6. Temperament va xarakteri: a) Temperamenti:
-muomala qila olishi (suhbatdosh, suhbatdosh emas, kam gap, uyatchan, qa’tiy, qat’iyatsiz, sardor bo’lishga moyil va h.k.);
-emosional (bosiq, qiziqqon, vazmin, xafador, o’zini tuta oladi – tuta olmaydi, pessimist-optimist);
b) Xarakteri:
-xarakterining jihatlari: odamlar bilan munosabatda bo’lganda xushmuomalali, talabchan, sinchkov, vijdonli, o’zi va o’zgalarga bo’lgan munosabati va h.k;
-xarakteridagi kamtarlik jihatining ustunliklari (birinchi, ikinchi, keskin ko’rinishlari);
7. Xulqining motivasiyasi: -ehtiyojlarining ustuvorligi (fiziologik o’zinio’zi saqlab qolish, ijtimoiy guruhda munosib bo’lishi, o’zining shaxsiga hurmatda bo’lishi va o’zinio’zi ko’rsata olishi).
-qadriyatlar;
a) shaxsiy qadriyatlar (yuksalish, o’zgalarga yordam berish, aniq faoliyat va ehtiyojlarini qondirish yo’nalishlari);
b) ijtimoiy qadriyatlar (jamiyat qabul qilgan norma, an’analarga bo’lgan yo’nalishlari, huquqiy tartibni hurmat qilishi);
v) moddiy qadriyatlar (pul, buyum, mulk kabi tushunchalarga munosabati);
g) siyosiy qadriyatlar (demokratiyaga, siyosiy partiyalar, davlatning siyosiy hayotiga bo’lgan munosabatlari, shaxsiy ilmiy qarashlari);
d) g’oyaviy qadriyatlar (dunyo qarashi, diniy qarashlari);
-qiziqishlari;
-ideallari.
8. Ijtimoiy moslashuvi: -ijtimoiy atrofmuhitga munosabati (tanish bo’lgan odamlar va do’stlari bilan munosabatlari, o’zgalar tomonidan uni tan olishi, qarindosh–urug’lari bilan aloqalari);
-ijtimoiy vaziyatni qabul qilishi (aniq sharoitdan kelib chiqishi, mantiqli yoki mantiqsiz harakatlari, vaziyatlarga tez moslashuvi);
-o’zini-o’zi baholashi.
9.Qobiliyatlari: -umumiy qobiliyatlari (nutq tezligi sekinligi, tez eslab qolishi, tasavvur qilish boyligi, xulosalarining kengligi);
-maxsus qobiliyatlar (tashkilotchilik, pedagogik qobiliyatlari, tanishish, yaqinlashish, odamlarga ta’sir o’tkazish qobiliyatlari, odamlarni tushunish qobiliyati);
Ushbu «sxema» orqali muloqot jarayonida qiziqtirayotgan shaxs to’g’risida ma’lumot yig’iladi va unga baho berish amalga oshiriladi. Muloqot jarayonida turli usullardan foydalanish mumkin (mn: tarjimai hol usuli, test sinovlari, yozuv xatlarni analiz qilish va h.k.).