O`SIMLIK POPULYATSIYASINING YOSH TUZULMASINI ANIQLASH
Reja:
1.Kirish
2. Populyatsiya tushunchasi.
3. Populyatsiya strukturasi.
4. Populyatsiyada individlar sonining o’zgarishi.
5. Adabiyotlar
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z – o‘zini o‘limga mahkum etish bilan barobardir», deb tа’kidlaydi.Haqiqatan, biz taraqqiy etayapmiz, lekin tabiat inqirozga yuz tutmoqda.Buning sabablari esa nihoyatda ko‘p va xilma-xildir.Eng asosiylari esa tabiiy ekosistemalarning buzilishi, undagi tirik organizmlar soni-ning kamayib, bа’zilarining esa yo‘qolib borishidir.
Biosferada hayot uchun zarur bo‘lgan biogen elementlarni faqatgina tirik organizmlargina (ular populyatsiyalari) aylantira ola-di, yoki akademik V.I.Vernadskiy tа’biri bilan aytganda «Hayot - bu tirik organizmlarning ishlab chiqarish usulidir».
Shuning uchun tirik organizmlar, ular populyatsiyasini o‘rganish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Buni, ayniqsa, OO‘Yning «Ekologiya va tabiatdan foyda-lanish» ixtisosligi mutaxassislari chuqur o‘rganishlari zarur.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib «Ekologiya va tabiatdan foy-dalanish» tа’lim yo‘nalishi ixtisosligi uchun maxsus fan sifatida Populyatsiyalarni o‘qitish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur fanning maqsadi va vazifalari:
Ekologiyaga ekosistemaviy va populyatsion yondashuv.
Tabiatda modda va energiya almashinuvida populyat-siyalar ahamiyati.
Populyatsiyalar mohiyati. Organizmlar populyatsiyalari-ning struktura va funksional xususiyatlari.
Populyatsiyalar miqdori va zichligini aniqlash va ahamiyati.
Populyatsiyalar taqsimlanish (xorologik) strukturasi va ahamiyati.
Populyatsiyalar yosh, jinsiy va generativ strukturasi.
Populyatsiyalarda ichki munosabatlar.
Populyatsiyalar ishlab chiqarishi va dinamikasi.
Populyatsiyalararo munosabatlarning har xil tiplari va klassifikatsiyasi.
Dostları ilə paylaş: |