Kuchli yorug’lik manbalari (masalan, ro’paradan kelayotgan avtotransport faralari yorug’ligi)ning odamga o’ziga xos ta’sir ko’rsatishi. Shuni nazarda tutish lozimki, bunday kuchli yorug’lik manbaining ta’siri birmuncha vaqt nafaqat ko’rish idrokini qiyinlashtiradi, balki harakat reaksiyasini ham buzadi, ayrim operasiyalarni bajarishda davomiylik hamda to’xtab olishlar miqdorini oshiradi. Ayrim predmetlarni ko’rish orqali idrok qilish bir qator holatlar- da umumiy yoritilganlikdan ham ko’ra, kuzatilayotgan predmet hamda kuzatuvchi joylashgan joyning to’satdan yoritilishiga bog’liqligi juda xarakterlidir. Masalan, odam agar tashqari qorong’i bo’lsa, kam yoritilgan xonadagi barcha predmetlarni deraza oynasi orqali yaxshi ko’rishi mumkin, ochiq quyoshli kunda o’sha deraza oynasi orqali hyech nimani ko’ra olmaydi. Oxirgi holatda xonani ko’rish uchun oynaga juda yaqin kelishi, ko’zini unga taqab qarashi va yon tomondan tushayotgan yorug’likni qo’li bilan to’sib turishi kerak. Amaliyotning ko’rsatishicha, bu holat ba’zan ayblanuvchilar, shuningdek soxta guvohlik beruvchilar tomonidan hisobga olinmaydi. Shuning uchun tergov eksperi- mentini o’tkazish paytida ularning ko’rsatuvlari noto’g’ri ekanligi osongina o’z isbotini topadi.
Shunday qilib, tergov amaliyotida hodisa sodir bo’lgan joyda ko’rsatuvni qayta tiklash hamda tergov eksperimentini o’tkazish paytida tergovchining ham, ayblanuvchi, guvohlar va boshqa shaxslar- ning ham psixologik xususiyatlari katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur prosessual harakat paytida psixologik muammolarni hal etish ko’pincha haqiqatni tiklashga yordam beradi.
Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish tergov harakatini o’tkazishda psixologik bilimlardan foydalanish
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 132-moddasi (Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish uchun asoslar)ga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuv- chilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchi- larning ko’rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bo’lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo’li bilan tekshirib ko’rishga haqlidir.
Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishdan maqsad: ko’rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum, surishtiruvchi, tergov- chi va sudga esa noma’lum bo’lgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, izlar qayerda bo’lganligini ko’rsatib beri- shi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa to’g’risida bergan ko’rsatuvlaridagi o’xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli bo’lgan joy yoki yo’nalishni shaxs ko’rsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo’lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali ko’rsatuvlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlashdan iborat.
Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo’lgan yangi holatlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi. U quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: ko’rsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli bo’lgan narsalarni, hujjatlarni, iz- larni qidirib topadi va ko’rsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday aha- miyati bo’lganligini ko’rsatadi; hodisa sodir bo’lgan joyda sharoit- ning o’zgarganligiga e’tiborni qaratadi; o’zining avvalgi ko’rsatuv- larini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi.
Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap o’rgatishga va ishora qiluvchi savol- lar berishga yo’l qo’yilmaydi.
Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishda bir qator tergov harakatlari mavjud. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’l- gan joyda tekshirish o’zining psixologik tavsifiga ko’ra, o’zida so’roq qilish hamda hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish tergov harakatlarining psixologik o’ziga xosliklarini biriktirib, ularga yaqin turadi.
Ayblanuvchining (yoki boshqa shohidning) jinoyat sodir etilgan joydagi uning voqyealari to’g’risida takroran gapirib berishi, tabiiy- ki, hyech qanday qo’shimcha daliliy kuchga ega emas. Lekin bo’lib o’tgan holat yuzasidan voqyea sodir bo’lgan joyda gapirib berilsa ancha ishonchliroqdir.