Yuridik psixologiya


Bu esa patolagik affektni fiziologik affektdan ajratib turuvchi xususiyatlaridan biridir



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə131/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Bu esa patolagik affektni fiziologik affektdan ajratib turuvchi xususiyatlaridan biridir. U chuqur psixik va jismoniy toliqish hollari bilan tavsiflanadi. Qoida bo’yicha bular cheksiz chuqur uyku bilan yoki eshitish sezgilarining yo’qolishi, kuchsizlanishi, atrofdagilarga befarqlik bilan qarshi qurash holatlari bilan yakunlanadi. Mazkur holat shuningdek, ongning chuqur buzilishiga ham olib kelishi kuzatiladi.
3. Affektning sud- psixologik ekspertizasi mazmunidagi masalalari
Yuqorida aytib o’tilgan barcha fikr va mulohazalar qaysi vaziyatlarda ekspertpsixolog tergov jarayenida ishtirok etishi to’grisida boradi.
Shunday qilib, I.A. Kudryavsevning ta’kidlashicha, ayni vazi­yatda ekspertpsixologlarning majburiyati va huquq doirasiga kuyidagilar kiradi:
affektiv portlashning vaziyata, shaxsiyati va fenomenologiyasini baholash;
affektning tashqi namoyon bo’lishida o’ziga xosligi va rivojlanishidagi xususiyatlar asosida yotuvchi psixologik mexanizimlarni o’rnatish;
affektiv sezgining tipik qonuniyatadagi ularning og’ish konstasiyasi, fiziologik emosional holatlari reaksiyalari bilan chegaralovchi affektning tubi;
affektiv chuqurlikka erisha olmagan, emosional reaksiyalar va emosional holati bilan fiziologik affektaning ajralishi.
M.M.Kochenovning fikricha, sud- psixologik ekspertazasining affekti bo’lib quyidagi predmetlar xizmat kiladi:
1. Qonunga qarshi harakatlar qilishga olib keladigan vaziyatning ham obyektiv, ham subyektiv tahlili.
2.Ayblanuvchi щaxs maxsus belgilarining analizi. Buning uchun guvohlarning ko’rsatmalari, ish yoki o’qish joyidan tavsifnoma, tekshiruvchi bilan bo’lgan suhbatning malumotlari, psixologik tekshiruv natijalarining materiallari alohida ahamiyat kasb etadi.
3.Jinoyat sodir etish jarayondagi subyektning psixofiziologik holatining analizi (uyqusizlik, charchash...).
4. Jinoyat sodir etish vaqtidagi subyekt xulqining analizi.
5. Jinoyat sodir etilganidan keyingi kishi xulqining talqini.
6.O’zining qonunga qarshi xatti-harakatlariga nisbatan shaxsnnng keyingi munosabatiga qiyosiy tavsifi.
7.Vaziyatni baholashga to’xtalar ekanmiz, shuni aytib o’tish kerakki, emosiyaning eng asosiy sifatlaridan biribu uning vaziyatga tobeligidir.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin