab 
berilgan  asosiy  vazifalarni  bajarishda  davlat  xizmati  katta  rol 
o’ynaydi.  U demokratik  muvozanatni,  huquqiy  davlatning  asosiy 
tamoyillariga 
rioya 
qilinishini 
hamda 
inson 
huquqlari 
va 
erkinliklarining  muhofazasini  ta’minlaydi.  Davlat  xizmati  orqali 
davlat siyosati, olib borilayotgan islohotlar demokratik tarzda hayotga 
tatbiq qilinadi.  
Barcha  davlat  xizmatchilari  o’z  faoliyatlarini  Konstitutsiya  va 
amaldagi  qonunlar  asosida  olib  borish,  Konstitutsiya  va  qonunlardan 
kelib chiqadigan talablarni hayotga tatbiq qilishlari hamda bu sohada 
fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarining  ustunligini 
ta’minlash  maqsadida  tashkil  qilishlari  lozim.  Davlatimiz  oldiga 
qo’yilgan  maqsadlarning  ro’yobga  chiqishi  ko’p  jihatdan  davlat 
organlarini  va  ularning  faoliyatini,  ya’ni  davlat  xizmatini  to’g’ri 
tashkil etishga bog’liqdir.  
                                                        
1
 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019 y., 06/19/5843/3900-son 


30 
Davlat  xizmati  sohasida  yuzaga  keladigan  munosabatlar 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  va  boshqa  davlat  hokimiyati  organlarining 
me’yoriy hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Sohadagi munosabatlar 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin