Kriminolog olim Z.S.Zaripov va I. Ismailovlar jinoiy xulq shakllanish jarayonini quyidagi toifalarga ajratishadi: a) shaxs ehtiyoji va manfaatlari buzilishi bilan bog’liq jinoiy xulq shakllanish jarayoni;
b) shaxs ehtiyoji (manfaati) va imkoniyati o’rtasidagi farq (qarama-qarshilik) bilan bog’liq jarayonlar;
v) shaxs ma’naviy va huquqiy tasavvurining, qadriyatlar va ijtimoiy yo’nalishining buzilishi bilan bog’liq jarayonlar;
g) qaror qabul qilish va amalga oshirishdagi nuqson va kamchiliklar bilan bog’liq jarayonlar1.
Jinoiy xatti-harakat jarayoni quyidagi asosiy qismlarni o’z ichiga oladi: motivasiya, qaror qabul qilish va uni amalga oshirish. Har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xatti harakat bu shaxsdagi o’ziga xos xususiyatlar bilan tashqi muhitning o’rtasidagi aloqaning natijasi degan fikrga asoslangan holda muayyan jinoiy xatti-harakat jarayonini quyidagicha tasvirlasa bo’ladi:
Rus olimi G. A. Avanesov inson xatti-harakatiga salbiy ta’sir etuvchi quyidagi biologik shart-sharoitlarni ajratadi:
jinsiy buzilish va jinoyatlarning sababiga aylanadigan biologik ehtiyojlar patologiyasi;
asab tizimining qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradigan, noadekvat reaksiyani keltirib chiqaradigan va harakatlarni ijtimoiy nazorat qilishni qiyinlashtiradigan asabruhiy kasalliklar (psixopatiyalar, nevrosteniyalar, kasallik va sog’liq chegarasidagi holatlar);
turli xil psixosomatik, allergik, zaharvandlik bilan bog’liq kasalliklarga olib keladigan va qo’shimcha jinoiy omil bo’lib xizmat qiladigan psixofiziologik zo’riqishlar1.
Ruhiy anomaliya (normadan og’ish)lar esa irsiy (genetik) ildizlarga ega bo’lib, asabiyruhiy buzilishlar faqat noqulay muhit ta’siridagina jinoiy xulqning sababi bo’lishi mumkin.
XX asrning 20-yillaridayoq psixiatrlar (Antonyan Yu.M., Borodin S. A., Vinogradov M. V., Golub S. A. va boshq.) jinoiy xulq turi bilan ruhiy anomaliya o’rtasida bog’liqlik mavjudligini ta’kidlaganlar.
Masalan, rus olimi Yu.M. Antonyanning fikricha, «...aqli ojizlar, kundalik hayotga moslasha olmaydiganlar o’zlarining tuban ehtiyojlarini qondirish maqsadida o’g’rilik, ba’zan esa qotillik jinoyatlarini sodir etadilar. Beqaror va tashqi muhit ta’siriga tez beriluvchan ixtiyorsiz psixopatlar odatdagi o’g’rilar safini osonto’ldiradilar; ma’nosiz ruhiy his-tuyg’ular va kuchli tuban mayllarga ega bo’lgan psixopatlardan esa banditlar, g’arazli qotillar boshqalarga qaraganda osonroq hosil bo’ladi; patologik qo’zg’aluvchanligi bilan ajralib turadigan psixopatlar arzimagan narsa tufayli atrofdagilar bilan oson aytishib qoladilar, jamoat tartibini buzadilar»1. Ruhiy anomaliyalarga chalingan shaxslarning ulushi (koeffisiyenti) barcha jinoyatchiliklarning taxminan 70 % ini tashkil qiladi. Ma’lum bo’lishicha, ruhiy anomaliya holatida shaxslar tomonidan jismoniy kuch ishlatish (odam o’ldirish, nomusga tegish, tan jarohati yetkazish) va bezorilik jinoyatlari sodir etilgan. Masalan, aqli raso deb tan olingan va odam o’ldirish, nomusga tegish, tan jarohati yetkazish jinoyatlarini sodir etgan voyaga yetmaganlar sudpsixiatriya ekspertizasidan o’tkazilganda ularning har besh nafaridan uch nafarida aqli raso bo’lgan holda o’z jinoiy qilmishlariga yo’l ochuvchi turli anomaliya holatlari borligi aniqlangan. Ichki ishlar organlarining tegishli xizmat sohalari hisobida turgan voyaga yetmaganlar sodir yetgan huquqbuzarlik2larning 23–43% ini ruhiyatida turli darajadagi ruhiy kamchiliklar mavjud bo’lgan yoshlar amalga oshirganlar. Jismoniy kuch ishlatish orqali og’ir turdagi jinoyat3sodir etganlarning umumiy miqdorida anomaliya holatlarining mavjudligi tahlil etilganda 33 % shaxslarda anomaliya holatlari, 19 % ida markaziy asab tizimining organik jarohati, 18 % ida bosh miya jarohati, 17 % ida surunkali alkogolizm alomatlarining mavjudligi aniqlangan1.
1 Qarang: Avanesov G. A. Kriminologiya i sosialnaya profilaktika. – M.,1999. – S. 226–230.
Shu ma’noda, aksariyat jinoyatchi shaxslarning xulqida janjalkashlik, tez ta’sirlanish, salbiy mayllarning o’z-o’zidan paydo bo’lishi, o’z xulqini ijobiy qadriyatlar va motivasiyalar bilan boshqarish mexanizmining sustligini kuzatish mumkin. Mazkur axloqiy ko’rinishlarning bari genetik anomaliyalar – Klayn Felter sindromi (ortiqcha X-xromosoma – 47/XXY sindrom yoki ortiqcha Y-xromosoma – 47/XYY sindrom) deb nomlanadi. Bunda ortiqcha X-xromosoma haddan tashqari tajo vuzkorlik bilan, ortiqcha Y-xromosoma esa maqsad qo’yish va unga erishish sohasidagi og’ish (anomaliya)lar, xulqning irodaviy boshqaruvidagi buzilishlar bilan izohlanadi2.
Hozirgi genetikaning yutuqlari individ psixikasining faqat «muhit» bilan bog’liqligi haqidagi ilgari shakllangan tasavvurlarga o’zgartishlar kiritmoqda. Biologik va ijtimoiy jihatlar inson xulqining murakkab tizimli bioijtimoiy omilini hosil qiladi.
Shunday qilib, inson xulqi yagona bioijtimoiy omil bilan bog’liqdir. Biologik jihatdan meros sifatida olingan inson xislatlari muayyan ijtimoiy sharoitlarda uning ruhiy xislatlari rivojlanishi uchun shart-sharoit hisoblanadi. Har bir jinoyat g’ayriijtimoiy yo’nalishdagi boshqaruv mexanizmlarga ega xulq natijasidir. Xo’sh, bu subyektiv ruhiy omil jinoyatni keltirib chiqarishga sabab bo’ladimi?
Albatta, ruhiy omillar jinoyat sodir etilishida birinchi o’ringa chiqadi va bu ularning birinchi sababi ekanligi xususidagi fikrni yuzaga keltiradi. Aslida, ruhiy omillarning o’zi jinoyatchi shaxsi shakllanishining haqiqiy sharoitlarida yuzaga keladi.
Inson xulqida tashqi omillar tizimi ichki shart-sharoitlar tizimi bilan belgilanadi. Shu bois har bir jinoyatda obyektiv va subyektiv omillarning birligi ko’rinadi. Hyech bir tashqi omil ham, hyech bir ichki holat ham o’z-o’zicha axloqiy aktni yuzaga keltirmaydi.
Shu ma’noda, aksariyat jinoyatchilarda o’z-o’zidan yuzaga keladigan mayllarning tasodifiy vaziyatlarga bog’liqligi xosdir. Shaxsning o’zini o’zi boshqarish tizimining tarqoqligi aksariyat jinoyatchilarni birbiridan ajratib turuvchi asosiy psixologik jihatlardan biridir. Jinoyatchilarning ayrim xudbinona intilishlari g’ayriijtimoiy tus olganda ularning axloqiy tizimini ong osti mayllari darajasida boshqaradi.
Yaqin o’tmishda bo’lgan freydizmning asossiz tanqid qilinishi bizda «ong osti» tushunchasiga salbiy munosabatni yuzaga keltirdi. Hozirgi ilmiy psixologiya «ong osti omilini» «o’z» o’rniga qaytardi.
Biroq «ong osti omilining taqiqlanganligi» fikri hali bizning huquqshunoslikda hukmronlik qilishda davom etmoqda. Huquqshunoslik dastlabki bosqichlarida faqat ongga asoslanadi. Biroq, ushbu cheklangan konsepsiya asosida shaxsning aksariyat vaziyat va impulslar bilan bog’liq harakatlarining ma’nosi va g’ayriqonuniy mohiyatini tushunib bo’lmaydi. Garchi ushbu harakatlar mexanizmini ifodalash uchun soxta ilmiy surrogat – «motivsiz jinoyat» tushunchasi o’ylab topilgan bo’lsada, bu vaziyatdan chiqish yo’li emas, chunki sababsiz hodisalar sodir bo’lmaydi.
Garchi ushbu harakatlar mexanizmini ifodalash uchun soxta ilmiy surrogat – «motivsiz jinoyat» tushunchasi o’ylab topilgan bo’lsada, bu vaziyatdan chiqish yo’li emas, chunki sababsiz hodisalar sodir bo’lmaydi.
Ruhiy boshqaruvlarning ong osti mexanizmlari barcha maqsadli harakatlarda, axloqiy qarashlarning keng miqyosli tizimida namoyon bo’ladi. Ong darajasi qanchalik past bo’lsa (aksariyat jinoyatchilarga ana shu belgi xos), xulqni tartibga solishning ong osti mexanizmlari shunchalik katta rol o’ynaydi.
Garchi ushbu harakatlar mexanizmini ifodalash uchun soxta ilmiy surrogat – «motivsiz jinoyat» tushunchasi o’ylab topilgan bo’lsada, bu vaziyatdan chiqish yo’li emas, chunki sababsiz hodisalar sodir bo’lmaydi.
Ruhiy boshqaruvlarning ong osti mexanizmlari barcha maqsadli harakatlarda, axloqiy qarashlarning keng miqyosli tizimida namoyon bo’ladi. Ong darajasi qanchalik past bo’lsa (aksariyat jinoyatchilarga ana shu belgi xos), xulqni tartibga solishning ong osti mexanizmlari shunchalik katta rol o’ynaydi.
Insonning asosiy axloqiy fondi umum qabul qilgan me’yorlarga aylanib ulgurgan. Muayyan shaxs xulqining mustahkamlangan, umumlashgan usullari uning tabiatiga xos xislatlardir. Ijtimoiylashgan shaxs barcha vaziyat va sharoitlarda barqaror va yaxlitdir. Jinoyatchi shaxs esa vaziyatga tobedir. Shu bilan birga, ashaddiy jinoyatchilarga xos barqaror g’ayriijtimoiy yo’nalganlik ularda tegishli ustunlik qiluvchi kriminogen motivlar, jamiyat uchun xavfli anglangan, ularning hayoti va faoliyatidagi boshqa barcha ko’rinishlarni o’ziga bo’ysundiruvchi intilishlar borligidan dalolat beradi.
O’z navbatida, shaxs, o’zining ruhiy xislatlariga ko’ra jinoyatchining ijtimoiy roliga muqarrar mahkum etilishi mumkin emas. Biroq, har bir jinoyatda uning subyektiv tomoni sifatida jinoyatchi shaxsning ruhiy holatlari doimo namoyon bo’ladi.
Jinoyatchilar birbirlaridan hamda ijtimoiy hayotga moslashgan, qonunga itoatkor odamlardan «jinoiy jihatlari» bilan emas, balki hayoti va faoliyatining turli sharoitlarida shakllangan fe’liatvoriga xos salbiy jihatlari bilan farq qiladilar.
«Jinoiy ruhiyat» ham, «jinoiy vorisiylik» ham mavjud emas. Ayni vaqtda ruhiyat ham, uning tabiiy shart-sharoitlari ham har qanday axloqiy aktga, jumladan g’ayriqonuniy harakatlarga «daxldordir».
Ijtimoiy qarashlari qat’iy bo’lmagan insonda hatto uning tabiiy mayllari ham g’ayriijtimoiy axloq shakllarida, ya’ni jinsiy instinkt – nomusga tegishda; faol mudofaa refleksi – shaxsga tajovuz qilishda; o’zini saqlash instinkti – dezertirlikda namoyon bo’lishi mumkin. Huquqiy belgilariga ko’ra bir xil jinoiy qilmish turli ruhiy omillardan kelib chiqishi mumkin. Masalan, o’g’rilik jinoyati aybdorning shaxsiy yo’na lishi bilan ham, irodasining sustligi va ishonuvchanligi bilan ham, patologik xususiyati bilan ham sodir etilishi mumkin.
Insonning jinoiy qilmishida namoyon bo’ladigan shaxsiy xislatlari «huquqiy ongdagi qandaydir umumiy nuqsonlar»dan emas, balki aniq axloqiypsixologik qusurlari (baxillik, shafqatsizlik, ijtimoiy negativizm)dan dalolat beradi.
1 Kriminologiya: Darslik / Prof. Z.S.Zaripovning umumiy tahriri ostida.– T., 2007. – 91b.
2 Qarang: Yenikeyev M.I. Yuridicheskaya psixologiya. – SPb., 2005. – S. 55.
Rus olimi A. R. Ratinovning o’tkazgan tadqiqotida jinoyatchilar va qonunga itoatkor fuqarolar o’rtasidagi jiddiy psixologik farqlar borligi kuzatilgan. Ya’ni shkalali tahlilda tekshiriluvchilarning qonunga itoatkor guruhi barcha asosiy qadriyatlarga ijtimoiyijobiy munosabatini, o’z hayotining mazmunini baholashi bo’yicha jinoyatchilardan ancha ustun ekanligi ma’lum bo’lgan. Jinoyatchilar bilan qonunga itoatkor shaxslar o’rtasidagi farqlar ijtimoiy muhit, faoliyat, badiiy zavq, nikoh, sevgi, farzandlar, oila kabi qadriyatlarda yorqin ko’rinadi1.
Ayrim huquqshunoslar aksariyat jinoyatlarni o’z-o’zidan jinoyatni keltirib chiqaradigan, uning amalga oshishi uchun sharoit yaratadigan kriminogen vaziyat bilan bog’laydilar.