Yuridik psixologiya


MAVZU: SUDLANGAN SHAXS PSIXOLOGIYASI VA QAYTA TARBIYALASH (RESOTSIALIZASIYA) MASALASI (2 SOAT)



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə146/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   157
Юридик псих. мажмуа

16 MAVZU: SUDLANGAN SHAXS PSIXOLOGIYASI VA QAYTA TARBIYALASH (RESOTSIALIZASIYA) MASALASI (2 SOAT)
1.Sudlangan mahkum shaxsini o’rganish.
2.Uning sud tomonidan tayinlanadigan jazo chorasiga munosabati.
3.Qayta tarbiyalash va axloq tuzatish faoliyati masalalari.
4.Jinoyatchini qayta tarbiyalash uning shaxsini qayta shakllantirish sifatida.
5.Mahkumni qayta tarbiyalash maqsadida uning shaxsiga ta’sir qiladigan psixologik choralar tizimi.
6.Mahkumning shaxsiy yo’nalishini o’zgartiruvchi choralar.
7.Jinoyatchi shaxsida namunali shaxs stereotipini yaratishga yerishish. Ijtimoiy moslashgan xarakter yegasini shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangidan qabul qilinishi mahkumlarni axloqan tuzatish borasidagi bir qancha to‘g‘ri yo‘nalishlarni belgilab berdi. Ushbu kodeksning 7moddasida mahkumlarni axloqan tuzatish va uning asosiy vositalari batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Mahkumni axloqan tuzatish – unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat.
Ta’kidlab o‘tish joizki, JIKning ijobiy tomonlaridan biri kodeksda «axloqan tuzatish» tushunchasiga normativ ta’rif berilibgina qolmay, uni siyosiylikdan xoli qildi va amalga oshirishni yanada oydinlashtirdi.
Yaqin o‘tmishda ozodlikdan mahrum etish joylaridagi tarbiyaviy ishlar mafkuraviy printsiplar asosida olib borilar edi. Endilikda axloq tuzatish muassasalaridagi tarbiyaviy ishlar va muassasa faoliyatini mafkuradan, siyosatdan xoli qilishga kirishildi. Hozirgi kunda ozodlikdan mahrum etish muassasalarida shaxslarga, avvalambor, inson, mulk, jamiyat, davlat va qonunlarga hurmat ruhini singdirish birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Masalan, mehnat tarbiyasi mahkumlarda mehnatga nisbatan vijdonan, ongli munosabatda bo‘lishni, huquqiy tarbiya esa mahkumlarning qonunlarga ongli ravishda rioya qilishini shakllantirishga qaratilgan. Mahkumlarning tarbiyasida estetik va iqtisodiy tarbiya kabilardan ham foydalaniladi.
Tarbiyaviy ish mahkumlarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratiladi.
JIEMlarda ma’naviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi. Mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar kun tartibida belgilangan vaqtda yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi.
Mahkumlarni tarbiyaviy ishlarga oid tadbirlardagi faol ishtiroki JIEM ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirib borilishi va ularning axloqan tuzalish darajasini aniqlashda e’tiborga olinishi shart.
Tarbiyaviy ish differentsiatsiya asosida, JIEM turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televidenie, kinofilmlardan, kutubxona va boshqa vositalardan foydalaniladi.
Mahkumlarning foydali tashabbusini kuchaytirish, ularning mehnati, maishiy hayoti va bo‘sh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, intizomni va ichki tartibni saqlab turishda JIEM ma’muriyatiga ko‘maklashish maqsadida mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar JIEM ma’muriyati rahbarligi ostida faoliyat olib boradi. Mahkumlarning bunday tashkilotlarga a’zo bo‘lishi ularni mehnatga jalb etishdan ozod etmaydi.
JIEMlarda JIEM boshlig‘ining qarori bilan mahkumlarning jamoa kengashlari tuzilishi mumkin. Ushbu kengashlar qoshida huquqbuzarliklar profilaktikasi va ichki tartib, ishlab chiqarish, ommaviymadaniy, umumiy ta’lim va kasbhunar ta’limi, maishiysanitariya, jismoniy va boshqa tarbiyaviy sektsiyalar faoliyat ko‘rsatadi.
Tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar mahkumlarni tarbiya lashda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishtirok etadilar.
Tarbiyaviy ish differentsiatsiya asosida, muassasa turi, jazo muddati, mahkumni saqlash sharoiti va shaxsning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Hozirgi kunda psixologik-pedagogik tarbiya tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
Shu bois, axloq tuzatish muassasalarining shtatlariga psixolog lavozimlari kiritilgan. Ular mahkumlar shaxsi va guruhini o‘rga nishning psixologik metodlarini, shaxslarga yakka tartibda va differentsiatsiya asosida ta’sir qilish, mahkumlarni jamiyatga qaytarish, ozodlikdan mahrum etish joylarida salbiy hodisalarni oldindan ko‘ra bilish va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etadilar. Shuning dek, ular mahkumlarga psixologik zo‘riqishlar va stressli holatlarni yen gish, o‘zini o‘zi tarbiya qilishni tashkillashtirish hamda ozodlikdagi hayotga qaytishga tayyorlanish uchun yordam beradilar. Bundan tashqari, psixologlar muassasa xodimlari bilan profilaktik ishlarni ham olib boradilar.
Mahkumlarni axloqan tuzatish jarayonining mohiyatini tahlil qilsak, I. Kochetov undagi to‘rtta vazifani ajratib ko‘rsatadi. Bular tiklovchi, kompensatsiyalovchi, stimul beruvchi va to‘g‘ri yo‘lga soluvchi funktsiyalardir1.
Mahkumlarni tarbiyalash jarayonida tiklash vazifasi ularga o‘zlarini yaxshi tomondan namoyon qilish, ya’ni ijobiy xususiyatlarini qayta tiklash uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun xodim mahkumning shaxsini sinchiklab o‘rganishi va uning ilgari mavjudbo‘lgan yoxud keyinchalik yo‘qolgan ijobiy xislatlarini yuzaga chiqarishi lozim. Mahkumlarning bunday ijobiy xususiyatlarini chuqur bilish pedagoglarga ularni tiklash va mustahkamlash uchun kerakli sharoitlarni yaratish imkonini yaratadi
Tarbiyalashning kompensatsiyalovchi vazifasi mahkumlarga o‘z kamchiliklarini ijobiy faoliyatining erishgan yutuqlari bilan o‘rnini qop lash hamda sharoit yaratishlarni ko‘zda tutadi. Shu maqsadda ularning ijobiy sifatlari aniqlanadi, eng yaqqol ko‘ringanlarini yuzaga chiqarib, boshqalar oldida namoyon qilishiga imkoniyat yaratiladi. Mahkumlar axloqini tuzatishning stimulyatsiya qiluvchi vazifasi mahkumning ijobiy sifatlari ko‘rinadigan faoliyatlarini yanada faollashtirishga yordam beradi, salbiy xattiharakatlarini qoralaydi. Masalan, o‘zining yaxshi jihatlarini ko‘rsatgan faol mahkumlarni moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish usullari yordamida amalga oshiriladi.



Kochetov A. I. Sosialnыye aspektы vospitaniya. – Ryazan, 1976. –S.36.
Mahkumni to‘g‘ri yo‘lga solish vazifasi salbiy sifatlarning bartaraf bo‘lishiga yordam beradi. Bu jarayonda balog‘at yoshiga yetmagan huquq buzarlarning jinoyat sodir qilishga undovchi salbiy xususiyatlari kamayib boradi. A.I.Kochetov mahkumlar axloqini tuzatish imkoniyatini aniqlab, uning bosh yo‘nalishini quyidagicha talqin etadi: «Jamoatchilik shaxsning o‘zi tomonidan mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilish va ijobiy sifatlar fondini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi»1. Demak, ijobiy tomonlarning rivojlanishi shaxsning to‘g‘ri yo‘lga kirishdagi ishonchini mustahkamlaydi.
Mahkum bilan tarbiyaviy ish olib borish jarayonida uning kamol topishi uchun ma’naviypsixologik o‘zgarish imkoniyatlari to‘g‘risidagi masala ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Jinoyatchilik tarixiga nazar tashlaganda bunga ko‘proq e’tibor qaratilganligiga guvoh bo‘lish mumkin va uni hal etishning ikki yo‘nalishi yuzaga kelgan. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari jinoyatchining shaxsida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini tan olmaydilar va jinoyatga aloqadorlik uning qismatiga yozilgan, deb o‘ylaydilar. Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari esa buning aksi, ya’ni inson shaxsini cheksiz o‘zgartirish va rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bois mah kumlarni ham to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin, deb fikr bildiradilar.
Jazoni ijro etish muassasasining otryad (guruh) boshliqlari tomonidan tarbiyalash usullarini qo‘llash, mahkumlarni kuzatish, eksperimentlar o‘tkazish, suhbat hamda faoliyatni tahlil qilish bilangina cheklanib qolmasligi kerak.
Xulq-atvorlarni umumlashtirish usuli psixologik yo‘nalishga egadir. Professor K. K. Platonov aytganidek, shaxsning tuzilishi va individual xususiyatlarini o‘rganish vositasida uni psixologik jihatdan o‘rganish mumkin.
Mahkumlarda barcha jabhalar bo‘yicha tarbiyani mujassamlashtirish, faol hayot tarzini shakllantirish, mehnatga hamda o‘qishga munosabatlarini ijobiy holatga keltirish uchun pedagogik faoliyat kompleks ravishda tashkil etilsagina maqsadga erishish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun tarbiya vositalari, shakllari, usul va printsiplari o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqalarning o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. Shu tufayli mahkumlarni axloqan tuzatishda quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

  • otryadlarda mahkumlarning shaxsini o‘rganish borasida yagona dastur mavjud bo‘lishi kerak;

  • mahkum shaxsining sifatlari, xulq-atvori va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mahkumlarni yagona tasnifga asoslangan guruhlarga ajratish;

  • jazoni ijro etish muassasasidagi barcha xizmat xodimlari mahkumlarni axloqan tuzatishda psixologik-pedagogik usullarning yagona kompleksi ta’sirlaridan unumli foydalanishlari;

  • JIEM bo‘lim va xizmat xodimlari o‘rtasida mahkumlar psixologiyasidagi o‘zgarishlarga doir axborotning operativ almashuvini yo‘lga qo‘yish asosida mahkumlarni tarbiyalash dasturiga o‘zgartish hamda tuzatishlar kiritish;

  • JIEMdagi tarbiyachilar o‘rtasida birbirini tushunish, ularning o‘zaro hamkorligi va qo‘llabquvvatlashi hamda topshirilgan vazifalarga printsi pial yondashishlarga erishish;

  • JIEM xodimlari faoliyatining yakdilligini ta’minlash, mahkumlarga nisbatan yagona pedagogik tartib talablarining faol ta’sirini ta’minlash.

Otryadlarda mahkumlarning tarbiyasiga kompleks yondashuv deganda, ularning ichki dunyosini shakllantirish maqsadida ularga psixologik-pedagogik ta’sir choralari tizimini doimiy qo‘llash tushuniladi. Bu esa mahkumlarda mustahkam iroda, qiziqish, halol mehnat qilishga ehtiyoj kabilarni mujassamlashtiradi.
Mahkumlar tarbiyasiga kompleks ravishda yondashish uchun barcha JIEM xodimlaridan chuqur va ilmiy asoslangan, yuqori darajadagi psixologik-pedagogik tayyorgarlik talab etiladi. Ular metodik hujjatlarni yakka tartibda ishlab chiqishlari lozim. Bunday hujjatlarda tarbiyachilar faoliyatining natijalari, ularning mutaxassislik malakasini oshirish mahorati, mustahkamlik qobiliyatini shakllantirish, mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga qiziqishlarining ortib borishi aks ettiriladi.
Mahkumlar psixologiyasini yaqindan bilish, shaxsga ta’sir ko‘rsatish uslubi va ilmiy yondashuvi tarbiyalash jarayonini amalga oshirish, muayyan sharoitlarda esa mahkumlar faoliyatini to‘g‘ri taxmin qilish imkonini beradi.
Hozirgi kunga kelib mahkumlarni tarbiyalash jarayonini yaxshi boshqarish vazifasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Uning to‘g‘ri hal etilishi maqsadli, qat’iy, reja asosida amalga oshirilishiga va har bir xodimning faolligiga






Kochetov A. I. Vospitaniye podrostka. – M., 1972. – S. 180.
Mahkumlar psixologiyasini yaqindan bilish, shaxsga ta’sir ko‘rsatish uslubi va ilmiy yondashuvi tarbiyalash jarayonini amalga oshirish, muayyan sharoitlarda esa mahkumlar faoliyatini to‘g‘ri taxmin qilish imkonini beradi.



Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin