Yuridik psixologiya


Tergov ishi mutaxassisda quyidagi sifatlar bo’lishi maqsadga muvofiq



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə139/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Tergov ishi mutaxassisda quyidagi sifatlar bo’lishi maqsadga muvofiq:

  1. Jinoiy ishni lozim, kerakli tartibda, maqsadga muvofiq tarzda tergov qilish, tizimli tarzda olib borish uchun faoliyatni uyushtira bilish, tinimsiz izlanish, qat’iyatlilik zarur.

  2. Jinoiy ish tergovi jarayonida unga rahbarlik qilish uchun mas’uliyat, talabchanlik, topqirlik, sir saqlay bilish talab etiladi.

  3. Hamkasblar va rahbariyat bilan munosabatda o’zini tuta bilish, o’ziga tanqidiy nuqtai nazarda qarash, intizomlilik hamda qadrini bilish muhimdir.

Tasavvur kabi fikrlash ham tergovning boshidan oxirigacha davom etadigan jarayondir. Har qanday fikrlash ikki zarur shartni: bilish va bilimni faoliyatda qo’llashni taqozo etadi. Qonunni yaxshi bilish, biroq uni amaliyotda qo’llay olmaslik, kriminalistikadan boxabar bo’lish, biroq jinoyatchini tergov qila olmaslik ehtimoli ham mavjud.
Turli faoliyatlarning uyg’unlashuvi va fikrlash, mulohaza yuritish orqali jinoyat, qonunbuzarlikning sabablarini topish hamda isbotlash mumkin. Kriminalistik taxminni tergov ishi mobaynida tekshirish psixologik jihatdan ancha qiyin.
Bunday tekshirishda «o’zini tasdiqlash mexanizmi» ishga tushib ketishi mumkin. Buning natijasida subyekt faqat o’zi ilgari surgan versiyani tasdiqlovchi ma’lumotlarni haqqoniy deb hisoblaydi, bu taxminga zid ma’lumotlar esa soxta deb qabul qilinadi.
Ish bo’yicha farazni tanlash va baholashga «o’zini tasdiqlash mexanizmi» bilan birga psixologik inversiya ham ta’sir o’tkazadi, bu ta’sir oqibatida tergovchi versiyalardan birini maqsadga muvofiq deb topadi. Psixologik inversiya masalani yechish jarayonida muayyan bir metod yoki obrazga moyillik demakdir.
Tergovchi shaxsi murakkab va serqirradir. Tergovchining muayyan ijtimoiy rolni egallaganligi, ishida ko’pincha emosional tazyiqlarga uchrashi, ba’zan unga turlituman salbiy hissiyotlarhayiqish, achinish, qo’rquv, nafrat, g’azab ta’sir etib turishi undan muayyan jismoniy va psixologik, irodaviy zo’r berishni talab qiladi. O’z xizmat burchi taqozosiga ko’ra u bunday hissiyotlarni jilovlashi, yengishi lozim. Yuqoridagi emosiyalar ta’sirida vujudga keladigan asabiylashishni bartaraf etish uchun ijobiy taassurotlar zarur. O’z mehnatidan qoniqish, jamiyat va odamlarga foydasi tegayotganligini anglash hissi shu jumladandir.
Qariyb har bir ish yuzasidan tergovchi bir paytning o’zida sodir etilgan jinoyatning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlovchi kriminolog va sosiolog funksiyalarini bajaradi. Shu bilan birga u jinoyat sodir etgan shaxsga tarbiyaviy ta’sir o’tkazuvchi pedagog sifatida ish ko’radi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin