15- MAVZU: SUDYA, DAVLAT PROKUROR (AYBLOVCHISI) VA ADVOKATNING KASBIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (2 SOAT) 1.Sudya, prokuror va advokatlar faoliyatidagi mukammallik, bilimdonlik, kasbiy mahorat, ko’nikma va sezgirlik jarayonlari. 2.Sudya, prokuror, advokatlarning shaxsiy sifatlari va ular fikrining muhimligi. 3.Sudya va xalq maslaxatchilari o’rtasidagi munosabat psixologiyasi prokurorning ayblov va advokatning oqlov nutqlarining psixologik xususiyatlari. Yurist, huquqshunos mehnatining yuksak samaradorligida shaxs sifatidagi fazilatlarning ushbu kasb talablariga javob berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunoslik faoliyatining asosiy jihatlarini, shuningdek, unda ko’zga tashlanadigan insoniy sifatlarni kompleks, majmuaviy tarzda aks ettiruvchi huquqshunoslik professiogrammalarini yaratish ushbu faoliyat psixologik tahlilining asosiy talablaridan biridir.
Professiogramma quyidagi jihatlarni qamrab olishi lozim: Ijtimoiy faoliyat.
Surishtiruv faoliyati.
Rekonstruktiv faoliyat.
Kommunikativ (aloqaga kirishish) faoliyati.
Tashkiliy faoliyat.
Dalillash faoliyati.
O’zlariga topshirilgan hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashning tashkilotchilari bo’lgan tergovchi, tezkor xodim, axloq tuzatish muassasasi tarbiyachisi, profilaktika noziri va prokuror faoliyati o’zaro bog’liq holda olib boriladi, amalga oshiriladi.
Bu faoliyat jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ishlab chiqish, huquqiy targ’ibot olib borish, jinoyatchi xulqatvorini ijtimoiy me’yorlar talabiga bo’ysundirish, jazoni o’tab qaytganlarni ijtimoiy moslashtirish (readaptasiyalashtirish), huquqbuzarlikka moyilligi bor shaxslarni aniqlab, ularni qayta tarbiyalash maqsadida shaxsga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan psixologik choralar tizimini yaratish singari vazifalarni o’z ichiga oladi.
Surishtiruv faoliyati kasbkorga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan ilk ma’lumotlarni yig’ishni bildiradi.