Ijtimoiy-tipologik yondashuvda avvalo shaxsning ijtimoiy o’rni (pozisiyasi), unga mos ijtimoiy qadriyatlar, me’yorlar, ularning idrok etilishi va bajarilishi tahlil qilinadi. Ikkinchi holda shaxsga faol arbob, ijtimoiy munosabatlarning subyekti sifatida qaraladi. Ijtimoiy rolli yondashuvobyektiv jihatdan kriminogen xususiyatga ega bo’lgan pozisiya va funksiyalarni ko’rishga imkon beradi, chunki ular shaxs zimmasiga amaldagi qonunlarga zid majburiyatlarni yuklaydi va shu bois u ushbu majburiyatlarni faqat jinoyatchilik sodir etib bajarishi mumkin bo’ladi, shaxsga birbirini istisno etuvchi talablar qo’yadi, bu esa ijtimoiyhuquqiy nizolarni keltirib chiqaradi, shaxsni uning uchun zarur bo’lgan ijobiy ta’sirlar majmui amal qiladigan doiradan chiqarib yuboradi.
Yuridik psixologiyadagi asosiy masalalardan biri, avvalo, shaxsning motivasion sohasi tashqi muhitdagi muayyan omillar bilan o’zaro aloqadorlikda ushbu shaxs uchun kriminogen vaziyat yaratishi mumkin bo’lgan ichki shaxsiy shart-sharoitlarni ajratib olishdir.
Har bir insonga o’z ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy va umumiy maqsadlarga erishish uchun boshqa odamlar bilan birlashishga intilish xosdir. Qonunga itoatkor odamlar, qonunbuzarlardan farqli ravishda, noqulay vaziyatlarda guruhdan chiqish, o’zlarini qanoatlantirmaydigan aloqadan qochishga qodirdirlar yoxud bunday holatlarga nisbatan o’z pozisiyasini o’zgartirishga harakat qiladilar.
Amaliyotning ko’rsatishicha, jinoyatlarning har xil (g’arazli, zo’ravonlikka asoslangan, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan) turlariga jinoyatchilarning motivasion sohasida bo’ladigan turli buzilishlar xosdir.
Shaxsning aynan jinoiy harakatni sodir etishi ham tashqi vaziyat (obyektiv omil), ham ichki (subyektiv omil) maqsadlar bilan bog’liq.
Jinoyatchilik sabablari majmuidagi muhim tarkibiy qismlardan biri iste’molning aholining to’lovga qobiliyatli talabidan orqada qolishi bilan bog’liq bo’lgan ana shu iste’mol sohasi ishtirokchilari bo’lmish odamlar talablarining qanoatlantirilmasligidir. Hozirgi kunda moddiytovar boyliklar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi uzilish ijtimoiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgani hammaga ma’lum. Bu o’rinda jinoiy xulq shakllanishining kamida ikki variantini farqlash lozim.
U biz yuqorida ko’rib chiqqan mehnat va taqsimot sohalaridagi ijtimoiy ziddiyatning ta’siriga o’xshash tarzda yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari va xizmatlarning taqchilligi aholining psixologiyasiga salbiy ta’sir etadi va noadekvat (nomos) ijtimoiy qarashlarni yuzaga keltiradi, bu esa aholining jinoiy faollik darajasida ko’rinadi. Xizmat (ish) o’rinlarining yetishmovchiligi jinoyatchilikning ortib borishiga olib keladi Maishiy xizmatlarning yaxshi rivojlanmaganligi odamlar o’rtasidagi munosabatlarda keskinlikning ortishiga, nizoli ijtimoiy-psixologik muhit shakllanishiga olib keladi. Tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, maishiy xizmatlar kamroq rivojlangan hududlarda ushbu sohadagi nizolar boshqa joydagilardan ko’proq bo’ladi1.
Ta’kidlash lozimki, taqchillik jinoiy faoliyat bilan shug’ullanishga shart-sharoit yaratuvchi omillardan biri hisoblanadi. Iste’mol sohasidagi taqchillik buyurtma qotilliklar, terrorchilik harakatlari, firibgarlik, odam savdosi, poraxo’rlik, korrupsiya, narkobizneslarning tarqalishiga sharoit yaratadi2.