Individlar territorial tarqalishining asosiy tiplari Tabiatda uchraydigan ko‘pdan-ko‘p territorial taqsimlanish-dan ular ichida eng asosiysi uch tipga bo‘linadi.
1.Tasodifiy. 2.Tekis. 3.Notekis.
Bu tiplarni bir-biridan ajratish uchun quyidagi modellardan foydalanamiz:
а) b) v)
1-rasm. Individlar territorial taqsimlanishining asosiy tiplari:
a – tasodifiy b- tekis v- notekis
4.3. Populyatsiyada individlar sonining o’zgarishi. Ekologik, asosan ekologo – genetik tadqiqotlar jarayonida populyatsiyada individlar umumiy soni, miqdori qanday degan savol tug‘iladi. Bu savolga mavjud laboratoriya populyatsiyalari uchun javob berish oson. Masalan: bankada yashovchi un mitalari (qo‘ng‘izlari) to‘g‘risida. Tabiiy populyat-siyalar umumiy soni, miqdorini baholash juda ham murakkab, ammo bа’zi hollarda bu mumkin, qaysiki yirik va inson uchun ko‘rinishi sezilarli darajada chegaralangan maydonda to‘plangan organizmlar bo‘lsa. Masalan: Kola yarim orolida yashovchi yovvoyi shimol bug‘ulari qish oxirida, bahorning boshlarida, baland bo‘lma-gan tog‘ tepaliklarida (bu yerda qor qatlami yupqa, lishaynik-lar ochilib qoladi) to‘planadi. Zoologlar samolyot yoki vertolyot-lardan bu to dalarni suratga oladi va surat bo‘yicha sanaydi. Bu usul dast-lab B.Grjimek tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, unga Afrika yovvoyi tabiati tuyoqlilarini «boshma-bosh» sanash imkoniyatini berdi. Bu usul orqali koloniya bo‘umumiy sonini aniqlash mumkin.
Populyatsiyalar yosh tuzilmasini taxlil qilish natijasida uning kelajakdagi sonini bashorat qilish mumkin.Populyatsiya egallab turgan maydonda individlarning joylashishini populyatsiyaning joy (fazoviy) tuzilmasi tavsiflaydi.Populyatsiya ishgol qilgan maydonda individlar bir tekis taqsimlanmagan. Individlarning joyda taqsimlanishi tashqi muhit sharoitlarining xilma-xilligiga va organizmlarning biologik xususiyatlariga bog’liq. Individlarning joyda taqsimlanishi turli-tuman bo’lib, ularni asosan uch tipga ajratish mumkin: 1) Tasodifiy taqsimlanish; 2) Tekis taqsimlanish; 3)Agregasiyali yoki to’p-to’p taqsimlanish. Tasodifiy taqsimlanishda individlar populyatsiya egallagan joyda tasodifiy ravishda, bir joyda zichroq, ikkinchi joyda siyrakroq, uchinchi joyda umuman uchramasligi mumkin.Tashqi muhit sharoitlari o’zgarib turishi kuzatiladigan maydonlarda shunday taqsimlanish kuzatiladi.Tasodifiy taqsimlanish tabiatda nisbatan kamroq uchraydi. Tekis taqsimlanish tabiatda ko’p uchraydi va ko’pchiliq organizmlar populyatsiyasi uchun xos. Individlarning bir-biriga nisbatan joylashishida antogonistik munosabatlar mavjud bo’lgan xollarda tekis taqsimlanish kuzatiladi. Masalan, o’rmonlarda daraxtlarning joylashishi, uz maydonini kuriklaydigan hayvonlarda individlarning joylashishi va h.o. Agregasiyali yoki to’p-to’p taqsimlanishda populyatsiya tarqalgan maydonning ayrim qismlarida individlar to’p-to’p bo’lib joylashadi. Ko’pchiliq vegetativ ko’payadigan o’simliklar, to’da bo’lib yashaydigan xoyvonlar uchun shunday taqsimlanish xos.Har qanday aniq vaziyatda individlarning joyda taqsimlanish tiplari moslashishga qaratilgan, ya’ni mavjud resurslardan to’laroq foydalanishga imkon beradi.
FOYDALANILGANADABIYOTLAR:
1. RafikovА. Geoekologikmuammolar. T. O‘qituvchi. 1997 yil 112-bet. 2.To‘xtaevА. Ekologiya. T. O‘qituvchi nashriyoti. 1998 yil.190-bet. 3.ErgashevА. Umumiy ekologiya OUYu talabalari uchun darslik. T., «O‘zbekiston» 2003 yil. 464 – bet . 4.Otaboev SH., Nabiev M. Inson va biosfera. T. O‘qituvchi 1995 yil. 321 bet. 5.Baratov P. «Tabiatni muhofaza qilish». Toshkent. «O‘qituvchi» nashriyoti.1991-yil.187–bet. 6. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish.1-qism. T. O‘qituvchi.1994 yil.240-bet.