Yuridik psixologiya


Bu narsa tergovchiga tintuvda to’g’ri qidiruv taktikasini tanlash imkoniyatini beradi



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə98/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Bu narsa tergovchiga tintuvda to’g’ri qidiruv taktikasini tanlash imkoniyatini beradi.
Tintuvning asosiy taktik qoidasi uning qo’qqisdan o’tkazilishi va kutilmaganligidadir. Tintuvni tergovchi tomonidan qo’qqisdan va kutilmaganda amalga oshirilishi jinoyat sodir etgan shaxsni berkinishi, manfaatdor shaxslar tomonidan ashyoviy dalillarni yashirish yoki yo’q qilishiga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun, tintuvga tayyorgarlik ko’rish vaqtida tergovchi uning tasarrufidagi ma’lumotlarga asoslanib tintuv o’tkaziladigan joyga qo’qqisdan, yashirin borishning va u yerga tez, to’siqlarsiz kirishning yo’llarini izlashi kerak. Agar tintuv qilinuvchi shaxs to’sqinlik qilishi yoki qurolli qarshilik ko’rsatishi ehtimol bo’lsa, u holda bunday holatlarni ogohlantirish va oldini olish choratadbirlari ishlab chiqilishi kerak.
Tintuv qilinishi kerak bo’lgan joy va tintuv qilinuvchining shaxsi haqida ma’lumot to’plashda va boshqa tayyorgarlik tadbirlarini o’tkazayotganda ushbu choralar ovoza bo’lmasligi uchun juda ham ehtiyot bo’lish kerak.
Tintuvning muvaffaqiyatli o’tishida tergovchi tomonidan tergov guruhi tarkibi va miqdorini to’g’ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Agar tergov bir necha joyda, katta yer maydonida o’tkazilishi kerak bo’lsa yoki qidiruv ishlari katta hajmda olib borilishi kerak bo’lsa, tergov guruhi tarkibiga tergovchidan tashqari ma’lum bir hududlarda qidiruv ishlari olib boruvchi yana boshqa tergov va tezkor xodimlar ham qo’shilishi mumkin. Tintuv qilinuvchilar tintuv vaqtida ularga qarshilik ko’rsatib dalillarni yo’q qilishga harakat qilish maqsadida ma’lum buyumlarni oynadan tashqariga uloqtirishlari, sheriklariga ba’zi bir yo’llar bilan ogohlantirish belgilari berishlari mumkin bo’lganligi uchun tergov ishiga tintuv qilinayotgan joyni kuzatish va qo’riqlashga javobgar bo’lgan milisiya tezkor xodimlari ham jalb etish mumkin.
Olib qo’yilishi kerak bo’lgan predmetlarning xususiyatlariga asoslanib guruh tarkibiga tegishli mutaxassislar ham qo’shilishi mumkin. Masalan, buxgalteriya hisoboti bo’yicha mutaxassis tergovchiga ko’p sonli hujjatlarning orasidan tergov qilinayotgan jinoyatga tegishlisini tanlab olishga, san’atshunos o’g’irlangan san’at asarlarini topishda yordam berishi mumkin.

Agar tintuv yerida katta hajmdagi texnik ishlarni o’tkazish ko’zda tutilgan bo’lsa (qazish ishlarini o’tkazish va boshqalar), unday vaziyatda ularni bajarish uchun yordamchi xodimlar taklif qilinadi.


Tayyorgalik davomida tergovchi tintuv yerida xolislarning hozir bo’lishini ta’minlashga qaratilgan choralar ko’radi. Xolislar tergov guruhi tintuv yeriga chiqmasdan turib tergov guruhining tarkibida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Tergov yeriga kirib borish ayblanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan qarshilik ko’rsatilishi bilan bog’liq holatlarda bu narsa ayniqsa muhimdir.
Agar, tintuv yerida faqat shubhalanilganni emas, balki boshqa shaxslarni ham tintuv qilish ko’zda tutilgan bo’lsa tergov guruhi tarkibiga tezkor xodimlar va erkak hamda ayol xolislar kiritilishi zarur.
Tintuvga tayyorgarlik mobaynida tergovchi uning tasarrufidagi ilmiytexnik vositalarning to’liqligi va butunligini tekshirishi lozim. Tintuv yerining o’ziga xos xususiyatlari va qidirilayotgan predmetning xarakterini inobatga olgan holda, tergovchi tergov chemodanidagi kriminalistik vositalardan tashqari qidiruv vaqtida qo’l kelishi mumkin bo’lgan qidiruv va boshqa vositalarni tayyorlaydi.
Masalan, murdani topish maqsadida o’tkazilgan tintuvda tergovchi texnik vositalar tarkibiga щup, tral, biologik yemirilishga reaksiya beruvchi, qon izlarini topish uchun kimyoviy reaktiv vositalarni qo’shishi mumkin. Agar tintuv jinoyatning metall qurollarini topish bilan bog’liq bo’lsa, u holda mina qidiruvchi yoki metall qidiruvchi tayyorlanib qo’yilishi zarur.
Birorbir jinoiy ish bo’yicha yagona reja asosida bir vaqtning o’zida bir necha tintuv o’tkazilsa (masalan, davlat mulkini o’marishda birga ishtirok etishgan shaxslarni), sheriklar tintuv haqida birbirlarini ogohlantirmasliklari uchun tergovchi tintuvni bir vaqtda boshlashni, tergov guruhlari o’rtasida tezkor ma’lumotlar almashish vosita va usullarini tayyorlashni ta’minlashi hamda ushbu guruhlar a’zolariga kerakli ko’rsatmalar berishi zarur.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin