Yuridik psixologiya


Jinoiy harakatning psixologik tahlili. Jinoiy harakatning psixologik oqibatlari



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə78/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   157
Юридик псих. мажмуа

4.Jinoiy harakatning psixologik tahlili. Jinoiy harakatning psixologik oqibatlari.
JINOYAT – O’zR JKning 14-moddasiga asosan, JK bilan taqiqlangan aybli, ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyat deb hisoblanadi. Jinoyat boshqa qoidabuzarliklardan o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligidir.Chunki jinoyat natijasida jamiyat va shaxs uchun ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkaziladi. Shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoiy oqibatda aks etadi // Yuridik ensiklopediya / Prof. U.Tadjixanovning umumiy tahriri ostida. – T., 2001. – 156b.
HUQUQBUZARLIK – jamiyatda o’rnatilgan va qonun asosida belgilangan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish. O’z xususiyatlariga ko’ra huquqbuzarlik – jinoyat, nojuya harakat, intizomni buzish shaklida bo’ladi. Ko’p hollarda huquqbuzarlik qonunbuzarlik so’zi bilan hamohang bayon etiladi. Barcha huquqbuzarliklar jinoyat emas. Shu bilan birga, qonunbuzarliklarning barchasi ham jinoyat bo’lmasligi mumkin. Jinoyat deb aytish uchun uning o’ziga xos belgilari bo’lishi zarur // Yuridik ensiklopediya / Prof. U.Tadjixanovning umumiy tahriri ostida.
Inson xulqi murakkab va ko’p qirrali hodisa bo’lib, uni o’rganishda tizimli yondashuv va ehtimol tutilgan jarayonlar haqidagi zamonaviy tasavvurlarga ega bo’lish talab qilinadi. Har bir axloqiy hodisaning mohiyati uning shaxs xulqining umumiy tuzilishidagi o’rni bilan bog’liq. Individual rivojlanish jarayonida axloqiy tizimlar individual axloqiy strategiyaning murakkab majmuiga aylanadi va shaxsning axloqiy tipini hosil qiladi.
An’anaga ko’ra, g’ayriijtimoiy xulq sabablari ikki guruh

Ijtimoiylik yoki biologiklik omillariga «ruhiylik» nomli tizim hosil qiluvchi omilni kiritish hamda inson xulqining sababiy bog’lanishlari (determinasiyasi) bilan bog’liq barcha muammolar majmuini ijtimoiy-psixologik biologik sabablar deb atash zarur.
Bunda «psixologik» jihatning o’rtada joylashgani uning ham ijtimoiy, ham biologik omil uchun birlashtiruvchi funksiyaga egaligini anglatadi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin