Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə155/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157
Юридик псих. мажмуа

Mahkum psixologiyasi:

    • shaxsning umumiy xarakteristikasi;

    • faoliyat, ehtiyoj va motivatsiyalar;

    • shaxsdagi norma va kriminal buzilishlar.

  1. Mahkumdagi psixik jarayonlar va holatlar:

    • bilish jarayonlari;

    • emotsionalirodaviy sohasi;

    • umumiy psixik holatlar.

  1. Mahkumdagi indivudualp-sixologik xususiyatlar:

    • yo‘nalganlik;

    • temperament;

    • xarakter;

    • qobiliyat.

Yuqoridagilar mahkum shaxsiga psixologik yondashishning umumiy ko‘rinishlari hisoblanadi. Bundan tashqari, quyidagi holatlar asosiylari sifatida o‘rganiladi:

  1. Mahkumning shaxsiga ijtimoiy-psixologik yondashish:

    • mahkumning guruh va jamoadagi o‘rni;

    • mahkumning ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi;

    • mahkumni yangi hayotga tayyorlash.

  1. Mahkumni to‘g‘ri yo‘lga solishning asosiy vositalari:

    • muassasa rejimining psixologik xususiyatlari;

    • jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumlarning mehnat faoliyati psixologiyasi; mahkumlarning jazoni ijro etish muassasasidagi siyosiy-tarbiyaviy holati psixologiyasi;

    • mahkumlar bilan shug‘ullanadigan muassasa xodimlarining psixologiyasi va pedagogik jamoa1.

Sanab o‘tilgan jihatlar mahkumlarni hayotga tayyorlashga nisbatan psixologik yondashishning bir tizimi. Davrning o‘zgarishi bilan jinoiy xattiharakat va xulqdagi buzilishlarning yanada xilmaxillanishi bunday muammolarga muttasil e’tibor qaratish zarurligini talab qiladi.
Keyingi bosqich mahkumlarga ta’sir ko‘rsatishga nisbatan pedagogik psixologik vositalarni ishlab chiqishdan avval mahkumlar shaxsini o‘rganishga doir psixologik metodlar tanlash, tatbiq etish va ularning natijalarini olib, tahlilini amalga oshirishdan iborat.

    • Mahkumlarda barcha jabhalar bo‘yicha tarbiyani mujassamlashtirish, faol hayot tarzini shakllantirish, mehnatga, o‘qishga nisbatan munosabatni ijobiy holatga keltirish uchun pedagogik-psixologik vositalar tashkil etilsagina belgilangan maqsadga erishish mumkin bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, tarbiya vositalari, shakllari, uslublari va printsiplari o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqalar barpo etilishi shart.


Ushanov T. K. Pogranichnыye nervnopsixicheskiye rasstroystva. – M., 1987.– S.99.

    • mahkumlarning jazoni ijro etish muassasasidagi siyosiy-tarbiyaviy holati psixologiyasi;

    • mahkumlar bilan shug‘ullanadigan muassasa xodimlarining psixologiyasi va pedagogik jamoa1.

Sanab o‘tilgan jihatlar mahkumlarni hayotga tayyorlashga nisbatan psixologik yondashishning bir tizimi. Davrning o‘zgarishi bilan jinoiy xattiharakat va xulqdagi buzilishlarning yanada xilmaxillanishi bunday muammolarga muttasil e’tibor qaratish zarurligini talab qiladi.
Keyingi bosqich mahkumlarga ta’sir ko‘rsatishga nisbatan pedagogik psixologik vositalarni ishlab chiqishdan avval mahkumlar shaxsini o‘rganishga doir psixologik metodlar tanlash, tatbiq etish va ularning natijalarini olib, tahlilini amalga oshirishdan iborat.
Mahkumlarda barcha jabhalar bo‘yicha tarbiyani mujassamlashtirish, faol hayot tarzini shakllantirish, mehnatga, o‘qishga nisbatan munosabatni ijobiy holatga keltirish uchun pedagogik-psixologik vositalar tashkil etilsagina belgilangan maqsadga erishish mumkin bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, tarbiya vositalari, shakllari, uslublari va printsiplari o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqalar barpo etilishi shart. Pedagogik-psixologik vositalarni qo‘l lash uchun esa quyidagilar zarur:

    • turkumlarda mahkumlar shaxsini o‘rganish borasida yagona dasturning bo‘lishi;

    • mahkum shaxsining sifatlari, xulq-atvori kabi xususiyatlardan kelib chiqqan holda huquqbuzarlarni yagona tasnifga asoslangan guruhlarga ajratish;

    • JIEM xodimlari mahkumlarni tarbiyalash va to‘g‘ri yo‘lga bosh qarish dasturining asl ma’nosini anglatuvchi psixologik-pedagogik uslublarning yagona kompleks ta’siridan foydalanishlari;

    • JIEM bo‘lim va xizmat xodimlari o‘rtasida mahkumlar psixologiyasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni operativ almashishni yo‘lga qo‘yish orqali mahkumlarni axloqan tuzatish dasturiga vaqtida o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish;

    • JIEMdagi tarbiyachilarning o‘zaro ko‘makdosh bo‘lishlari, bir birlarini tushunishlari, hamkorlikda ish yuritishlari hamda topshirilgan vazifalarga doimo printsipial yondashishlariga erishish;

JIEM xodimlari faoliyatining yakdilligini ta’minlash bilan birga, mahkumlarga nisbatan foydalaniladigan yagona pedagogik tartib talab larining ta’sirini oshirish.
Turkumlarda mahkumlar tarbiyasiga kompleks yondashuv deganda ularning ichki dunyosini shakllantirish maqsadida psixologik-pedagogik ta’sir choralar tizimini olib borish tushuniladi. Bunda mustahkam iroda, qiziqish, halol mehnat qilish singari bir qancha ijobiy xususiyatlar mujassamlashadi.
Mahkumlar tarbiyasiga kompleks yondashishda JIEM xodimlaridan chuqur va ilmiy asoslangan hamda yuqori darajali psixologik-pedagogik tayyorgarlik talab etiladi. Ular yagona tartibda uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishlari lozim. Ana shu hujjatlarda tarbiyachining faoliyati natijalari, mutaxassislik malakasini oshirishi, mahorati, mustahkamlik qobiliyatini shakllantirishi va mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga qiziqishlarining ortib borishi kabilar aks ettiriladi.
Psixologiyani yaxshi bilish shaxsga ta’sir ko‘rsatish uslubi sifatida ilmiy yondashuvlarni amalga oshirishga qulay imkoniyat yaratadi. Aksariyat hollarda faoliyatni to‘g‘ri taxmin qilish imkonini beradi.
Ayni vaqtda mahkumlar bilan bo‘ladigan tarbiyaviy jarayonlarni boshqarishni namunali tashkil etish vazifasi dolzarb muammolardan biridir. Uning to‘g‘ri hal etilishi maqsadli, qat’iy, rejaga ega bo‘lgan har bir xodimning faolligiga bog‘liq. Natijalarning ijobiy bo‘lishi esa muhimlik kasb etadi.
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan pedagogik-psixologik jihatdan tarbiyaviy ishlarni olib borishning faol shakllaridan biri tarbiyachilar kengashi hisoblanadi. Uning aniq maqsadga qaratilgan, ko‘p qirrali va unumli ish faoliyati turkumning tarbiyaviy ishlar markaziga ayla nishiga sabab bo‘luvchi shartlardan biri sanaladi.






1 Kerbikov O. V. K voprosu o ponyatii i klassifikasii psixopatii// Problemы sudebnoy psixiatrii. – M., 1971. – S. 918.
Tarbiyaviy jarayonlarning ilmiy asosda tashkil etilishi, JIEM xodim larining o‘zaro hamkorligi, o‘qituvchilar va jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ish olib borishlari zaruratga aylanib qoldi.
Tarbiyachilar kengashi 5–7 kishidan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga turkum boshlig‘i, ishlab chiqarish injeneridan tashqari tegishli umumta’lim maktab o‘qituvchilari, JIEM qism va xizmat xodimlari hamda harbiy bo‘linmalar, jamoatchilik tashkilotlari va mehnat jamoalarining vakillari kiradi. Bular turkum boshlig‘iga mahkumlar tarbiyasini jonlantirishda yaqindan yordam beradilar, yuzaga kelgan muammolarni hal etadilar va hamkorlikda yechim topadilar. Tarbiyachilar kengashi kvartalga mo‘ljal langan rejalar asosida va bu borada to‘plangan malakalarga suyanib ish olib boradilar.
Mahkumlarning axloqan tuzalishidagi samaradorlikni oshirish maqsadida ma’lum bir davrlarda ular shahodatdan o‘tkazib turiladi. Bu esa mahkumlarning tarbiyasida ijobiy ahamiyatga ega. Shahodat ularning mehnat, ushlab turish tartibi va siyosiytarbiyaviy tadbirlarga munosabat larini hisobga olgan holda o‘tkazilishi zarur.
Tarbiyachilar kengashi quyidagi vazifalarni amalga oshirsa mahkumlarni axloqan tuzatishdagi samaradorlikka erishishi mumkin:

    • qonunchilikni mustahkamlash va ichki tartibqoidalarni ushlab turish choratadbirlarini ishlab chiqish;

    • turkumda siyosiytarbiyaviy ishlarning kompleks rejasining bajarilishiga yordam berishi;

    • yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligi va differentsial xususiyatlarini oshirish maqsadida mahkumlarni psixologik jihatdan o‘rganib chiqish hamda axloqan buzuq va jazo muddati davomida muassasa kun tartibiga qasddan rioya qilmaydigan mahkumlar bilan ish olib borish uslubini aniqlashda boshqa xodimlarga yordam berish;

    • mehnat (intizomi) tarbiyasini amalga oshirishda, jamoa va yakka tartibdagi musobaqalarni tashkil etishda JIEM xodimlariga ko‘maklashish;

    • mahkumlarning huquqiy savodxonligiga alohida e’tibor berish va buni tashkillashtirish;

    • mahkumlarga bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish yo‘llarini o‘rgatish;

    • tartibintizomni yaxshilash choralarini qo‘llash;

    • jamoatchilik vakillarini mahkumlarni axloqan tuzatish va tarbiyalash ishlariga jalb qilish.

Ommaviy siyosiytarbiyaviy ishlarda, mahkumlar ichidagi faollarni o‘qitish, huquqbuzarlar ustidan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, shuningdek mahkumlarni tarbiyalash va turkumda ularni shahodat dan o‘tkazish jarayonida tarbiyachilar kengashi bevosita ishtirok etadi. Kengashning faoliyatini nazorat qilish JIEM boshlig‘i yoki uning muovini zimmasiga yuklatiladi.
Amaliyot shundan dalolat beradiki, oxirgi yillarda tarbiyachilar kengashi faoliyatida ma’lum bir tizim vujudga keldi. Jazoni ijro etish muassasalarida tarbiyaviy ishlar va tadbirlarni o‘tkazishda ularning ahamiyati ortib bormoqda. Tarbiyachilar kengashining har bir a’zosi qoidaga ko‘ra, birorta sek tsiyaning rahbarligini olib boradi. Bu esa mahkumlar bilan olib boriladigan aniq tadbirlarni belgilab olishga imkon beradi.
Ijtimoiyma’naviy sohalardagi yangi islohotlar ijtimoiy kafolatlar bilan mustahkamlanadi. Murakkab o‘tish davrida nafaqat fuqarolarimiz, balki jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarning ham jazo muddati davomidagi turmush darajasining keskin yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ijtimoiy himoyalash mexanizmi ishlab chiqilsa, ularning tarbiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Buzg‘unchi g‘oya va mafkuralardan xalos bo‘lish maqsadida mamla katimiz va xalqimiz tarixini o‘rganish, asrlar mobaynida yaratib kelingan ma’naviy qadriyatlardan bahramand bo‘lish, ona tilimizning go‘zalligi va ulug‘vorligini tushunish imkoniyati mahkumlarning o‘zo‘zini tarbiyalash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Mahkumlarda ma’naviy kamolotning yuksalib borishi natijasida hayotiy qadriyatlar, taraqqiyot mazmuni va maqsadlarini, isloh qilish va yangilanishdagi jarayonlarni baholashga yangicha yondashish imkoni vujudga keladi.
Mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari deganda jazoni ijro etuvchi muassasa va organlarda jinoiy jazolardan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan choratadbirlar tushuniladi.
Ta’kidlash joizki, yuqoridagi choralardan birini tanlash jinoiy jazodan ko‘zlangan maqsaddan kelib chiqadi va jazo o‘tashning o‘ziga xos sharoitlarida tarbiyaviy ta’sir choralari to‘g‘ri qo‘shib olib borilishi shart.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin