Yuridik psixologiya


Advokatning muomala faoliyatida ikki omil muhimdir



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə144/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Advokatning muomala faoliyatida ikki omil muhimdir:
A) o’z himoyasidagi shaxs bilan psixologik kontakt o’rnatish;
B) sud hay’ati a’zolari va sud jarayonining boshqa qatnashchilari bilan psixologik aloqa (kontakt) o’rnatish.
Bu o’rinda advokatning sud notig’i sifatidagi qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Himoyada sudlanuvchi va jamiyat manfaatlari mushtarakligini ko’rsatish, mohiyate’tiboriga ko’ra xususiy manfaatni himoya qilish davomida himoyaning ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlash advokat kasbkor madaniyatining muhim ko’rinishlaridandir.
Faoliyati mobaynida o’ziga ma’lum bo’lib qolgan ma’lumotlarni advokat huquqiy yordam ko’rsatishi munosabati bilan yashirish, bekor etishga haqi yo’q. Advokatlar aholi o’rtasida huquqiy qonunchilikning u yoki bu qoidalarini tushuntira borib, fuqarolarning huquqiy ongi shakllanishiga katta hissalarini qo’shadilar, jinoyatlarning oldini olishga yordam beradilar.
Jinoyatchilikka qarshi kurashning oldingi marrasida bo’lgan jinoyat qidiruv bo’limi tezkor xodimining faoliyati qotillik, o’g’irlik, bosqinchilik, talonchilik kabi jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish, tergov qilishdan iboratdir. Uning faoliyati favqulodda vaziyatlarda, asabiy holatlarda kechishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun jinoyat qidiruv bo’linmasidagi xodimning ish faoliyati kuchli xotirani, sir boy bermaslik, o’zini tuta bilish, tez va sovuqqonlik bilan qaror chiqarish, o’ta hushyorlik va qat’iyatni talab etadi.
Jinoyat qidiruv bo’linmasi xodimlarining turlitumaan faoliyatlari ikki yo’nalishda amalga oshadi.
Birinchidan, tergovchi bilan birga jinoyat qidiruv bo’linmasining xodimi voqyea yuz bergan joyga chiqadi, ko’zdan kechirish, tintuv qilish va boshqa tergov jarayonlarida qatnashadi.
Ikkinchidan, jinoyat qidiruv bo’linmasi xodimi kasbkoriga oid metod va usullarni qo’llab, raqiblarning g’arazli niyatlarini bilib olish va ularni ro’yobga chiqarmaslikni ta’minlash choratadbirlarini ko’radi. Bunday hollarda jinoyat qidiruv bo’linmasi xodimi maxsus usullar yordamida xavfli jinoyatchilar, ularning turar joylari, aloqalari, maqsadlari haqida zarur axborotlarni olishga to’g’ri keladi. Ko’pchilik hollarda bunday faoliyatning natijasi sifatida jinoyatchilar daliliy ashyolar bilan to’satdan qo’lga tushiriladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin