Yuridik psixologiya


Mahkumlarni mehnat orqali tarbiyalashning psixologik o‘ziga xosligi



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə147/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Mahkumlarni mehnat orqali tarbiyalashning psixologik o‘ziga xosligi

Hozirgi kunga kelib mahkumlarni tarbiyalash jarayonini yaxshi boshqarish vazifasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Uning to‘g‘ri hal etilishi maqsadli, qat’iy, reja asosida amalga oshirilishiga va har bir xodimning faolligiga bog‘liq. Bu boradagi natijalarning ijobiy bo‘lishi esa butun jazoni ijro etish tizimi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997yil 25apreldagi sakkizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi qabul qilinganligi ayni muddao bo‘ldi.
Jinoyat-ijroiya qonuni:
– jinoiy jazoni, huquqiy ta’sir choralarini ijro etish printsiplari, tartibi va shartlarini;

  • mahkumlarning huquqiy maqomini, mahkumlarni jazoni o‘tashdan ozod qilish, axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qo‘llash tartibini, shu bilan birga ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyatining tartibini;

  • mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi.

Mahkumlarni muassasalarda arzon va malakasiz ishchi kuchi sifatida saqlashdan voz kechish, mahkumlar mehnatini tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalangan holda ixtiyoriylik printsipini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Mehnat ozodlikda mahkumlarning halol yashash muammosi hal etilishiga ko‘maklashishi kerak. Bu esa mahkumlarda mehnatga ongli munosabatni yuzaga keltiradi. Asosiy e’tiborni ularning mehnat bilan shug‘ullanish doirasini kengaytirishga qaratish kerak.
Muassasalarning moddiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun mahkumlarni ish bilan ta’minlash jamg‘armalarini tashkil etish zarur.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligida tarbiyaviy ta’sir choralarining quyidagi turlari ko‘rsatib o‘tilgan:

  • mahkumlarga mehnat orqali ta’sir etish;

  • umumiy va hunar ta’limi, kasbiy tayyorgarlikni oshirish orqali ta’sir etish;

  • jamoat orqali ta’sir etish.

Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiyfoydali faoliyat bilan shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat.
Mahkumlar jinsi, yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosini inobatga olgan holda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan, JIKda nazarda tutilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi.
Shundan mahkumlarni jismoniy mehnat orqali to‘g‘ri yo‘lga solishning psixologik jihatlarini ko‘rish mumkin. Mehnat orqali ta’sir etish ularni axloqan tuzatishdagi asosiy vositalardan biridir. Hozirgi kunda mehnat jinoiy jazolarning ko‘plab turlarini o‘tashda muhim o‘rin egallab kelmoqda.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida ish bilan band bo‘lmagan mahkumlar sonining ko‘payishi muassasalardagi holatni keskinlashtiradi. Shu munosabat bilan, hozirgi kunda jazoni ijro etish muassasalarining ayrimlarida (muassasaning iqtisodiy sharoiti, mehnat uchun xom ashyo yetkazib berilishiga qarab) sakkiz soatdan iborat ikki yoki uch smenali mehnat kuni tashkil etilgan.
Mahkumlarning mehnati O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Uni to‘g‘ri tashkil qilish mahkumning ongida ijobiy xislatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Jazoni ijro etish muassasasida ijtimoiy foydali mehnat mahkumlarni axloqan tuzatishda muhim omil sanaladi. Mahkumlarni mehnatga jalb etish va ularning ishga nisbatan munosabatlari quyidagi obyektiv omillar bilan bog‘liq:

  • jalb etilayotgan mehnat chuqur ijtimoiy mazmunga ega bo‘lishi kerak;

  • mahkumlarning mehnati umumjamiyat mehnatidan boshqacha bo‘lishi mumkin emas;

  • mahkumlarning majburiy mehnatga jalb etilmasligi.

Mahkumlarning ijtimoiyfoydali mehnatiga ularni axloqan tuzatishning asosiy vositasi sifatida qaraladi. Biroq avvallari amaliyot va nazariyada uning o‘rni ko‘pincha oshirib yuborilardi: mehnatga mahkumlarni to‘g‘ri yo‘lga solish jarayonining asosi sifatida qaralar, axloq tuzatish mehnat muassasalari esa (ilgari shunday atalgan) davlat rejasini bajarishi va foyda keltirishi shart bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari hisoblanardi.
Hozirgi kunda ham mehnat jazoni ijro etish siyosati va qonunchiligida jinoiy jazolarning ko‘plab turlarini o‘tashda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Bu, ayniqsa, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan mahkum larga tegishli. Chunki ish bilan band bo‘lmagan mahkumlar sonining oshi shi jazoni ijro etish joylaridagi jinoiy holatni keskinlashtiradi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin