Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə103/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157
Юридик псих. мажмуа

verbal – so’z orqali;

  • noverbal mimika, jestlar, pantomimika ekspressiv harakatlar orqali.

    Muloqotning noverbal turiga tergovchi katta e’tibor qaratishi lozim, chunki so’z bilan ifodalanmagan ko’rsatmalar, mimika, qo’l harakatlari orqali berilishi mumki.
    Muloqotning noverbal turi verbal ma’lumotlarning emosional darajasini oshiradi, ya’ni,
    kerakli bo’lgan operativ ma’lumotlarni tez va yashirincha qo’lga kiritishga imkoniyat yaratadi (ya’ni vaqt tejaladi, vaziyat aniqlashadi);
    muloqotning noverbal turi yo’nalish vazifasini bajaradi (bir tomondan yo’l ko’rsatadi, ikkinchi tomondan yo’ldagi nuhsonlarini belgilab beradi).
    So’roqning natijasi ijobiy bo’lishi uchun tergovchi quydagi sifat va qobiliyatlarga ega bo’lishi lozim:

    • tez muloqotga kirishuvchanligi;

    • ruhiy mustahkamligi;

    • o’zgalarni eshita olishi va ular bilan so’zlasha olishi;

    • odamlarni bilishi;

    • insonning ichki dunyosini o’rganishi;

    • xushmuomila bo’lishi;

    • sezgir – hushyor bo’lishi;

    • toqatli bo’lishi, o’zini tuta bilishi kabilar.

    Aloqa o’rnatishning chuqurligi uning qay darajada amalga oshirilayotganligi bilan bog’liq. Aloqa o’rnatishning 3ta darajasi mavjud:
    1- darajasi aloqaning dinamikasi (tezligi, ohangi, kuchi, nerv tizimining muvozanatligi);
    2- darajasi asoslash (so’roq qiluvchining yoshi, hayotiy tajribasi, intellektini nazarda tutgan holda isbot, dalillarni qo’llash);
    3- darajasi ijtimoiy psixologik munosabatlar (so’roq qilinuvchilarning rolliy mavqyelari, uning mazmuni va qo’yilgan maqsadga erishishi) belgilanadi.
    So’roqqa tayyorgarlik ko’rish
    Tergovchi so’roqqa tayyorgarlik ko’rishdan oldin jinoyat ishi yuzasidan ko’rsatma olinishi kerak bo’lgan shaxslarni va ularni so’roq qilish navbatini belgilab olishi lozim.
    Eng avval ish yuzasidan ko’proq ma’lumot berishi mumkin bo’lgan va tergov natijasidan manfaatdor bo’lmagan shaxs so’roq qilinishi zarur. Chunki uning ma’lumotlari boshqa shaxslarni so’roq qilishda ahamiyatga ega. Shuningdek, tergovchi baxtsiz hodisani o’z ko’zi bilan ko’rgan yoki unda bevosita qatnashgan, shuning­dek, sodir etilgan jinoyat holatlari to’g’risida tergovga muhim ma’lumot berishi mumkin bo’lgan shaxslarni birinchi navbatda so’roq qilishi lozim. Chunonchi, hodisa yoki jinoyat oqibatida og’ir jarohat yetkazilgan yoki boshqa holatlarda hayoti xavf ostida bo’lgan shaxslarni tezda so’roq qilishi, iloji bo’lmagan taqdirda suhbatlashishi (bu haqda shu yerda bo’lgan vrach yoki boshqa shaxslar imzolagan ma’lumotnoma tuziladi) kerak.
    Tergovchi so’roqqa tayyorgarlik ko’rar ekan, jinoyatga oid soha qo’llanmalari va me’yoriy hujjatlarni o’rganishi shart. Masalan, temir yo’l yoki havo transporti falokatlari yuzasidan mas’ul va mansabdor shaxslarni so’roq qilishda shu sohalarga oid faoliyatni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar va texnik adabiyotlarni o’rganish tergovchiga katta imkoniyat yaratadi.

    Yüklə 2,33 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin