123-MMT: SAFAROVA NASIBA
Mutanosibliklarning tasniflanishi.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari
Iqtisodiy muvozanat tushunchasi
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
diversifikatsiyalash modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirilishi
Umumiqtisodiy va xususiy muvozanatlik.
REJA Milliy iqtisodiyot darajasida to’liq bandlikka erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishish, makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va umuman takror ishlab chiqarish ham iqtisodiyotning barcha darajasida, ya’ni mikro va makroiqtisodiyot darajasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlanib turilishini zarur qilib qo’yadi. Shunday ekan, iqtisodiy muvozanatlik, iqtisodiy o’sish va takror ishlab chiqarish jarayonining eng muhim va asosiy shart-sharoiti bo’lib yuzaga chiqadi.
Milliy iqtisodiyot darajasida to’liq bandlikka erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishish, makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va umuman takror ishlab chiqarish ham iqtisodiyotning barcha darajasida, ya’ni mikro va makroiqtisodiyot darajasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlanib turilishini zarur qilib qo’yadi. Shunday ekan, iqtisodiy muvozanatlik, iqtisodiy o’sish va takror ishlab chiqarish jarayonining eng muhim va asosiy shart-sharoiti bo’lib yuzaga chiqadi.
Birinchi yo’nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga kelish va rivojlantirilishining tarixiy bosqichlari bilan bog’liq bo’lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha etib keladi. Bu yo’nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko’plab model-lari mavjud bo’lib ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan:
1.Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Kene tomonidan XVIII asrda Frantsiya misolida tushuntirilib berilgan.) 2.Oddiy va kengaytirilgan kapitalistik ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. ( XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan.) 3.Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan.) 4.«Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev asos solgan.) 5.Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Keyns siklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko’rsatib bergan.) 6.Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi ikkinchi yo’nalish sobiq sotsialistik lager mamlakatlari iqtisodiy tizimining inqirozga uchrashi oqibatida vujudga keldi.
Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishlik darajasini bildiradi. Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rilgandagina yuzaga chiqadi.
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o’zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo’llarini topish imkonini beradi.
Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo’lishi mumkin. Makroiqtisodiy jarayon g’oyat murakkab va ko’p qirrali bo’lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko’p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!