Yuridik psixologiya


Sudyaning faoliyati esa nihoyatda murakkab, turfa xil bo’lib, ushbu kasb sohiblaridan maxsus fazilatlar va malakani talab qiladi



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə140/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Sudyaning faoliyati esa nihoyatda murakkab, turfa xil bo’lib, ushbu kasb sohiblaridan maxsus fazilatlar va malakani talab qiladi. Uning kasbga oid faoliyati qonun bilan aniq va ravshan belgilab qo’yilgan.
Sudya farmon berish vakolatlariga ega, ularni davlat nomidan qo’llaydi, bu esa o’z xatti-harakatlari uchun yuksak professional mas’uliyat hissini talab qiladi. Sud ishlari hajmi va mohiyatiga ko’ra rangbarangdir.
Sudya ishining keng qamrovliligi yuqori darajadagi umumiy va huquqiy topqirlik, bilimdonlikni, xilmaxil vaziyatlarda to’g’ri qaror chiqara bilishni taqozo etadi.
Sudyaning asosiy vazifasi dalillarni chuqur va har tomonlama o’rganish hamda tegishli qonunchilik me’yorlari doirasida muayyan ish bo’yicha adolatli sud hukmi yoki qarorini chiqarishdan iboratdir.
Sudyalar jamoatchilik fikriga quyidagicha ta’sir o’tkazadilar:
1.Fuqarolarda huquqiy ongni shakllantiradilar.
2.Jinoiy ishni ko’rib chiqish jarayonida jazoning muqarrarligiga oid ijtimoiy psixologik tushunchani rivojlantiradilar.
3.Sud jarayonining yuqori saviyada o’tishi jinoyatchi va uning sheriklariga nisbatan axloqiy, ma’naviy qoralash muhitini yaratadi.
4.Sud jarayoni jamoatchilikda jinoyatni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlarni bilish xohishini vujudga keltiradi.
Sudyaning xulqatvori, sud zalida yig’ilganlarda hurmatehtirom uyg’otishi, uning murakkab vazifasi, odamlar taqdirini hal etish borasidagi huquqi, qobiliyati, malakasiga zarracha shubha tug’dirmasligi zarur.
Sudya shaxsining muloqotga kirishish, jamoatchilik fikrini shakllantirishga oid kasbiy xususiyatlari ana shu fazilatlarni namoyon eta bilishida ko’zga tashlanadi.
Sudya shaxsi, o’z qiyofasi bilan ushbu ishning barcha tomonlarini miridansirigacha o’rganish istagini namoyon eta bilishi lozim. Bu esa aynan mana shu sudyaga va umuman adolatli sudga nisbatan ehtirom uyg’otadi, jarayonning barcha qatnashchilarida faktlar, o’z nuqtai nazarlari, u yoki bu tafsilotlarni qanday idrok etishlarini to’lato’kis va mufassal bayon etishga rag’bat yaratadi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin