Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 222 XX asr o’zbek madaniyati va san’atining rivojlanishi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#123880
növüИсследование
Axmedova Gòzal Abduvalievna



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
222 
XX ASR O’ZBEK MADANIYATI VA SAN’ATINING RIVOJLANISHI 
 
Axmedova Gòzal Abduvalievna
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 
 1-maktab tarix fani o'qituvchisi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr madaniy hayoti aks ettirilgan boʻlib uni qisman 
boʻlsada tahlil qilishga harakat qilamiz.
Kalit soʻzlar: Madaniyat , maʼnaviyat , axloq estetika, sanʼat , obrazlar.
 
XX asr oʻzbek madaniyati va sanʼatida uning rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, ijro etgan 
rollari, yaratgan obrazlari bilan xalqimizning koʻnglidan joy olgan, oʻz ovozi, uslubiga ega 
boʻlgan atoqli sanʼatkorlarning nomi talaygina. Lutfixonim Sarimsoqova (1896 yil, 8 may, 
Fargʻona), Gʻani Aʼzamov (1909 yil, 9 may, Toshkent), Abbos Bakirov (1910 yil, 16 may, 
Andijon), Qudrat Xoʻjayev (1911 yil, 5 may, Toshkent), Mukarrama Turgʻunboyeva (1913 
yil, 31 may, Fargʻona)… Taqdirni qarang-ki, yuqorida nomlari zikr etilgan sanʼatkorlarning 
beshalasi ham oʻzbek, ayni chogʻda jahon madaniyati va sanʼatida oʻchmas iz qoldirgan 
noyob isteʼdod egalari boʻlib, ularning barchasi may oyida tavallud topgan ekanlar. Bu 
ulkan sanʼatkorlarning nomlarini tilga olishimiz hamono ijro etgan rollari, yaratgan 
obrazlari, qahramonlarining yorqin qiyofalari koʻz oʻngimizda gavdalanadi. 
Oʻzbek teatr sanʼati tarixida onalar timsoliga aylangan, minglab, millionlab 
tomoshabinlarning mehr-muhabbatini qozongan va xalq eʼzoziga sazovor boʻlgan aktrisalar 
nomini koʻpchiligimiz yaxshi bilamiz. Zaynab Sadriyeva timsolidagi ona qattiqqoʻl, 
haqiqatgoʻy, choʻrtkesari; Maryam Yoqubova timsolidagi ona biroz kibrli, hukmfarmo, 
maqtanishni yoqtiradigan, oʻziga oro beradigan; Muhabbat Yoʻldosheva ijrosidagi ona 
magʻrur va jasur; Manzura Hamidova yaratgan ona timsoli esa nihoyatda kamtarin va 
koʻngilchan… Xullas, bularning barida oʻzbek onalariga xos boʻlgan xarakter, ularning ichki 
olami, mehribonligi, ruhiyati rang-barang qiyofalarda aks etadi. Biroq Lutfixonim 
Sarimsoqova timsolidagi ona obrazi boshqa obrazlardan tubdan farq qiladi. U – jaydari, 
sodda, mehribon va oʻta gʻamxoʻr. “Sen yetim emassan”, “Mahallada duv-duv gap” 
filmlaridagi onalarni yodga olaylik. Boshqalarini sanamaganda ham ana shu ikki filmdagi 
ona obrazlari Lutfixonimni elning “aya”siga aylantirib yuborgan edi. Vaholanki, “aya” faqat 
ijobiy rollarning emas, salbiy rollarning ham mohir ijrochisi edi. Baʼzi sanʼatkorlar ijodida 
shunday hollarni kuzatish mumkinki, ular yo salbiy yo ijobiy rolni mahorat bilan ijro eta 
oladilar. Lutfixonim har ikkalasida ham oʻz mahoratini namoyon eta oladigan sanʼatkor edi. 
Xurshidning “Farhod va Shirin” asarida ijro etgan Yosuman rolini yodga olaylik. Aktrisa 
Yosuman kampirning ham tashqi ham ichki olamini imo-ishoralar, qiliqlar, hatti-harakatlar 
orqali ochib berolganining oʻzi uning yorqin isteʼdodidan dalolat beradi. Yoxud “Farzandlar” 
badiiy filmidagi “Menga bir piyola suv beringlar”, deya zorlanadigan telba ona obrazini koʻz 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
223 
oldimizga keltiraylik. Bir-biridan farq qiluvchi bu rollar Lutfixonim Sarimsoqova talqinida 
oʻziga xos uslubda namoyon boʻldi. U insonning psixologiyasi, ruhiy olamini ochib bera 
olardi. Bir holatdan boshqasiga kira oladigan, inson ruhiyatidagi evrilishlarni maʼlum bir 
daqiqalarda namoyon eta oladigan, qahramonining xarakterini toʻla ochib beradigan 
aktrisa edi. Iztirobni, qaygʻuni, alamni, kezi kelganda, qahrini ham baralla ifoda etish 
qudratiga ega edi… 
XX asr boshida vujudga kelgan badiiy avangardning bir yo‘nalishi 
Ekspressionizmdir. U ekspressiya so‘zidan olingan bo‘lib, ta’sirchanlik, hayajonlilik
ma’nosini bildiradi. Bu yo‘nalish san’atkorlarni qurshab olgan voqelik xususida o‘z
hissiyotlari, fikrlarini ifodalashdir.Ekspressionizmning muhim, ajralib turuvchi xususiyati - 
badiiy usullarning muayyan tizimida faoliyat yuritish emas, balki hozirgi dunyodagi inson 
ahvolini mumkin qadar hayajonli, dramatik ko‘rinishlarda tasvirlashdan iboratdir. Ularning 
fikricha, hozirgi ijtimoiy tizimlar mazmunan va mohiyatan insonga ziddir. Ijtimoiy tizim,
davlat, iqtisodiyot,sotsial institutlar o‘z qonunlari bilan yashaydi. Ularda inson
individig,g‘amxo‘rlik qilishga imkoniyat yetishmaydi. Ular ijodiyoti uchun ofat keltiruvchi 
ijtimoiy fojialar, falokat manbayi – jahon urushlari, totalitar rejimlar, ekologik ofatlarni his 
etish ko‘proq xosdir. Avangard yo‘nalishining yana bir turi bu syurrealizmdir. U fransuzcha 
termin bo‘lib, o‘ta realizm ma’nosidadir. U XX asrning 20-yillarida Fransiyada shakllandi. Bu 
oqim rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino sohalarida ko‘proq o‘rin oldi. Syurrealizm 
fransuz rassomi Salvador Dali va boshqalarning ijodida yaqqol ko‘rinadi. Jumladan,
Pikasso ijodida odamlar hayotining turli jihatlari «o‘ta real» tarzda haqqoniy
ifodalanganligini kuzatish mumkin. Rassomning «Sharq qizi» (1905) asari buning ayni 
isbotidir. Syurrealizm tarafdorlari ijodida asl manzara, borliqni ko‘proq o‘ziga mos talqinda 
aks ettirishga intilish ustuvordir. Syurrealizm tarafdorlari talqinicha, san’atkor o‘z ijodida ruh 
erkinligini amalga oshirish sari doimiy intilishikerak bo‘ladi. Syurrealistlar san’atkor
erkinligiga har xil andozalar va badiiy shart-talablar halaqit beradi, deb hisoblab, sahna
asarlarida kadrlarning bir-biri bilan mantiqsiz bog‘lanishini, aql-zakovatdan chetga 
chiqishni «haqiqiy reallik» sifatida tan oladilar. Ularning ijodi samara bermadi. San’atda XX 
asrning birinchi choragida vujudga kelgan yana bir yangi oqim – bu kubizmdir (kub so‘zidan 
kelib chiqqan). Bu oqim realizmga qarama-qarshi o‘laroq borliqni ko‘proq geometrik hajm 
(kub, shar, silindr,konus) shakllarda tasvirlashga intiladi. Bu oqimning yaratilishiga
kattata’sir ko‘rsatgan Pikasso ijodida kubizmning hissiy obrazli xususiyatlari ko‘zga 
tashlanadi. Realist rassomlar kubizm ta’sirini yengib o‘tdi.
XX asr 70-yillarida yana bir oqim – Postmodernizm vujudga keldi. U modernizmdan 
keyingi ma’noni bildiradi. Bunda san’atkorlar odatda ommaviy janrlarga, masalan, didaktik, 
komediya, melodrammalarga murojaat qilish, ular vositasida ommani qiziqtirgan, ularning 
diqqat-e’tiborini tortgan syujet-mazmundan foydalanishga harakat etadilar. Ayniqsa, bu
o‘rinda kino, teatr imkoniyatlaridan kengroq foydalanish alohida o‘rin tutadi. 
Postmodern san’atiga oid asarlarda asosiy e’tibor bevosita san’atning o‘ziga qaratiladi. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
224 
Xususan, san’atda inson o‘z erkinligi, o‘z ijodiy betakrorligi, o‘z ma’naviyatini to‘la
namoyon eta bilishi kerak bo‘ladi. Shu ma’noda san’at nafaqat o‘z ijodkorini, balki 
shuningdek, san’atning barcha muxlislarini ham ulug‘laydi. Postmodernizmda, uning
tarafdorlari fikricha, san’at o‘ziga qaytadi. Shu ma’noda san’atning maftunkor qudrati va
uning hayotbaxsh tasviri o‘zini to‘la namoyon etib, odamlarga quvonch va shodlik baxsh 
eta oladi.
ADABIYOTLAR: 
 
1.https://fayllar.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-to-
v17.html?page=14 
2.I.S.Joldasov.Tarixnio'qitishmetodikasirivojlanishitarixidan."ScienceandEducation"Scie
ntificJournal.August2020/Volume1Issue5.196-b. 
4.KarimovSH.,Turg'unovI.,Shamso'tdinovR.Vatantarixi.Uchinchikitob.-T.;Sharq,1997y. 
5.MustabidtuzumningO'zbekistonmilliyboyliklarinitalashsiyosati:tarixshohidligivasabo
qlari.-T.:2000y. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin