Yuridik psixologiya


Tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda mahkumlarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə149/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda mahkumlarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish


Inson dunyoga kelgan dastlabki kundan boshlab asosan atrofdagi muhit ta’sirida shakllanib boradi va shu asnoda shaxsiy yo‘nalganlik tarkib topadi. Yo‘nalganlik shaxsning murakkab xususiyatlaridan bo‘lib, insonning faolligi va munosabatlarni tanlash tizimini o‘z ichiga oladi. Talab va ishonch, xulq va odatlar, maqsad va kelajakdagi rejalar – bularning hammasi shaxs yo‘nalishining turli elementlari hisoblanadi. Shaxsning yo‘nal ganligi hayot va faoliyatning har xil muhitida yuzaga keladi, shu bois ma’naviysiyosiy, kasbiy va maishiy turlarga bo‘linadi. Mahkumlar shaxsini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularning yo‘nalganligiga g‘oyasizlik, siyosatga nisbatan e’tiborsizlik, ma’naviy va ijtimoiy tubanlik xosdir. Maishiy yo‘nalganlik esa, yashash davomida moddiy va estetik qarashlar tufayli yuzaga keladi.
Inson o‘z yo‘nalishiga ko‘ra harakat qilayotganida turli holatlarni boshqaradi. Ayrimlari umumjamiyat ta’siri ostida o‘z yo‘nalishini belgilab olsalar, boshqalari qabih niyat bilan maqsadga erishadilar. Mahkumlarning qilmishlarini to‘g‘ri tahlil qilish uchun har birining yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish talab etiladi.
Shaxsning yo‘nalganligi uning yetukligi, qamrovi, harakatchanligi, turg‘unligi, faoliyatining darajasi bo‘yicha baholanadi. Ko‘pgina mah kumlarning yo‘nalganligi jamiyatga qarshi bo‘lib, kriminal tavsifga ega1.
Etuklik darajasi bo‘yicha yo‘nalish deganda, shaxsning hayotda, ja miyatda tutgan o‘rni, g‘oyaviyli darajasi tushuniladi. Shaxs yo‘nalishining keng qamrovliligi uning turli xil intilishlari bilan bog‘liq. Masalan, ayrim odamlar turli sohalarda o‘zlarini sinab ko‘radilar, har xil mehnat faoliyatini yuritib, juda keng qamrovli hayot kechiradilar. Ammo ko‘pchilik faqat bitta kasbiy faoliyat muhiti bilan cheklanadi.
Oldingi jinoiy o‘tmishidan haqiqatan voz kechgan mahkum ozodlikka chiqqandan keyingi hayotida har xil yo‘llarga kirmaslikka ahd qilib, topshirilgan majburiyatlarni sidqidildan bajarib, ishlab chiqarish fao liyatida samarali mehnat qiladi. Ikkilangan yoxud o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay olmagan mahkumlar esa befarq bo‘lib qoladilar, tarbiyaviy ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatadilar.
Mahkumlar faoliyatidagi motivlar shaxs yo‘nalishining muhim tarki biy qismi hisoblanadi. Motiv – inson ongida aks etgan ehtiyoj.
Motiv sifa tida xohish, dunyoqarash, istak, qiziqish hamda ideallar namoyon bo‘lishi mumkin. Inson ehtiyojlari qanchalik keng va turlituman bo‘lsa, motivlari ham shunchalik turg‘un, xilmaxil va ko‘p qirrali bo‘ladi.
Motivlar inson faoliyatini uyg‘unlashtirib va yo‘naltiribgina qolmay, balki uning subyektiv faoliyati va harakatlariga shaxsiy ma’no beradi. Bir xildagi qilmishlarni sodir etgan mahkumlar qaramaqarshi motivlarga ega bo‘lishlari ham mumkin. Shunga ko‘ra ularni baholash ham har xil bo‘lishi lozim2. Mahkumlar shaxsining yo‘nalishida qiziqish, dunyoqarash va ideallar o‘zini tutish motivlari sifatida asosiy o‘rin egallaydi. Mahkumlarning motivlari juda o‘zgaruvchandir. Sud, tergov yoxud jazo muddatini o‘tash davomida ular o‘zgarib turadi. Ularning rivojlanishi bir qator sharoitlar tufayli sodir bo‘ladi. Xususan, siyosiytarbiyaviy ishlar, boshqa mahkum larning malakasi, tarbiyachining ta’siri, shuningdek mahkumning o‘z harakati va qilmishlari ta’sirida yuz beradi. Motivlar dinamikasini tushu nish mahkumlar holati va harakatlarini to‘g‘ri baholash uchun muhim.
Maqsad paydo bo‘lishining ichki manbai motivlar hisoblanadi. Maqsadga esa inson o‘z harakati tufayligina erishadi. Halollik yo‘lini tanlagan mahkumning motiviga javob beruvchi faoliyati uzoq vaqt, oylar, hatto yillar mobaynida davom etishi lozim. Ushbu motivni amalga oshirish uchun esa mahkum jinoiy o‘tmishidan voz kechishi va aybini halol mehnati bilan yuvishi zarur bo‘ladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bitta motivning o‘zi bir necha harakat larda o‘zining maqsadlari bo‘yicha amalga oshishi mumkin. Maqsad va motivlar asosida kelajak rejalari shaxsning yo‘nalishi sifatida shakllanadi. Bunday rejalarga erishish uchun esa odamdan juda katta kuch, energiya talab etiladi, iroda kerak bo‘ladi. Insonda bitta emas, bir necha kelajak rejalari bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil qiladi.
Jinoiy jazoni ijro etish muassasalarida shaxsning kelgusidagi rejalari muammosi katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mahkumlarni to‘g‘ri yo‘lga solish va tarbiyalash jarayoniga to‘siq bo‘luvchi holatlardan biri mahkumlarning o‘z kelajagini tasavvur qila olmasliklaridir.

1 Lukov G. D., Platonov K. K. Psixologiya. – M., 2004. – S. 258259.
2 Leontyev A. N. Potrebnosti, motivы i soznaniye. – M., 2003. – S. 25.
Mahkumlarda o‘z kelajak tizimini qayta qurish va ishlab chiqishda eski va yangi rejalar o‘rtasida kurash yuzaga keladi. Bu kurash davomli hamda azobli bo‘ladi, ammo tarbiyachilar va jamoaning doimiy ta’siri natijasida ancha yengillashadi.
Insonlar birbirlaridan temperamenti bilan ham farq qiladi. Ular o‘z kuchi, tezligi, harakatlarining sur’ati va ritmi, yurishturishi, hissiyotlarga tez yoki sekin berilishi, nutq talaffuzi kabilar bilan ajralib turadilar.
I.P. Pavlovning fikriga ko‘ra, temperament «insonning umumiy tavsifi»
hisoblanadi.
Psixik faoliyat dinamikasi nafaqat temperamentga, balki odamning psixik holati, motivi, ustanovkalariga ham bog‘liqdir. Temperamentning psixologik tavsifi tashqi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni o‘rganish va aniqlash mumkin.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin