Yuridik psixologiya


Prokuratura xodimlarining faoliyati ham serqirra va mas’uliyatlidir. Prokuror nazoratining quyidagi tarmoqlari mavjud



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə142/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Prokuratura xodimlarining faoliyati ham serqirra va mas’uliyatlidir. Prokuror nazoratining quyidagi tarmoqlari mavjud:
1.Davlat boshqaruvi, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlar ijrosi ustidan nazorat.
2.Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan nazorat.
3.Sudlarda ish ko’rilayotganida qonunlar ijrosi ustidan nazorat.
4.Hibsxonalar, dastlabki qamoqqa olish joylarida, jazoni o’tash va boshqa majburiy turdagi choralarni o’tash joylarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat.
Yuqoridagilardan tashqari, prokuratura boshqa sohalarda qonunlar ijrosini nazorat qilish bilan birga og’ir jinoyatlarni tergov qilish, davlat manfaatlari va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanadi. O’z kundalik faoliyatida prokuror va uning yordamchilari qonunlarni to’lato’kis va chuqur bilish bilan birga ularni amaliyotda to’g’ri qo’llay olishlari lozim. Bu esa prokuratura xodimlaridan yuksak aqlidrok, chuqur salohiyatni talab etadi.
Muayyan bir voqyelikning sabablarini aniqlovchi fikrlash sababiy oqibat deb yuritiladi.
Fikrlashning bu xususiyati aqlidrokning quyidagi sifatlarini taqozo etadi:

  • chuqurlilik yuzadagi ko’zga ko’rinib turgan faktlarning mohiyatini, yuz berayotgan hodisalarning asl mazmunini idrok etish. Voqyeahodisalar va xatti-harakat, xulqatvorning yaqin o’rtada va keyinchalik kutilayotgan bevosita va bilvosita natijalarini ko’ra bilish;

keng qamrovlilikilm va tajribaning turli sohalardagi bilimlarini qo’llab, keng doiradagi savollar va faktlarni qamrab olish;
safarbarlikfikrlashning sermahsulligi, murakkab sharoitlarda, xavfli vaziyatlarda bilimlarini safarbar etish va qo’llay bilish;
tezkorliksharoitni darhol baholab, zarur choralarni ko’rib, masalani o’sha zahoti hal qilish;
mustaqillik maqsad va vazifalarni belgilash, ularni hal etish yo’llarini topish, begonalarning yordamisiz maqsadga erishish;
sobitqadamlik muayyan vazifaning yechimi uchun irodani safarbar etish, bu vazifani uzoq muddat mobaynida idrok etib, rejalashtirib, hal etish yo’lida izlanish;
tanqidiy munosabatvoqyelikka turli nuqtai nazardan yondashish qobiliyati, ko’nikib qolingan tartibga qarama-qarshi bo’lgan holatdagi o’zaro mantiqiy bog’liqlik, aloqadorlikni tan olish, yangi faoliyatni qayta qurish, qarorlarni o’zgartirish.
Prokuror kuchli iroda fazilatiga ega bo’lishi lozim. Uning kasbiga oid faoliyati shaxsiy tashabbusni, qat’iyatni, sobitqadamlilikni, maqsad sari intilishni, tashkilotchilik qobiliyatlarini talab qiladi. Sudda Davlat qoralovchisi sifatida maydonga chiqayotgan prokuror davlat nomidan ayblovni quvvatlar ekan, jamiyat fuqarolarining, jamiyatdagi ko’pchilikning manfaatlarini yoqlaydi. Bu esa jinoiy ishni chuqur va atroflicha tahlil qila olish, adolatli hukm talablarini o’ziga vakolat bergan xalqqa tushunarli tarzda bayon eta bilishni taqozo qiladi.
Sudda jinoiy ish ko’rib chiqilayotganda prokuror fikrining shakllanishi murakkab jarayondir. Bu jarayonga qonunda ko’zda tutilgan huquqiy harakatdagi ma’lumotlardan tashqari boshqa qator omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
Prokuror jinoiy ish qo’zg’atilganidan boshlab, hukm chiqarilgunga qadar ushbu jarayonda ishtirok etadi. Shuning uchun uning fikrmulohazasi hukm qabul qilishda yetakchi rol o’ynaydi, u birinchi bo’lib ayblov fikrini bayon qiladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin