27
III BOB. DАVLАT XIZMАTI
Davlat xizmati nima?
Davlatning kadrlar siyosati davlat xizmatchilarining o’z xizmat
vazifalarini yuqori darajada bajarishini ta’minlashda ularning faqat
shaxsiy sifatlarigagina tayanib qolmay, balki kadrlarni joy-joyiga
qo’yish, bu borada o’zini o’zi muntazam tartibga soladigan,
rivojlantiradigan mexanizmini takomillashtirishga qaratilishi lozim.
Chunki hozirgi davrda davlat xizmatchilari oldiga ko’plab aniq amaliy
vazifalar qo’yilmoqda va ularning kechiktirmay bajarilishini
ta’minlash mamlakat taqdirida muhim ahamiyatga egadir. Davlat
xizmati samarasini ta’minlashdagi barcha obyektiv va subyektiv
bo’shliqlarni
to’ldirish,
qolaversa,
davlat
xizmatchilarining
professionallik darajasini yanada yuksaltirish uchun mumkin bo’lgan
barcha choralarni qo’llash bugungi kunning muhim talabidir.
Dostları ilə paylaş: