Yuridik psixologiya


Prokuror fikrlarining aniq va ravshan bo’lishi, daliliy ifodalanishi muhim ahamiyatga ega. Advokatning



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə143/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Prokuror fikrlarining aniq va ravshan bo’lishi, daliliy ifodalanishi muhim ahamiyatga ega.
Advokatning faoliyati ko’p jihatdan uning ijtimoiy-psixologik roliga xos xususiyatlar bilan asoslanadi. Advokatlar fuqarolarga huquqiy yordam ko’rsatishga da’vat etiladilar. Bu ularning professional burchidir. Qonun bo’yicha advokatga sudlanuvchining barcha huquqlari va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatiladi.
Advokatning samarali faoliyati odamlar bilan psixologik muomala o’rnatish, o’z himoyasidagi kishiga shaxs sifatida to’g’ri yondasha bilish, sud, tergovchilar va prokuror bilan tegishli tarzda hamkorlik qila olishiga bog’liq. Buning uchun avvalo advokat tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Sud jarayonida qatnashish uchun tayyorgarlik rejasini tuzish, amaliyotga mos keladigan, professional tajribada orttirilgan metodlar va usullarni qo’llash shu jumladandir. To’g’ri va yuqori malakali himoya aybsiz odam behuda sudga berilishi va hukm qilinishining oldini oladigan kafolat bo’lib hisoblanadi.
Advokatning ishda yutib chiqishi ko’p jihatdan turlituman dalilisbotlar orasidan himoyasidagi shaxsni oqlaydigan yoki aybini yengillashtiradigan holatlarni topa bilishi hamda o’z o’rnida qo’llay olishiga bog’liq. Buning uchun izlanish, ijodiy tafakkur, turli xil ish shart-sharoitlarida to’g’ri yo’lni topish qobiliyati zarur.
Prinsipiallik, halollik, o’z himoyasidagi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga murosasizlik advokat xulqatvorining bosh xususiyatlaridir. U o’z shaxsiy fikriga ega bo’lishi, taassurotlarga berilmasligi, e’tiqodi va nuqtai nazaridan chekinmasligi lozim.
Odatda, advokat jinoiy ishdagi barcha materiallarni o’z himoyasidagi shaxs manfaati nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Himoyachi orqali jamiyat go’yo ayblanuvchiga yordam qo’lini cho’zadi. Jinoyat sodir etgan shaxsning ijobiy fazilatlarini ko’ra olish, uning taqdiri, kelajagi haqida qayg’urish advokat faoliyatining ijtimoiy qirrasini belgilab beradi.
Sudda himoyachining rekonstruktiv faoliyati yetakchi o’rinni egallaydi. Bu esa o’tkir xotirani, chuqur tahliliy va sintetik tafakkurni, keng tasavvurni taqozo etadi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin