Eksperiment – huquqbuzarlikning boshlanishi, uning sodir etilishi yoki hatto idrok qilinishi imkoniyati tekshirilganda sharoit, xatti-harakat va u yoki bu voqyeaning boshqa holatlarini qayta tiklash orqali jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni tekshirish va aniqlashtirish maqsadida o’tkaziladigan tergov harakatidir.
Mohiyatiga ko’ra, bu tajribada tergov qilinayotgan voqyeaning tekshirilayotgan qilmish va shaxsga imkon boricha yaqinlashtirilgan holatini sun’iy qayta tiklashdir; u o’zlarining u yoki bu sifat va xususiyatlarini namoyon qilishi lozim bo’ladigan eksperimentda foydalanilayotgan moddiy obyektlarga ham, sharoitlarga ham daxldordir.
Yuqorida ko’rib chiqilganlarning aksariyati tergov eksperimenti sirasiga ham kiradi. Bunda eng murakkabi ishtirokchilarni tanlash hisoblanadi. Odatda, eksperimentni o’tkazishga juda ko’p shaxslar jalb qilinadi. Eksperimentda tergovchi va xolislardan tashqari, ayblanuvchi (gumon qilinuvchi), jabrlanuvchi, guvoh, turli sohalarning ekspertlari, shuningdek tergovchining yordamchilari hamda u yoki bu tajriba harakatlarini amaliy bajarishga yordam beruvchi texnik xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Idrok qilish ustida o’tkaziladigan eksperimentda psixologik jihat ayniqsa muhimdir, chunki voqyelik hissiy obrazining shakllantirilishi va harakat qilishi jarayoni sifatida idrok qilish funksional, operativ hamda motivasion kabi turli hosilalarning murakkab birikuvidir. Idrok qilish ustida o’tkaziladigan eksperimentlarning natijalari ko’rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning umumiy subyektiv xususiyatlari (imkoniyatlari)ga ham, uning organizmining eksperiment o’tkazish paytidagi psixofiziologik holati- ga ham bog’liq bo’ladi.
Insonning his qilishi qisman tug’ma individual xususiyatlar, qisman esa hayoti, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati jarayonida egallangan bo’ladi. Buning ustiga, bu yerda psixofiziologik me’yor- ning buzilishi (normadan chetga chiqish) ba’zan juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi (masalan, ko’mir qazib olishga ixtisoslashgan konchilar qora rangning yetmishdan ortiq nozik turlarini ajratadilar). Rang ajratish to’qimachilarda, po’lat quyuvchilarda va boshqa mutaxassislarda hayratlanarli darajaga yetadi.
Ma’lumki, 18 % ga yaqin erkaklar rangni his qilish nuqsonidan aziyat chekadilar; ularning aksariyati o’zlarining bu xususiyatidan shubha ham qilmaydilar. So’roq qilish paytida ular ranglarni ajratishda mutlaqo chin yurakdan adashishlari mumkin.
Tergov eksperimentini o’tkazish jarayonida esa ularning ziddiyatli ko’rsatuvlari sababini ancha tez aniqlash va shu yo’l bilan jinoyat ishiga aniqlik kiri- tish mumkin.
Tergov amaliyoti shuni ko’rsatadiki, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar uchun joy (makon)ni idrok qilishni va joyni tasavvur qilishni eksperiment orqali tekshirish ancha murakkabdir. Bu turdagi eksperimentlarning murakkabligiga, ko’pincha, ularning psixofiziologik holati emas, balki bir qator shaxslarda joy (makon)ni idrok qilishning tug’ma yoki irsiy yuzaga kelgan tabiati sabab bo’ladi.
Joy (makon) munosabatlarini idrok qilishning psixofiziologik mexanizmi inson organizmining tashqi va ichki muhitidagi turli analizatorlarning o’zaro harakati hosil qiladigan tizimdan iborat. Joy belgilarining obyektiv xususiyatiga qarab (ko’lami, tomonlari, katta-kichikligi, shakli, joylashuvi va h.k.), ularni idrok qilishda har birining faoliyati doimo boshqasining faoliyatiga nisbiy bo’lgan (nisbat berib aniqlanadigan) turli analizatorlar ishtirok etadi. Joy belgilari va munosabatlarini idrok qilishda ko’rish, eshitish, hid bilish hamda boshqa sezgi organlari ham ishtirok etadi.
Makonni (ko’rish, eshitish, hid bilish, his qilish va boshqalar orqali) idrok qilishning muhim xususiyati – bir nomdagi juft reseptorlarning birgalikdagi harakati jarayonida vujudga keladi- gan qo’shaloq (binar) taassurotdir. Ma’lumki, obyektlarni makonda idrok qilish, masalan, odamning ikki ko’zi ishtirok etganidan bir ko’z bilan ko’rgani ancha farqlanadi. Bu nafaqat ko’rish qobiliyatiga, balki barcha boshqa juft reseptorlar faoliyatiga ham daxldordir.
Makonda eshitish orqali mo’ljal olishni o’rganish shuni ko’rsatadiki, u ham har ikkala eshitish organlarining muayyan tarzda birgalikdagi harakati bilan bog’liqdir. Psixofiziologlar tomonidan hid bilish va uning makonda farqlanib turuvchi funksiyalarini o’rganishda ham xuddi shunday holat aniqlangan. Binar taassurotlar, shuningdek kinesteziya, tayanch-harakat apparatlari, his qilish organlari, taktil sezuvchanlik va tananing boshqa qismlarida ham aniqlangan.
Shuningdek, nafaqat makonni, balki zamonni idrok qilish ham tizimli ekanligini nazarda tutish lozim. Xuddi makon kabi, u ham turli analizatorlar jamuljami bilan birgalikda idrok qilinadi. Aynan shu tergovchining zimmasiga ayblanuvchining makon va zamon haqidagi tasavvurlarini baholashda, shuningdek uning ko’rsatuvlarini eksperiment orqali tekshirishda nafaqat ko’rish yoki eshitish qobiliyatini, balki barcha sezgi organlarining holatini hisobga olishni yuklaydi.
Tergov harakatlarini o’tkazish ayblanuvchini uning natijasida jinoyat sodir etilgan paytdagi o’sha harakatlar, sharoit hamda u orqali jinoyat sodir etilgan vositalar (asboblar, moslamalar va boshq.)ni qayta tiklash zaruratiga ichki ishonch hosil qilishi mumkin bo’lgan psixologik jihatdan puxta tayyorlashni talab etadi.
Tajriba harakatlarini o’tkazishdan avval o’rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko’rsatuv yoki tusmollarga to’la muvofiq holda tiklangan bo’lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o’zi qatnashgan yoki shohid bo’lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o’t- kazadi, shu maqsadda o’lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.
Eksperiment o’tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o’xshash bo’lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o’tkaziladi. Tajribalarning sharoitlari o’zgartirilishi mumkin.